O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

ren
), ruhi (
ba
), joni (
ka
) chiqib ketadi. 
Ka
– insonning joni jasadning taqdiri bilan bog‘liq hisoblangan. 
Ka
o‘lmas emas, 
agar jasad kerakli anjomlar bilan qo‘shib dafn etilmasa, ka ochlik va chanqoqdan 
o‘lishi mumkin. Agar turli sehrli duolar yozib qo‘yilmasa, 
ka
ni narigi dunyodagi 
maxluqlar yeb qo‘yishi mumkin. Jasad yaxshilab mumiyolanib, uzoq saqlansa yoki 
hech bo‘lmasa, uning ustixoni qancha uzoq saqlansa, ruhi ham shuncha uzoq 
yashaydi. 
Misrliklarning esxatologik tasavvurlariga ko‘ra, oliy nasab, boy kishilar o‘lgandan 
keyin narigi dunyoda farovon hayot kechiradilar. Ushbu tasavvurlar haqida 6-
sulola vakillari sag‘analarida aks ettirilgan suratlar xabar beradi. Bu kabi 
farovon hayotga, ularning fikrlaricha, bu dunyoda farovon hayot kechirganlar 
yetishganlar yoki bunday hayotga sehr-jodu bilan erishish mumkin bo‘lgan. 
Misrning qadimgi e’tiqodlarida o‘lganlar rahnamolari bo‘lgan xudolar haqida 
tasavvurlar mavjud bo‘lgan. 
O‘rta podshohlik davrida o‘lganlar ruhlari ustidan hukm chiqarish haqidagi 
tasavvurlar paydo bo‘lgan. Bu ta’limotlar piramidalar matnlarida uchramaydi. 
Ular Osiris xudosini ruhlar ustidan hukm qiluvchi xudo sifatida ta’riflaganlar. 
Qadimgi Misr dinlari tarixida sehr-jodu katta o‘rinni egallagan. Bizgacha yetib 
kelgan yozma va tasviriy manbalar, ashyoviy dalillar xalq hayotining turli 
sohalarida Misr tarixining barcha bosqichlarida sehrgarlikdan keng 


53 
foydalanilganligidan dalolat beradi. Jumladan, tibbiyot bilan bog‘liq davolash-
himoyalash sehrgarligi bunga yaqqol misoldir. Misr tibbiyoti, xususan, 
dorishunosligi nisbatan yuqori o‘rinda turgan va ularning barchasi sehrgarlik 
tasavvurlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Ebers papirusi (12-sulola davri, mil. av. 2000 
y.) nomini olgan tibbiyotga oid nisbatan ilmiy asarda ham dorilar tarkibi haqida 
yozila turib, ular orasida bir qator kasallikni ketkazuvchi sehrli so‘zlar ham 
berilgan. Boshqa tibbiy asarlarda esa sehrgarlik yanada ko‘proq uchraydi. 
Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, tibbiyot ruhoniylar qo‘lida bo‘lgan. 
Undan tashqari, ob-havo sehrgarligi ham amalda ko‘p qo‘llangan. Mana 
shunday marosimlardan biri 
Ra
ning dushmani Apopga qarshi Fiva ibodatxonasi 
ruhoniylari doim quyosh porlab turishi uchun har kuni sehrgarlik marosimlarini 
o‘tkazar edilar. Shuningdek, dushmanga zarar yetkazish sehrgarligi mavjud edi. 
Bunda dushman timsoliga qarata zarar yetkazuvchi duolar o‘qilar edi. Shu bilan 
birga, yuqorida zikr etilganidek, o‘lganlarning ruhi narigi dunyoda rohat-
farog‘atda yashashi uchun o‘tkaziladigan sehrgarlik marosimlari ham bo‘lgan. 
Misr diniy hayotida, ayniqsa, keyingi davrda ruhoniylik katta ahamiyatga ega 
bo‘lgan. Avval boshda bunday mansab bo‘lmagan. Qadimiy podshohlik davrida 
ruhoniylar juda kam bo‘lgan. Diniy marosimlarni asosan dunyoviy kishilar – 
hokimlar, oqsoqollar, markazda esa fir’avnlar amalga oshirgan. Ruhoniylar esa 
mazkur boshliqlar nomidan ish yuritganlar. Ruhoniylar orasida faqatgina 
Memfis xudosi Ptax, Geliopol xudosi 
Ra
ibodatxonasi ruhoniylarigina nufuzli 
mavqega ega bo‘lganlar. 
Misr aholisining milliy hissiyotlari kuchaygan va podshohlikning zaiflashgan 
davrida (mil. av. 1700-1570 y. ) ruhoniylarning obro‘si oshdi. Keyinchalik 
ruhoniylik avloddan-avlodga meros tarzida o‘tadigan bo‘ldi. 
19-20-sulolalar davriga kelib (mil. av. XIV – XI asrlar) nufuzi pasayib qolgan 
fir’avnlar ruhoniylar yordamisiz ish yurita olmas edilar. Shuning uchun ham 
ruhoniylarga katta-katta yer-mulklar berar edilar. 
Misr hayotining mafkuraviy sohasini o‘z qo‘liga olgan ruhoniylar mamlakat 
ijtimoiy hayotida sezilarli ta’sirga ega edilar. 

Download 1,74 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish