• Sehrgarlik (magiya).
  • O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/127
    Sana02.07.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #266403
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   127
    Bog'liq
    Dinshunoslik

    Shomanizm. 
    Shomonizm ham kishilik jamiyatining eng qadimgi 
    davrlaridagi dinlaridan biridir. «Shomon» tunguscha so‘z bo‘lib «o‘ta 
    hayajonlangan», «jazavali kishi» degan ma’noni anglatadi. Bu dinning ruhoniysi 
    shomon hisoblangan. Shomonizmda ayrim kishilar alohida ilohiy qudratga ega 
    ekanligiga ishonadilar. Shomonlar o‘z qavmlarini, odam yaxshi va yovuz ruhlar, 
    arvohlar panohida, homiyligida yashaydi, odamning sog‘lig‘i, baxti va taqdiri 
    shularning qo‘lida, deb ishontiradilar. 
    Shomonlar odamlar va ruhlar o‘rtasida vositachilik qila olish qudratiga ega 
    bo‘lgan kishilardir. Odamlar shomonlar kelajakni oldindan aytib berish, uzoq 
    joylardagi voqealarni bilish, kasalliklarni daf etish, tabiat xodisalarini o‘zgartirish 
    va boshqalarga qodir deb qarab ularga ishonganlar. Shomonlar g‘ayritabiiy 
    qobiliyatiga ega bo‘lib, ashula aytish, raqsga tushish, nog‘ora, childirma chalish 
    yo‘li bilan jazavaga tushib, yovuz va sahiy ruhlar bilan bevosita aloqa va 
    munosabatda bo‘lish orqali kasalliklarni davolash, tabiat kuchlarini jilovlash, pol 
    boqish amallarni bajarishgan.
    5
    Shomonlar odamlar diqqatini o‘ziga qaratish uchun turfa rasm-rusmlarga 
    rioya qilishgan, turli buyumlar osilgan maxsus kiyimlarni kiyishgan, qo‘ng‘iroqli 
    childirma va nog‘oralardan foydalanganlar. 
    Xulosa shuki, shomonizmning totemizm, fetishizm, animizmdan farqi bor. 
    Bu dinlarda odamlar hayvonlar, o‘simliklar, turli buyumlar va ruhlarga sig‘ingan 
    bo‘lsa, shomonizmda odamlar odamga-shomonga ishongan va sig‘ingan. 
    Sehrgarlik (magiya). 
    Ibtidoiy din shakllaridan yana biri sehrgarlikdir. 
    Sehrgarlik odamga, hayvonga, tabiatga ma’lum maqsadni ko‘zlagan holda 
    g‘ayritabiiy yo‘l bilan ta’sir etish uchun qilinadigan hatti-harakatlar, duolar va 
    ishlardir. 
    Sehrgarlik yolg‘on va ko‘zga ko‘rinmaydigan sehrli aloqa va ta’sirlarning 
    tabiatda mavjudligiga ishontirish, ayrim xollarda odam bilan tabiat orasidagi 
    munosabatlarga ham o‘zaro ta’sir o‘tkazish, bir odamning ikkinchi bir shaxsga 
    ta’sir qila bilish qobiliyatiga ega ekanligini uqtirishdan iborat diniy e’tiqoddir.
    6
    5
    Q
    arang. Abduraxmonov A. Saodatga eltuvchi bilim. Toshkent, «Movarounna
    h
    r», 2002. To‘ldirilgan 
    ikkinchi nashri, 230-bet. 
    6
    Қ
    аранг. Жабборов И., Жабборов С. Жа
    ҳ
    он динлари тарихи. 48-бет. 


    50 
    Sehrgarlik yo‘li bilan ko‘pincha havf-xatardan saqlanish yoki dushmanga 
    zarar yetkazish maqsadida uzoq masofadan bo‘lsada, jismoniy xamda nojismoniy 
    ta’sir o‘tkazishga harakat qilingan. Bu ish bilan jodugarlar, azoyimxonlar, 
    folbinlar, duoxonlar, baxshilar shug‘ullanganlar. 
    Sehr-jodu qilishning turlari turli-tuman bo‘lib, unga asosan quyidagilar 
    kiradi. Birovga yoki dushmanga ziyon-zahmat yetkazish, xarbiy sehrgarlik, 
    muhabbat sehrgarligi, isitma-sovutma, kasallikdan davolash sehrgarligi, yomon 
    yoki yovuzlikdan qo‘riqlash sehrgarligi va boshqalar. 
    Sehrgarlik barcha dinlarda ham muhim o‘rin olganligi bilan ajralib turadi. 
    Xulosa shuki, sehrgarlik odam, hayvon va tabiatga g‘ayritabiy yo‘l bilan 
    ta’sir o‘tkazish maqsadida ma’lum kishilar tomonidan bajariladigan hatti-
    xarakatlardir. 

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   127




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish