• Mavzu bo‘yicha savollar
  • O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/127
    Sana02.07.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #266403
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   127
    Bog'liq
    Dinshunoslik

    Sintoizm. 
    Sintoizm Yaponlar e’tiqod qiladigan milliy dindir. Bu din VI-VII 
    asrlarda shakllangan. Sintoizmning tarjimasi «Xudo yo‘li» demakdir. Bu dinga 
    buddaviylik dinining ta’siri kuchli bo‘lgan. Sintoiylik ta’limotining asosini 
    imperator hokimiyatining ilohiyligi to‘g‘risidagi aqida tashkil etadi. 
    Sintoiylikda ham Konfutsiychilikdagi kabi ajdodlarning oila-urug‘iga extiromi 
    katta rol o‘ynaydi. Bu din ta’limotiga ko‘ra, vafot etgan har bir odam Kami 
    (barcha ruh va xudolarning umumiy nomi) ga aylanadi. har bir Yaponning 
    uyida oilaviy mehrob bo‘lib undagi kichkina shkafchaga vafot etgan oila 
    a’zolarining nomlari yozilgan taxtacha qo‘yib boriladi. 
    Sintoizm marosimlarining bajarilishi juda oson va soddaligi bilan ajralib turadi. 
    Chunonchi bu duo so‘zlarini o‘qish va guruch, sabzavot, baliq kabilarni 
    qurbonlik qilishdan iborat, xalos. Sintoizmda ozodalik va tozalik masalasiga 
    aloida e’tibor beriladi. Toza bo‘lmagan ishga qo‘l urgan odam albatta poklanish 
    marosimini bajarishi lozim. har yili Yaponiyada 30 iyun va 31 dekabrda 
    umumxalq poklanish tadbiri o‘tkaziladi. Bu dinning axloqiy tamoyili ham juda 
    oddiy. Undagi eng muhim axloqiy burch – imperatorga so‘zsiz itoat etmolik. 
    Imperator saroyi va ularning qabrlari muqaddas joy sanaladi. 
    Sintoiylikda aqidaviy muqaddas kitoblar yo‘q, ammo har xil afsonalar, rivoyatlar 
    maxsus mifologik solnoma «Kadziki» nomli to‘plamda jamlangan. 
    Xozirda yaponlarning 49,4 foizi sintoizm, 44,7 foizi esa buddaviylik, qolgan aholi 
    xristianlik va boshqa dinlariga e’tiqod qiladilar. hayotiy marosimlar – 
    chaqaloqlarga duo o‘qish, nikoh o‘qish sintoistlar ibodatxonasida, dafn 
    marosimlari buddistlar ibodatxonasida o‘tkaziladi.
    13
      
    Sintoizm 1868-1945 yillarda davlat dini bo‘lgan. 
    Mavzu bo‘yicha savollar 
    1.
    Dinning qanday ibtidoiy shakllarini bilasiz? 
    2.
    Fetishizm nima? 
    3.
    Animizm qanday e’tiqodga asoslanadi? 
    4.
    Shamanizm deganda nimani tushunasiz? 
    5.
    Qadimgi Misr diniga xos qaysi xususiyatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin? 
    6.
    Qadimgi yunon panteonini tavsiflab bering. 
    7.
    Qadimgi Misr va Yunoniston dinlari o‘rtasida qanday aloqadorlik bor? 
    8.
    Qaysi Vedalarni bilasiz? 
    9.
    Braxmanlik jamiyatni qanday tabaqalarga bo‘ladi? 
    10.
    Hinduizm qanday dinlar qatoriga kiradi? 
    11.
    Hinduizm ta’limoti nimalardan iborat? 
    12.
    Jaynizmning asoschisi kim? 
    13.
    Jaynizm ta’limotining xususiyatlari nimalardan iborat? 
    13
    Jo‘raev U., Saidjonov Y. Dunyo dinlari tarixi. 54-58-betlar. 


    65 
    14.
    Sikxizm qachon vujudga keldi? 
    15.
    Konfutsiychilik ta’limoti nimalardan iborat? 
    16.
    Daosizm qanday din? 
    17.
    Sintoizm ta’limoti nimalardan iborat? 
    18.
    Yahudiylik dinining muqaddas kitobi qaysi? 
    19.
    Yahudiylik dinining asosiy ta’limoti nimalardan iborat? 
    20.
    Mustaqil O‘zbekistonda yahudiy jamoalarining diniy hayoti qanday? 

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   127




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish