O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

3.
 
Masala bayoni. Yahudiylik dini va ta’limoti 
Eng qadimgi milliy dinlardan biri Iudaizm (Yaxudiylik) dinidir. Iuda – Yaxudiy 
millatining eng qadimgi qabilalaridan birining nomidir. Bu dinning kelib 
chiqishi va shakllanishi yahudiylarning o‘tmishdagi og‘ir, mashaqqatli, jabru-
jafoli hayot yo‘li bilan bog‘liq holda kechgan. Chunonchi, yaxudiylar 
eramizdan avvalgi mingyilliklarda Misrliklar, Ossuriyaliklar, Vaviloniya, Eron 
shahonshoxlari, Rim imperiyasi kabi mamlakatlar asirligi va zulmi ostida 
g‘oyat ayanchli hayot kechirganlar. Shu tufayli bunday azob va uqubatlardan, 
quvg‘inliklardan qutilish, yaxudiylarni ozod qilish uchun xaloskorning kelishi 
(messiya) haqidagi g‘oya yuzaga kelgan. Buni messinizm deb yuritiladi. Bunga 
ko‘ra oxirzamonda Yaxve yaxudiylar orasidan bir xaloskorni chiqaradi va u 
quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. dunyoni qaytadan, isloh qilgan holda qurish;
2. barcha yaxudiylarni Sinay tepaligi atrofida to‘plash;
3. ularning (yaxudiylarning) barcha dushmanlarini jazolash. 


57 
Yaxudiylik dinining yuzaga kelishi va shakllanishi davri eramizdan avvalgi XIII 
asrga, Falastin yerlarini Isroil qabilalari tomonidan bosib olinishi davriga to‘g‘ri 
keladi. Eramizdan avvalgi X asrga kelib Yaxudiy davlati vujudga keladi. Bu 
davlatning vujudga kelishida Iuda qabilasi muhim rol o‘ynagan. Mustaqil 
Yaxudiy davlati barpo bo‘lgandan so‘ng ana shu qabilaning xudosi Yaxvega 
sig‘inish joriy etilgan. Solomon (Sulaymon payg‘ambar) podsholigi davrida, 
ya’ni er.av X asrda hashamatli Yaxve ibodatxonasi qurilgan. 
Yangi eraning 133 yiliga kelib rimliklar tomonidan yaxudiylar Falastin yerlaridan 
xaydab chiqariladi. Shu tariqa yaxudiylar turli mamlakatlarga tarqalib ketadilar. 
Yahudiylar qaysi davlatga borib yashagan bo‘lsalar, u yerlarda o‘zlarining 
jamoalarini tuzganlar. Imkoni boricha o‘z dinlarini saqlab qolish maqsadida, 
to‘planib turadigan joy-sinagog (ibodat uylari) larni vujudga keltirdilar. 
Tarixiy manbalarda Yahudiylar eramizdan avvalgi quvg‘inlikka uchragan va O‘rta 
Osiyo eronliklar qaramog‘ida bo‘lgan davrlarda bu yerlarga Eron orqali kirib 
kelganligi qayd etiladi. 
Dastlab Iudaizm ko‘pxudolik (politeistik) din bo‘lgan. Er.av. X-VI asrlarda 
Iudaizm yakkaxudolik (monoteistik) dinga aylangan. 
Yahudiylik dinining muqaddas kitoblari Tavrot, Zabur va Talmud hisoblanadi. 
Tavrot qadimiy yahudiy tilidagi «Tora» so‘zidan olingan bo‘lib «qonun» degan 
ma’noni bildiradi. Tavrot er.av. 1586 yillarda Muso alayxissalomga nozil 
qilingan bo‘lib, uni «Musoning besh kitobi» deb ham yuritiladi. Tavrot er.av. 5-
asrda kitobat qilinganligi manbalarda qayd etiladi. 
Muso alayhissalom Tur tog‘ida xudo Yaxve bilan uchrashganda unga 10 ta nasihat 
lavhani tushirgan bo‘lib, bular Yahudiylik dinining asosini tashkil etadi. 
Ularning qisqa mazmuni quyidagilar: 
1.
Yaxvedan boshqani iloh deb ishonmaslik; 
2.
But, sanam va rasmlarga sig‘inmaslik; 
3.
Bekordan bekorga xudo nomi bilan qasam ichmaslik; 
4.
Shanba kunini hurmat qilish va uni xudo uchun bag‘ishlash; 
5.
Ota-onani hurmat qilish; 
6.
Nohaq odam o‘ldirmaslik; 
7.
Zino qilmaslik; 
8.
O‘g‘rilik qilmaslik; 
9.
Yolg‘on guvohlik bermaslik; 
10.
Yaqinlarning narsalariga ko‘z olaytirmaslik.
7
«Zabur» Dovud alayhissalomga Xudo tomonidan nozil etilgan bo‘lib er.av. 1050-
900 yillar orasida kitobat qilingan. 
7
Qarang. Abdurahmonov A. Saodatga eltuvchi bilim. 97-bet. 


58 
Zabur qadimgi diniy-musiqaviy she’riyat bo‘lib, u asosan Xudoga bag‘ishlangan 
madhiyalar, diniy alqov qo‘shiqlar, duolar, shukronalar, xudoga iltijolar, nolayu 
fig‘onlar, dushmanlar ustidan shikoyat va boshqalardan iborat. 
Yahudiylik dinining muqaddas kitobi Talmud Tavrotga yozilgan tafsir ya’ni 
sharhlardan iborat. Talmud – yahudiycha so‘z bo‘lib «o‘rganish» degan 
ma’noni bildiradi. Uni og‘zaki qonun ham deb yuritiladi. Talmud Mishna va 
Gemara kitoblari majmuidan iborat bo‘lib, Mishna ravvinlar (ruhoniylar) 
tomonidan Tavrotga yozilgan sharhlar, Gemara esa Mishnaga yozilgan 
sharhlarni o‘z ichiga oladi. Talmudda yaxudiylarning g‘oyaviy, diniy, huquqiy, 
axloqiy qonun qoidalari, urf-odatlari, an’analari bayon qilingan. 
Tavrot va Zabur Bibliyaning «qadimgi ahd» qismiga kiradi. Bibliya – kitoblar 
degan ma’noni bildiradi. «Qadimgi ahd» yahudiylarning xudo bilan 
ahdlashuvini bildiradi. Iso alayxissalomga nozil bo‘lgan Injil Bibliyaga «Yangi 
ahd» bo‘lib kirgan. U xudo bilan yahudiylarning yangitdan ahdlashuvini 
bildiradi.
Shunday qilib, Bibliya – «Eski ahd» va «Yangi ahd» deb nomlangan ikki qismdan 
iborat. 
Bibliyaning «Qadimgi ahd» qismi besh kitobdan iborat bo‘lib, u «Musoning Besh 
kitobi» deb ham ataladi. 1-kitob «Borliq» deb atalib, unda Olam va 
insonlarning xudo tomonidan yaratilganligi bayon qilingan. 2-kitob «Chiqish» 
deb atalib, unda Muso alayhissalomning hayoti, yahudiylarning Misr asirligidan 
ozod bo‘lishi bayon qilingan. 3-kitob «Sonlar» deb yuritilib, unda 
yahudiylarning misr asirligidan qutulib to Falastin yerlarini bosib olgunlariga 
qadar hayoti tasvirlangan. 4-kitob «Loviylar» bo‘lib oilaviy hayot masalalari 
bayon qilingan. 5-kitob «Ikkinchi qonun» deyilib, diniy qonun-qoidalar bayon 
qilingan. 
Yahudiylik dinining marosimlari nihoyatda ko‘p bo‘lib, ularga amal qilish qattiq 
nazorat qilingan. Chunonchi, har bir dindor 248 ta amri-ma’ruf - yaxshi ishlarga 
undovchi buyruqni va 365 ta nahiy-munkar – yomon, gunoh ishlardan tiyilish, 
taqiqini yoddan bilishi, ularni bekamu-ko‘st bajarishi qattiq nazorat qilinadi. 
Yaxudiylarning bayramlari ichida eng e’tiborlisi pesah (Pasxa) bayrami bo‘lib, 
yahudiylarning Misrdagi qullikdan qutilib chiqqanliklarini nishonlashga 
bag‘ishlab o‘tkaziladi. Shabuot bayrami esa Sinay tog‘ida Muso alayhissalomga 
Yaxve tomonidan Toraning berilishini nishonlab o‘tkaziladigan bayram. 
Sentyabr oxiri Oktyabr oyining boshlarida yangi yil bayrami – Rosh – Ashona 
bayrami nishonlanadi. Poklanish bayrami Yom-Kipur deyiladi. Baxorda 
yahudiylarning Fors podshohi Homon zulmidan qutilganliklari sharafiga 
bag‘ishlab Purim bayrami o‘tkaziladi.


59 
Yahudiylik dinida Saduqiylar, Farziylar, Yesseylar, Sionizm kabi oqimlar bor. 
Jumladan, Sionizm qadimgi Yahudiya poytaxti Ierusalim (Quddus) yaqinidagi 
Sion (Sinay) tepaliklarining biri nomidan olingan bo‘lib, dastlab bu oqimning 
maqsadi butun dunyoga tarqalib ketgan yahudiylarni bir yerga to‘plab yagona 
yahudiylar davlatini qayta barpo etish bo‘lgan. Keyinchalik bu oqim 
yahudiylarning reaksion-millatchilik, shovinistik mafkurasiga aylantirib 
yuborilgan. Xozirda Sionizm «Jahon yahudiy millati» - «Oliy millat» degan 
reaksion g‘oyani ilgari surib kelmoqda. 
Iudaizm diniga e’tiqod qiluvchilar 18 millionga yaqin bo‘lib, ularning uchdan bir 
qismi AShQdadir.
8
Shunday qilib, Iudaizm (Yahudiylik) dini eng qadimgi milliy dinlardan bo‘lib u 
Xristianlik va Islom dinining vujudga kelishiga katta ta’sir o‘tkazgan. Bu 
dindagi ko‘plab talab va taqiqlar mavjudligi, undagi Sionizm kabi oqimda 
millatchilik, shovinizm kabi reaksion g‘oyalarning ilgari surilishi uning jahon 
dini darajasiga ko‘tarilishiga to‘sqinlik qildi. 

Download 1,74 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish