73
Yevropa Amerika mamlakatlarida, Avstraliyada, faol missionerlik harakati
natijasida Afrika, yaqin Sharqda va Uzoq Sharqning bir necha mintaqalarida keng
yoyilgan.
Xristianlik nomi,
uning asoschisi Iyso Masix, yunoncha Iisus Xristos nomidan
olingan. Uning aqidalari, diniy ta’limotlari Bibliya tarkibiga kiruvchi Injil –
Yevangeliya (Xushhabar)da, ya’ni «Yangi ahd» qismida bayon etilgan.
Masix ya’ni Xristos so‘zining ma’nosi «xudo tanlagan», «Xudo siylagan»,
«Xaloskor» ma’nolarini anglatadi. Xristian so‘zi yunoncha bo‘lib mazmuni Iyso
Masix yo‘lidan yuruvchi kishi demakdir. Mazkur dinining nomi ham ana shu –
Xristian, masihchi so‘zidan olingan.
Iso alayxissalom yaxudiy millatiga mansub bo‘lib, taxminan milodiy 1-33 yillarda
Falastinda, xozirgi Isroilda yashab o‘tgan. Milodiy yil hisobini ham Iso Masih
tug‘ilgan sanadan boshlab hisoblash qabul qilingan.
Diniy adabiyotlarda Iso onasi Bibi Maryamdan otasiz ilohiy xomiladorlik asosida
tug‘ilgan deb rivoyat qilinadi. Unga o‘ttiz yoshida Tavrot va Zaburdan keyingi
uchinchi ilohiy kitob – Injil nozil qilingan. «Injid» yunoncha «Evangeleon»
so‘zidan iborat bo‘lib, nasroniylikda «Evangelie» deb yuritiladi. Ma’nosi «ilohiy
xabar», «xushxabar», «ezgu xabar» demakdir.
Bu dinni Islomda nasroniylik deyilishi Iso Masihning tug‘ilgan
yeri Nosira nomi
bilan bog‘liq. Bu shahar ahli Iso Masixni Nosiriy deb atar edilar. Unga ergashgan
kishini esa, nasroniy deb yuritganlar. Iso Masih 30 yoshidan boshlab 3 yil
davomida payg‘ambarlik faoliyatini olib borgan. Isoning yangi dinni targ‘ib
qilishdagi muvaffaqiyatlaridan darg‘azab bo‘lgan Quddus kohinlari va ruhoniylari
uni sudga berishga qaror qiladilar. Ushlab olingan Iso o‘lim jazosiga hukm etiladi.
Quddus ahli Isoni xudoning o‘g‘li va odamzotning xaloskori deb e’tirof etmay, uni
toshbo‘ron qiladilar. Iso Galgofa tog‘ida qiynab o‘ldiriladi. Uni juda katta yog‘och
xoch (sanam)ga tiriklayin mixlab tashlaydilar.
Rivoyat qilishicha o‘limining uchinchi kuni Iso tirilib, birmuncha vaqt davomida
o‘z shogirdlari bilan birga bo‘ladi. Shundan so‘ng u ularning ko‘z o‘ngida
osmonga chiqib ketadi. U kelajakda ya’ni oxirat kuni tiriklar va o‘liklar ustidan
xukm chiqarish uchun yerga qaytib kelishiga xristian diniga e’tiqod qiluvchilar
ishonadilar.
Xristian dinining kelib chiqishi va tarqalishi milodning
I-III asrlarida Rim
imperiyasida yoyilgan umumiy tushkinlik, inqiroz, qullarning shafqatsizlarcha
ezilishi, yahudiylar jamoasida esa oddiy yaxudiylarning uch tomonlama ezilishi,
og‘ir hayoti sababchi bo‘lgan. Chunonchi, Rim imperiyasi tarkibiga kirgan
yaxudiylar
bir tomondan Rim xukumdorlari, ikkinchi tomondan yaxudiy
podsholigi, uchinchi tomondan yaxudiy ruhoniylaridan jabr ko‘rar edilar. Azob-
uqubat chekayotgan va ezilayotganlarning bunday ijtimoiy kuchlar oldidagi ojizligi
74
ularni diniy tasalli axtarishga olib keldi. Shu tariqa insonlarni cheksiz jabr-zulm,
azob va uqubatlardan ozod qilish haqidagi «xaloskorlik» g‘oyalari paydo bo‘ldi.
Bunday «xaloskorlik» g‘oyalariga millionlab qullar, ezilganlar, jabr-diydalar
maxliyo bo‘ldilar. Shunday qilib xristianlik
dastavval qullarning, ezilganlarning,
jabr-diydalarning orzu-umidlarini ifodalovchi, xaloskorlik dini sifatida paydo
bo‘lgan. Bu dindagi mazlumlarni shukur qilib yashashga, itoatgo‘ylik, oxiratda
tenglik va’da qilinishi kabi g‘oyalari hukmron tabaqalarga qo‘l kelgan. Shu sababli
xristian dini uch-to‘rt asrdan so‘ng davlat diniga aylangan.
Chunonchi Rim
imperatori Konstantin bu dinni qabul qilib, 324 yilda xristianlikni davlat dini deb
e’lon qildi. 325 yilda Konstantinning ko‘rsatmasi bilan jahon xristianlarining
birinchi yig‘ini – Nikey sobori chaqirildi. Bu sobor (yig‘in)da yepiskop va
ilohiyotchilar xristianlikning asosiy aqidalarini tasdiqladilar, cherkov qonun-
qoidalari yozilgan kitoblarni qabul qildilar va cherkov tashkiloti tugal holga
keltirildi. Diniy tashkilotda – pop, d’yakon, yepiskop,
kardinal kabi quyi va oliy
mansablar joriy etildi. Ular xristianlikni targ‘ib etish, mustahkamlash, diniy
talablarni bajarilishini nazorat qilish ishlari bilan shug‘ullanganlar. Din ishlari
markazlashtirilib, unga yakka rahbar-dastlab yepiskop, keyinroq esa papa
lavozimlari ta’sis etildi. Xristianlik xukmron mafkuraga
aylanib har qanday ish,
ta’lim-tarbiya, hatto davlat ishlari ham ular nazorati ostiga olindi. Xristian
davlatlarida yepiskop va papalar cheklanmagan xuqukqa ega bo‘ldilar.
Xristianlikda zohidlik, tarkidunyochilik kuchayib monastirlar paydo bo‘ldi. Rim
yepiskoplari, V-asrdan esa papalar xristian olamiga tanxo xukumronlik qila
boshladilar. XIII asrga kelib butun Ovro‘po xristianlashtirildi. Rossiyada bu dinga
cho‘qintirish marosimi 988 yilda Kiev knyazi Vladimir tomonidan amalga
oshirildi.
Shunday qilib xristianlik yaxudiylik dini zaminida Falastinda paydo bo‘lib so‘ng
jahon dinlaridan biriga aylandi.