51
hayvonlarning keyinchalik yarim odam-yarim hayvon shakliga kirganidan darak
beradi.
Misr xudolari orasida Nexebt, Xator, Neyt, Soxmet, Neftida kabi ko‘p sonli
ayol xudolarining mavjudligi Qadimgi Misrda matriarxal munosabatlar kuchli
bo‘lganligining oqibatidir.
Misrning birlashish davridan avvalroq butun
Misrning umumiy xudolari
kulti vujudga kelganligini kuzatish mumkin. Agar biron-bir qabila Misrning
birlashtirilishida asosiy o‘rinni egallasa, o‘sha qabilaning xudosi umumdavlat
ma’budiga aylangan.
Misrning umumiy xudolari orasida eng qadimiylaridan biri lochin Gor
xudosi bo‘lib, avval unga Ierakonpol va Edfuda sig‘inganlar. Bu mintaqadan
chiqqan Gorga sig‘ingan podshohlar Misrning ilk birlashtiruvchilari bo‘lganlar (1-
2-sulola; mil. av. to‘rtinchi ming yillikning oxiri). Ular o‘z qabilaviy xudolarini
umummisr quyosh xudosiga aylantirdilar. Mamlakat poytaxti Memfisga
ko‘chirilgan vaqtda (3-sulola; mil. av. 3000 y. atrofi) Misrning asosiy rasmiy
xudosi Ptax nomli Memfis xudosi bo‘lib qoldi. Mil. av. 2700 yillar atrofida 5-
sulola hokimiyat tepasiga kelgan paytda On (Geliopol) shahri bilan bog‘liq bo‘lgan
Atum (Ra) xudosi Misrning oliy xudosiga aylandi. 11-12-sulolalar davrida (mil.
av. 2100-1800 y. ) juda ham mashhur bo‘lmagan Amon xudosi umummisr
xudolarining asosiysiga aylandi va oldingi oliy xudo
Ra bilan birlashib Amon-Ra
shaklini oldi.
Mamlakatning birlashtirilishi natijasida mahalliy xudolar ham ikkinchi
darajali ma’budlarga aylanganlar. Germopol xudosi Tot (Ibis) olimlar va kotiblar
rahnamosiga, Siut xudosi Anut narigi dunyo hukmdoriga, Latopolning ayol
xudosi
urush xudosiga, Koptos xudosi Min ajnabiylar rahnamosiga aylandi va h.k.
Qadimgi Misr dinlari guruhlaridan biri xalq dehqonchilik e’tiqodlari va
marosimlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Ular haqida ma’lumotlar nisbatan kam, chunki
qadimgi yozma yodgorliklarda xalq
dinlari emas, balki davlat dinlari haqida xabar
beriladi. Biroq davlat dinlariga ham xalq e’tiqodlari o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Bu
ta’sirni rasmiy din xudolari timsolida ko‘rish mumkin: serhosillik xudosi avvalda
Koptos xudosi Min, Fiva xudosi Amon, Elefantin xudosi Xnum, Delta ayol xudosi
Isida va h.k. bo‘lgan. Ammo xalqning dehqonchilik dinlari asosiy xudosi Osiris
bo‘lgan.
Qadimgi Misrda podshohlar – fir’avnlarning ilohiylashtirilish holatlarini
kuzatish mumkin. Mamlakatni birlashtirgan Gor xudosiga sig‘ingan qadimiy
podshohlar o‘zlarini xudolarining panohida deb hisoblaganlar va hatto o‘zlarini
uning nomi bilan ataganlar. 5-sulola davridan boshlab, fir’avn quyosh xudosi
Raning o‘g‘li deb sanaladigan bo‘ldi. Podsholarni xudoning o‘g‘li deb bilish
milodning boshlarigacha davom etgan. Podshohning o‘zi asosiy diniy
52
marosimlarni shaxsan ijro qilgan: ibodatxonalarga asos solgan, uning yolg‘iz o‘zi
xudoga atalgan qurbonliklarni ado etgan. Ruhoniylar faqatgina podshoh
nomidangina ish yuritganlar. Fuqarolar uning huzurida yer o‘pib ta’zim qilganlar,
podshoh nomini aytish taqiqlangan, diniy ramzlarda uning surati aks ettirilgan.
Bularning hammasi podshoh nasabining xudoga tegishli deb e’tiqod qilinganidan
darak beradi.
Qadimgi Misrda dafn marosimlari asta-sekin taraqqiy etib bordi. Avvalda
o‘lgan odam jasadini yonboshlatib, ba’zi ashyolar bilan birga ko‘mganlar. Ba’zan
jasad bo‘laklarga bo‘lib ko‘milgan. Vaqt o‘tishi bilan, ayniqsa, podshohlar dafn
rasm-rusumlari o‘zgarib borgan. Sag‘analar bora-bora keng
va murakkab uslubda
qurila boshlagan. Avval yerdan ozgina yuqori ko‘tarilgan piramida shaklida,
keyinroq esa baland piramida shaklini olgan. Vafot etgan podshohning jasadi
mumiyolanib dafn etilgan. Keyinchalik podshoh mulozimlari, so‘ngroq o‘rta
tabaqa kishilari ham mumiyolanadigan bo‘lgan. Mumiyolashning murakkab
texnologiyasi tobora rivojlanib borgan. Mumiyolash ruhoniylar tomonidan
bajarilgan. Ular bu ishda juda mohir bo‘lganlar. Mana shuning uchun ham ular
tomonidan mumiyolangan jasadlar bugungi kunga qadar saqlanib kelmoqda.
Qadimgi Misrda jasadlarning mumiyolanishi o‘limdan
keyingi hayotga
bo‘lgan ishonchdan darak beradi. Qadimgi misrliklar e’tiqodlariga ko‘ra, odam
o‘lishi bilan uning jasadidan uning nomi (