• 4- Mavzu: Jahon dinlari. Buddizm va xristianlik Ma’ruza rejasi
  • O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/127
    Sana02.07.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #266403
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   127
    Bog'liq
    Dinshunoslik

    Adabiyotlar 
    1.
    Yo‘ldoshev X., Rahimjonov D., Komilov M. Dinshunoslik (Ma’ruzalar matni) 
    T., 2000y. 
    2.
    Jabborov I., Jabborov S. Jahon dinlari tarixi. T., «O‘zbekiston», 2002y. 
    3.
    Xusanov S. Mirjavharova D. Dinshunoslik (o‘quv-uslubiy qo‘llanma). T.:-2005 
    4.
    A. Mo‘minov, H. Yo‘ldoshxo‘jaev, D.Rahimjonov, M. Komilov, A. 
    Abdusattorov, A. Oripov Dinshunoslik 
    (oliy ta’lim muassasalari bakalavriat va 
    magistratura talabalari uchun darslik) 
    Toshkent – 2003 
    5.
    Yovqochev Sh.
     
    “Markaziy Osiyo xalqlari dinlari tarixi” (
    O‘quv qo‘llanma

    Toshkent – 2005 
    6.
    Osnovы religiovedeniya. Uchebnoe posobie dlya studentov vыsshix uchebnыx 
    zavedeniy. 
    Pod obщ. red. I.N. Yablokova. M., 1995. 
    7.
    Religiozn
    ыe traditsii mira. V 2-tomax. M., 1996. 
    8.
    Vinnichuk L. Lyudi, nrav
    ы, obыchai Drevney Gresii i Rima. M., 1988. 
    9.
    Korostovsev M.A. Religiya Drevnego Yegipta. M., 1976. 
    10.
    Tokarev S.A. Religiya v istorii narodov mira. 4-ye izd. M., 1986

    4- Mavzu: Jahon dinlari. Buddizm va xristianlik 
     Ma’ruza rejasi: 
    1.
    Buddaviylik diniy ta’limoti. 
    2.
    Buddaviylik O‘rta Osiyoda. 
    3.
    Xristianlik diniy ta’limoti va muqaddas kitobi. 
    4.
     
    Xristianlikning O‘rta Osiyoga kirib kelishi
     
    Tayanch tushunchalar
    Buddizm,
    to‘rt oliy haqiqat, nirvana, pancha shila, hinayana, maxayana, lamaizm, 
    Dalvarzintepa, Ayritom, Qoratepa, xristian ilohiyoti, Bibliya, Injil, eski ahd, yangi 
    ahd, ilohiy habar, Nikey sobora, provaslav, katolik, protestantizm, cherkov, avliyo 
    ota, Turkiston yeparxiyasi ;
     
    1. Masala bayoni. Buddaviylik diniy ta’limoti
    Buddaviylik (budizm) jahonda keng tarqalgan qadimgi jahon dinlaridan biri bo‘lib, 
    uning asoschisi Budda nomidan olingan. Buddizm (Budda nomidan olingan), 
    Buddaviylik – diniy-falsafiy ta’limot, jahonda keng tarqalgan dinlardan biri 
    (xristianlik va islom dini bilan birga). Unga e’tiqod qiluvchilar taxm. 500 mln.dan 


    66 
    ortiq. Mil.av. 6-5 asrlarda Hindistonda paydo bo‘lgan. Markaziy Osiyo, Jan.-
    Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzoq Sharqda tarqalgan. Hozirgi kunda 
    Buddaviylik Shri Lanka, Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kambodja, Vetnam, 
    Butan va Yaponiya kabi davlatlar, Tibetning asosiy dinidir. Bu muyyan tarixiy 
    davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada, derli butun Osiyo xalqlari, 
    ya’ni jahonning salkam 2/3 qismi aholisi ma’naviy qadriyatlariga juda katta ta’sir 
    ko‘rsatgan.
    Budda so‘zining ma’nosi «hotirjam», «nurlangan», «oliy haqiqatga erishgan», 
    «ziyolangan» demakdir. Buddaning asl ismi Siddxartha Gautama bo‘lib, laqabi 
    Siddhartha «dili ravshan» degan ma’noni anglatadi. 
    Budda tarixiy shaxs. Ammo uning qachon yashaganligi to‘g‘risida adabiyotlarda 
    turli ma’lumotlar keltiriladi. Masalan, adabiyotlarda Budda milod.avval 623-544 
    yoki 567-488 yillarda yashaganligi qayd etilgan
    14
    . Budda shohning o‘g‘li bo‘lgan. 
    Uni to‘q, farovon turmush qoniqtirmaydi. 
    Bir kuni Siddxartxa sayr etgani ko‘chaga chiqqanida butun tanasiga yara toshib 
    azoblanayotgan bir qari cholni, tag‘in bir kasal yotgan odamni, yana bir o‘layotgan 
    kishini ko‘radi. Bulardan u barcha jonli mavjudlik, hayot azob-uqubatdan iborat 
    degan xulosaga keladi. Budda kishilar boshiga tushadigan kulfat va azob-uqubatlar 
    sababini o‘rganish va ularni bundan qutqarish maqsadida saroy hayotini tark etib, 
    tarki dunyo qilib, o‘rmonga borib yashaydi. U yerda diniy, falsafiy kitoblarni o‘qib 
    o‘rganib, braxmanlikdan yuz o‘girib, yangi ta’limot yaratishga urinadi.
    Nihoyat 35 yoshida unga haqiqat ayon bo‘ladi va u xalqqa «Haqiqiy bilim» 
    topganini butun Xindiston bo‘ylab targ‘ib qilib 80 yoshida vafot etadi. 
    Budda insoniyat boshiga tushadigan azob-uqubatlar sabablarini o‘rganish va 
    insoniyatni ulardan xalos qilish uchun harakat qildi. 
    Budda o‘z ta’limotining asosiy mazmunini Banorasda qilingan targ‘ibotida «to‘rt 
    oliy haqiqat» shaklida bayon etgan. Buddaning shogirdlari yer yuzda birinchi 
    rohiblar jamoasi Sanghani tashkil etganlar. 1956 yili Budda vafotining 2500 yilligi 
    nishonlandi. Budda va uning ta’limotlari bir necha asr davomida og‘izdan-og‘izga 
    o‘tib kelgan va miloddan avvalgi 1 asrda yozib olingan. Bu yozib olingan matn – 
    «Tripitaka» deb nomlanadi. U «uch savat donolik» deb yuritilib, buddaviyliy 
    dinining muqaddas kitobi sanaladi. 
    Bu din miloddan avvalgi 273-232 yillarda podshoh Ashoka davrida Xindistonning 
    rasmiy diniga aylanadi va boshqa Sharq mamlakatlariga tarqaladi. 9-asrga kelib 
    14
    Qarang. O‘zbek milliy ensiklopediyasi. 2-jild. Toshkent, 2001, 232-bet; Falsafa. Qomusiy lug‘at. «O‘zbekiston 
    faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti». «Sharq», Toshkent -2004, 62-bet. 


    67 
    Buddizm Xindistonda inqirozga yuz tuta boshladi va pirovardida bu yerda uning 
    o‘rnini xinduizm to‘liq egallagan. 
    Buddizm ta’limotiga ko‘ra, inson doimo azob-uqubatga mahkum va bunga uning 
    o‘zi sabab bo‘ladi. Zero u, garchand befoyda bo‘lsa-da, o‘z hayoti va farovon 
    turmushini saqlab qolishga harakat qiladi. Azob-uqubatdan qutilish uchun ko‘ngil 
    xush ko‘rgan barcha narsalardan o‘zini tiyishi, nafsini qaytarishi lozim. Mantazam 
    ravishda bunga amal qilishi, yolg‘ondan, o‘g‘rilikdan, boshqa narsalarga zarar 
    yetkazishdan, zinodan o‘zini tiyishi, ongini oliy haqiqatga yetishishga qaratishi, 
    xotirjamlikka va oxir-oqibatda azob-uqubatning tugashiga- nirvanaga olib keladi. 
    Nirvanaga yetishish uchun talab qilinadigan axloqiy barkamollik bir emas, bir 
    necha hayotni, ya’ni qayta tug‘ilishni taqozo etishi mumkin. Buddizm zaminida 3 
    narsa – Budda, Dxarma va Sangxaga e’tiqod qilish yotadi. Budda – Siddxarta 
    Gautama – oliy haqiqatga yetishishning yorqin timsoli. Dxarma – Gautama 
    (Budda) qoldirgan ta’limot – «to‘rt oliy haqiqat» dan iborat. Sangha – Budda asos 
    solgan va xozirgacha faoliyat ko‘rsatib kelayotgan rohiblar jamoasi. 
    Budda o‘z ta’limotining asosiy qoidalarini Banorasdagi targ‘ibotida «to‘rt oliy 
    haqiqat» shaklida bayon etgan: 
    1.
    Azob-uqubat haqidagi ta’limt. Unga ko‘ra, azob-uqubatning mutloq 
    ekanligi tan olindi, ya’ni tug‘ilmoq, yashamoq, kasallik, ochlik, o‘lim, yaqin 
    odamlaridan ajralish va hokazo azob-uqubatlar chekmoqlik. 
    2.
    Azob-uqubatlarning sabablari haqidagi ta’limot. Unga ko‘ra, mavjudlik 
    yovuzlikka tengdir. Azob-uqubatlarning sababi – kishilarning istak, nafs-hirsga 
    (ya’ni yashashga, baxtga) intilishlaridir, hayotga tashnalikdir. 
    3.
    Azob-uqubatlardan ozod bo‘lish haqidagi ta’limot. Unga ko‘ra, har qanday 
    borliq, barcha ko‘rinish va shakllardagi har qanday hayot – bu, barcha mavjudotga 
    azob beruvchi yomonlikdir. Yomonlik va azob-uqubatlarning sababi-insonning va 
    barcha tirik mavjudotlarning bu dunyoga – ya’ni qayta tug‘ilish dunyosiga 
    bog‘langanligi, ko‘ngil qo‘yganligidir. Har qanday insoniy tuyg‘u, hissiyot, istak 
    azob-uqubatni chuqurlashtiradi, yana dahshatliroq tarzda qayta tug‘ilishga olib 
    keladi. Borliq girdobidan, uning azob-uqubatlaridan chiqib olish uchun g‘aflatdan 
    uyg‘onish, dunyo mohiyatini anglash, hayotga, yashashga chanqoqlikdan, turmush 
    lazzatlaridan, hokimiyatga, boylikka intilishlardan batamom voz kechish, yerdagi 
    barcha hodisalarning beqaror va o‘tkinchi ekanligini anglamoq, fahmlamoq darkor. 
    Shuning uchun ham buddaviylik tarafdorlari «yurmoqdan ko‘ra o‘tirmoq», 
    «uyg‘oq bo‘lgandan ko‘ra uxlamoq afzal», «yashamoqdan ko‘ra o‘lmoq yaxshi» 
    degan naqlga amal qiladilar. 
    4.
    Azob-uqubatlardan qutqarishning najot yo‘llarini topish, uning tugashiga olib 
    keladigan yo‘l mavjudligiga ishonmoq. Uning yechimi «najotning olijanob 
    sakkizlik yo‘li» da o‘z ifodasini topgan. Bular taqvodorlik e’tiqodi, qat’iyati, so‘zi, 


    68 
    ishi, turmush tarzi, taqvodorlikka intilish, taqvodorlikni orzu qilish, taqvodorlik 
    fikri – hayoli bilan yashash. Bu yo‘lga amal qilgan odam oqibatda yuksak 
    kamolatga erishadi, ya’ni chin haqiqatni anglab yetgan avliyoga aylanadi va 
    narvanaga o‘tadi. Buddaviylikda najot yo‘li bu har bir kishining bu dunyodan ya’ni 
    sansaradan nirvanaga o‘tishdan iborat deb qaraladi. Nirvana – mutloq osoyishtalik 
    hukm suradigan olam. U yerda inson barcha turmush tashvishlaridan xalos bo‘ladi, 
    uning hayotiy istaklari ham, tuyg‘ulari ham, ehtiroslari ham bo‘lmaydi. Nirvana 
    qayta tug‘ilishlar silsilasining olis qismi, insonning boshqa qiyofalarga kirishining 
    to‘xtashi, azob-uqubatlardan abadiy halos bo‘lishi. 
    Buddizmda olam uch bosqichli deb ta’riflanadi. Uning birinchisi eng yuqori 
    nirvana sanaladi. Ikkinchi olam ruhiy mavjudotlar bilan to‘lgan jannat bo‘lib, unda 
    ruhi gunohlaridan xalos bo‘lgan, lekin eng oliy olamga – nirvanaga ko‘tarilmagan 
    avliyolar yashaydilar. Olamning shu qismidan insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish 
    uchun Budda ta’limoti yuboriladi, deb hisoblanadi. Uchinchi olam bu eng quyi 
    olam bo‘lib, unda odamlar va hayvonlar yashaydilar. Olamning bu qismida ruh 
    qafasda yashaydi. U qafas changalidan qutilish va yuqori olamga ko‘tarilishga 
    harakat qiladi. Ruh yuqori olamga o‘z-o‘zidan emas, balki odamlarning savobli 
    ishlari orqaligina ko‘tarilishi mumkin. Agar odamlar buddaga e’tiqod qilsalar, 
    ularning joni bir necha qayta tug‘ilishlardan so‘ng jannatga va undan so‘ng 
    nirvanaga ko‘tariladi. Yomon odamlarning ruhlari esa, quyi dunyoda azoblanib 
    qafas ichida yuraveradi, yuqori olamga ko‘tarila olmaydi. Agar inson nafsoniy va 
    xirsiy aldanishlarga berilib ketsa, undan qutila olmasa, uning ruhi bir necha qayta 
    tug‘ilishlardan so‘ng do‘zohga tushadi. Buddizm ta’limotiga ko‘ra, o‘lim insonni 
    hayot azob-uqubatlaridan xalos eta olmaydi. Sansarning og‘ir azob-uqubatlaridan 
    faqat uzoq qayta tug‘ilishlardan so‘ng chin haqiqatni anglab yetgan avliyolargina 
    halos bo‘lishlari mumkin. 
    Buddizmda tirik mavjudot – ya’ni ruh qayta tug‘ilishi natijasida nafaqat insoniy, 
    ayni paytda, boshqacha qiyofada, chunonchi hayvon, o‘simlik, parranda va boshqa 
    jonzotlar shaklida namoyon bo‘lishi mumkin, deb uqtiriladi. 
    Buddaviylik ta’limoti mohiyatan barcha jonli narsalarga muhabbat bilan qarashni 
    targ‘ib qiladi. Xozirda ham biron kishi buddaviy oldida biron bir hayvonni o‘ldirsa 
    yoki biror daraxtni kesib tashlasa qattiq g‘azablanadi. 
    Buddaviylik ta’limoticha, har bir kishini xulq-atvor qonuni – karma qonuni ta’qib 
    etadi. Ya’ni har bir kishi o‘zining savob va gunoh, yaxshi va yomon ishlarining 
    ajrini albatta oladi. Bu ajrni bu dunyoda olmasa keyingi, qayta dunyoga kelishida 
    oladi yoki bu ajr uning kelgusi to‘rt avlodidan birining zimmasiga yuklanadi, deb 
    ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, Buddaviylikda oddiy odamlar faqat yaxshiroq bo‘lib 
    qayta tug‘ilishlariga umid qilishlari mumkin. Buning uchun ular 5 ta axloqiy 
    qoidaga amal qilishlari lozimligi aytiladi. 1. Yomonlik qilmaslik; 2. His-


    69 
    tuyg‘ularga ortiqcha berilmaslik; 3. Ichkilikdan o‘zini saqlash; 4. Yolg‘on 
    so‘zlamaslik; 5. O‘g‘rilik qilmaslik. 
    Azob-uqubatdagi har bir kishi ilgari tug‘ilgan aka-ukalari, ota-onalarining 
    gunohlari uchun ham shunday karmaga duchor bo‘lishlari mumkin. 
    Buddaviylik ta’limotiga ko‘ra, har bir kishida bir umr tugagandan so‘ng ikkinchi 
    umr boshlanadi. Inson o‘lar ekan uning tanasi, vujudi o‘ladi, lekin hayoti yangi 
    vujudlarda davom etaveradi, deb ta’lim beradi. 
    Buddaning o‘z shogirdlariga aytgan so‘nggi vasiyatida, uning ta’limotining 
    mohiyati aks etgan: «Xirsu havas jamiyki baxtsizliklarning sababchisidir. Vaqt 
    o‘tishi bilan hamma narsa o‘zgaradi. Shuning uchun hech narsaga ortiqcha ko‘ngil 
    bog‘lamanglar. Buning o‘rniga ko‘ngilni toza tutinglar, haqiqat va abadiy baxt 
    izlanglar!» 
    Budda va uning izdoshlari yer yuzida birinchi monaxlik jamoasi Sanghaga asos 
    solganlar va u xozirgacha faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mazkur rohiblar jamoasi tor 
    ma’noda o‘tgan asrlarda «oliy haqiqat» ga yetishgan ko‘plab avliyolardir. Sangha 
    jamoasiga qabul qilingan shaxs quyidagi 10 farzni ado etishga qasamyod qiladi: 1. 
    hech kim yoki hech narsani hayotdan judo qilmaslik; 2. yolg‘on so‘zlamaslik; 3. 
    o‘g‘rilik qilmaslik; 4. jinsiy aloqaga kirmaslik; 5. mast qiluvchi ichimlik ichmaslik; 
    6. kunning ikkinchi yarmidan to ertangi sahargacha ovqat tanovul qilmaslik; 7. uch 
    kiyimdan 
    ortiq 
    hech 
    narsa 
    bilan 
    tanani 
    bezamaslik; 8. ommaviy 
    ko‘ngilxushliklarda ishtirok etmaslik va tomoshabin sifatida qatnashmaslik; 9. 
    baland va yumshoq o‘rinda yotmaslik; 10. pul ishlatmaslik. 
    Shuni ta’kidlash lozimki Buddaviylikda Siddxartha Gautama yagona Budda emas. 
    Bunday Buddalar buddaviylikda 1000 nafarni tashkil etadi. Ularning eng mashxuri 
    mazkur dinning asoschisi Siddxartha Gautamadir. 
    Shunday qilib, Buddaviylik – Buddaga ergashib, u qoldirgan ta’limot talablarini 
    bajarish va Sangha jamoasining a’zosi bo‘lib qolishdan iborat diniy ta’limotdir. 

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   127




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish