O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

Braxmanizm
ham qadimgi xind dini bo‘lib, uning nomi Vedalar kitobida 
keltirilgan xind oliy tabaqa vakillari – braxmanlar (ruhoniylar) nomidan 
olingan. Bu dinda qadimgi Xindistondagi ijtimoiy tabaqalanish himoya qilinadi. 
Braxmanizm ta’limotiga ko‘ra xind jamiyati 4 ta kasta (tabaqa)ga bo‘lingan. 
Bular quyidagilar: 1-kasta Braxmanlar (ruxoniylar) eng oliy tabaqa 
hisoblangan. 2-kasta Kshatriylar – podsholar, knyazlar, xarbiylardan iborat. 3-
kasta Vayshiylar – savdogar va xunarmandlardan iborat tabaqa. 4-kasta – 
Shudriylar eng past tabaqa bo‘lib, ular oddiy xalq, dehqonlardan iborat. 
Braxmanlik Veda dini asosida miloddan avvalgi ming yillik boshlarida vujudga 
kelgan. U mohiyatan veda dinining rivojlangan shaklidir. Bu dinda Braxma, 
Shiva va Vishnu xudolari tan olinadi. Braxma – koinotni yaratuvchisi, unga jon 
ato etuvchi; Vishnu – tabiatni asrovchi; Shiva – tabiatni vayron etuvchi xudo 
deb tasvirlanadi, e’tirof etiladi. Braxmanlikda sigir, maymun, ayrim o‘simliklar 
muqaddaslashtiriladi. 
Bu dinda jonli narsalar, shu jumladan insonlar ham o‘lgandan so‘ng qayta tirilish, 
tug‘ilish xususiyatiga ega deyiladi. Shu asosda jonning ko‘chib yurishi 
to‘g‘risidagi qarashlar diniy jihatdan asoslab berilgan. 
Er.av. VI-V asrlarda buddizm vujudga keldi va braxmanizmga qarshi kurash olib 
bordi. Bu ikki din o‘rtasidagi kurash jarayonidagi Braxmanizm asta-sekin 
xinduizmga aylanib ketdi. 
Xinduizm
vedalar va braxmanlik dinlari zaminida 
vujudga kelgan ko‘p xudolik dinidir. Braxmanlikdagi uch xudo- Braxma, 
Vishnu va Shiva tan olinadi. 
Xinduizmda ajdodlar ruhiga, tog‘lar, daryolar (xususan Gang), nilufar o‘simligi, 
sigir, fil, maymun, ilon va boshqalarni muqaddas hisoblab, ularga sig‘inishadi. 
Har bir xindu Gang daryosi bo‘yida o‘lim topishini, shu daryo bo‘yida jasadini 
kuydirishini va kulini (hokini) shu daryoga sochilishini o‘zi uchun baxt 
hisoblaydi. 
Ruh (jon)ning ko‘chib yurishi to‘g‘risidagi qarash barcha dindorlar uchun umumiy 
ta’limotdir. Unga ko‘ra, kishi o‘lgandan so‘ng uning joni yangi o‘simlik, 
hayvon yoki inson tanasiga kirib olish yo‘li bilan qayta tug‘iladi. Xinduizmning 
asosiy maqsadi insonni mana shu qayta tug‘ilishdan, azob-uqubatlardan xalos 
etishdir. Bunga esa Braxmaga erishish, jonning unga qo‘shilib ketish bilan 
erishiladi, deyiladi. Bu maqsadga erishish uchun Braxmaning ilohiy mohiyatini 
to‘la bilib olish, unga mehr qo‘yish, sevish, u ko‘rsatgan yo‘ldan borish orqali 
erishiladi deb talqin etiladi.


62 
Xindistonda hech bo‘lmasa onasi yoki otasi xind bo‘lgan va boshqa biror dinga
e’tiqod qilmaydigan har bir kimsa xinduist hisoblanadi. 
VIII asrda Xindistonda Islom tarqalishi bilan, uni qabul qilmaganlarni «xindu» lar 
deb atash rasm bo‘lgan. Bugungi kunda Xindiston aholisining 83 foizi shu 
dinga e’tiqod qiladi.
10
Hindistonda tarqalgan milliy dinlardan biri 
Jaynizm
bo‘lib, xozirgi kunda bu dinga 
qariyb 3 mln kishi e’tiqod qiladi.
11
Jaynizm er.av. VI asrda vujudga kelgan. 
Rivoyatlarga ko‘ra, jaynizm asrlar osha 24 ustoz-payg‘ambar orqali yetib 
kelgan. Bularning so‘nggisi Jinna bo‘lib shu din asoschisi hisoblanadi. 
Vedalarning muqaddasligini, qurbonliklar qilishni, ruhoniylar va xudolarning 
inson taqdiriga hal qiluvchi ta’sirini inkor etadi. 
Jaynizmda markaziy o‘rinni turli moddiy jismlarga muntazam joylasha oladigan 
abadiy jon haqidagi ta’limot egallaydi. Bunga ko‘ra, inson joni barcha 
qilmishlari uchun javobgar, chunki bu qilmishlar karma qonuni asosida ro‘y 
beradi. Karma qonuni tanni jon bilan bog‘laydi, insonni yerdagi ishlar bilan 
zanjirband etadi va uning keyingi tug‘ilishlarini bergilab beradi. Kishilar «o‘z 
jonini o‘zi xalos qilishi», «qayta tug‘ilishdan ozod bo‘lishi» mumkin. Buning 
uchun taqvodor bo‘lishi, Jinnaga e’tiqod qilishi, Jinna ta’limotiga ishonishi, 
Jinna belgilagan axloq me’yorlariga amal qilishi kerak.
Jaynizmda ikki asosiy oqim mavjud. Ulardan biri – digambarlar bo‘lib, ular 
hayotning barcha lazzatlaridan voz kechganlar, zohidlik yo‘lini tutganlar. Hech 
nimani, hatto oddiy tirik jonivorlarni o‘ldirmaslik to‘g‘risidagi ta’limotga amal 
qiladilar. Kichkina bo‘lsa hamki, jonivorni o‘ldirib qo‘ymaylik deb xatto suv 
ichganlarida ham og‘izlarini latta bilan berkitadilar. 
Xindistonda XVI asrda shakllangan milliy dinlardan yana biri 
Sikhizm
dir. 
Sikhizm – sanskrit tilida «shogird» degan ma’noni bildiradi. Bu dinning 
asoschisi siklar qabilasi ichidan chiqqan guruh (ustoz) Nanak degan kishi 
bo‘lgan. 
Bu dinda yagona, qiyofasiz Xudoga e’tiqod qilinadi. Ular Borliq va olamdagi 
barcha xodisalar yaratuvchining oliy qudratining natijasidir, barcha odamlar esa 
Xudo oldida tengdirlar deb bilib, xinduizmdan yuz o‘girganlar. Xindiston 
jamiyatidagi diniy bo‘linishga qarshi bo‘lganlar. 
Shunday qilib umumbashariyat madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lgan Xindistonda 
asrlar osha vedaizm, braxmanizm, xinduizm, jaynizm, sikhizm kabi milliy 
dinlar shakllanganligini ko‘rishimiz mumkin. 

Download 1,74 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish