Masala bayoni. Buddaviylik O‘rta Osiyoda




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

2. Masala bayoni. Buddaviylik O‘rta Osiyoda.
Buddizm tarixi 2500 yildan ortiq davrni o‘z ichiga oladi. U eramizdan avvalgi 
birinchi mingyillik oxirlarida O‘rta Osiyo hamda old Osiyoni o‘z ichiga olgan 
Kushon imperiyasiga kirib kelgan. O‘ratepa, Dalvarzintepa, Quva, Zartepa, 
Qorovultepa, Ayritom mavzelarida olib borilgan arxeologik qazilma ishlari 
natijasida topilgan Budda haykallari va boshqa topdilar Kushon imperiyasida 
buddaviylikka katta e’tibor berilganligini ko‘rsatadi. 
Buddaviylik O‘zbekiston janubining qadimgi va ilk o‘rta asrlari tarixida chuqur iz 
qoldirdi. Bu yerda buddaviylik madaniyatiga oid yodgorliklarini ochish va 


71 
o‘rganish, yuqori ko‘rinishdagi badiiy asarlar va buyumlarning topilgani ham 
bundan yorqin dalolat beradi. Hozir O‘zbekiston janubida noyob buddaviylik 
yodgorliklari Qoratepa, Fayoztepadagi yer osti va yer usti ibodatxonalari, Zurmala 
stupasi, Ayritom, Dalvarzintepa, Zartepadagi buddaviylik ibodatxonalari yaxshi 
o‘rganib chiqilgan. Ushbu yodgorliklarni o‘rganish Markaziy Osiyoda Buddaviylik 
tarixiga oydinlik kiritish bilan bir qatorda Xitoy va Uzoq Sharq hududida mazkur 
dinning tarqalishida uning o‘rnini to‘liqroq tushunish imkonini beradi. Janubiy 
O‘zbekistondagi 
buddaviylik 
yodgorliklarini 
arxeologik 
o‘rganish 
shuni 
ko‘rsatadiki, Baqtriyada buddaviylik va buddaviylik madaniyatining rivojlanishi 
buyuk Kushonlar boshqaruvi davriga, milodning I –III asrlarga to‘g‘ri keladi. 
Markaziy Osiyoda buddaviylik va buddaviylik madaniyatini o‘rganish 1932 – 
yilda, Termizdan 7 km yuqorida joylashgan Ayirtom hududida Amudaryo tubidan 
akant barglari orasida arfa, do‘mbra va ud chalayotgan belbog‘li uchta haykal 
tasvirlangan tosh relef topilgandan so‘ng boshlangan. 
O‘zbekiston janubidagi arxeologik topilmalar Tartima, ya’ni Termiz shaxri Kushon 
Baqtriysining eng muhim va yirik buddaviylik markazlaridan biri bo‘lgan, deyish 
imkonini beradi. Bu shahar geografik jihatdan Amudaryo –Oks orqali o‘tadigan 
muhim kechuv joyida joylashgani tufayli qisqa vaqt ichida Baqtriyadagi eng yirik 
shahar markazlaridan biriga aylangan. Bu yerda Shimol va Janub, Sharq va 
G‘arbni bog‘lab turgan Buyuk ipak yo‘lining savdo yo‘llari kesishgan. Termiz 
xalqlarning ma’naviyati va madaniyat bilan o‘zaro almashinish markazi bo‘lgan 
va bu yerda yunon –rum dunyosi, Hindistonning o‘ziga xos madaniyati 
uyg‘unligini namoyish qiladigan me’morchilik, haykaltaroshlik, rassomchilik, 
koroplastika, zargarlik yuqori darajada rivojlangan. Bu yerda topilgan ko‘plab 
yozuvlar – Baqtriya yozuvi, kxaroshti, braxma va boshqa yozuvlar shahar 
aholisining ma’naviy hayoti mukammal rivojlangani, savodxonligi yuqori darajada 
bo‘lganligidan dalolat beradi. Kushon podshoxligining bag‘rikenglik an’analariga 
muvofiq shahar aholisi Zardushtiylik, buddaviylik va boshqa dinlarga sig‘ingan. 
Bu yerda topilgan ko‘plab yirik arxeologik yodgorliklar –o‘ttizdan ortiq 
ibodatxona va monastirlar Kushon davrida Termizning Baqtriyadagi buddaviylik 
va buddaviylik badiiy ma’daniyati markazi sifatida o‘rni oshganidan darak beradi.
Ular orasida Qoratepa alohida o‘rin egallaydi ayni paytda bu yerda o‘n ta yer osti 
va ustiga qurilgan ibodatxona majmualari va mahobatli monastir binolari qazib 
ochildi. Bu yerda topilgan moddiy ma’naviy va badiiy artefaktlar Termiz, Baqtriya 
va Markaziy Osiyoda buddaviylik tarixi uchun katta ahamiyat kasb etishi bilan 
birga umumjahon budda madaniyatiga qo‘shilgan ulkan hissa hisoblanadi.
Kushon davridagi g‘oyat muhim bo‘lgan buddaviylik markazi Surxondaryoning 
o‘ng sohilida Sho‘rchi shahrining Shimoli Sharqidan 10 km masofada joylashgan 
Dalvarzintepa yodgorligidir. Bu yerda ikkita buddaviylik yodgorligi – shahar 


72 
tashqarisidagi va shahar markazida joylashgan ibodatxonalar topilgan va qazib 
o‘rganilgan. Ibodatxonani qazish davomida Budda va buddaviylik xudolari 
tasvirlangan katta gips haykallar guruhi topildi. Ko‘pchilik haykallar loydan 
yasalib ularning usti ganch bilan qoplangan. O‘zbekiston Janubidagi buddaviylik 
haykallarini tadqiq qilish, o‘rganish milodning birinchi asrida buddaviylik 
ta’limotining mahalliy ta’limoti tarafdorlari orasida yangi ta’limotning barcha 
qoidalaridan to‘liq xabardor bo‘lgan va qo‘shni tarixiy madaniy mintaqalar hamda 
Xitoyda missionerlik qilishga zamin hozirlab qo‘ygan bilimdonlar yetishib chiqqan 
deb tahmin qilishga asos bor. Baqtriya sekin asta Marg‘iyona , Sug‘dga 
buddaviylikni singdirishning o‘ziga xos markaziga aylandi. Fayoztepa 
ibodatxonasi ham alohidaligi bilan ajralib turadi. Bu arxeologik yodgorlik hozirgi 
vaqtda Markaziy Osiyodagi eng yaxshi tadqiq etilgan buddaviylik inshootlaridan 
hisoblanadi. O‘zbekiston janubidagi buddaviy yodgorliklarida topilgan badiiy 
madaniyat namunalari qadimiy Baqtriyaning rivojlangan o‘ziga xos badiiy va 
ma’naviy madaniyatidan darak beradi. O‘zbekiston janubidan tashqari, buddaviy 
yodgorliklar Farg‘ona vodiysida ham ma’lum bo‘lgan. Mutaxassislarning 
tadqiqotlariga ko‘ra, Quvada buddaviy ibodatxonaning bunyod etilishi 
buddaviylikning yangi yo‘nalishi –Vajrayana bilan bog‘liq bo‘lib, uning 
shakllanishi I ming yillik o‘rtalariga borib taqaladi.Quva ibodatxonaidagi haykallar 
Baqtriyada keng tarqalgan loy ganch plastikasi texnikasi asosida ishlangan, o‘ziga 
xos jihati ko‘zlar o‘rniga qora va oq toshlar qadalishadir.
O‘zbekiston hududida ko‘plab buddaviy yodgorliklarni kashf etilishi va 
o‘rganilishi hudud madaniy va ma’naviy hayotida bu diniy ta’limot qanchalik katta 
ahamiyat kasb etganligidan dalolat beradi. Buddaviy san’atning tarqaloishi 
O‘zbekiston san’ati tarixiga munosib hissa qo‘shgan. Bu esa shu muqaddas yurtda 
doim turli din vakillari va ularning badiiy timsollari do‘stona umr guzaronlik 
qilganligini yaqqol namoyon etadi. 
Buddaviylik Xitoy, Koreya, Yaponiya va boshqa sharq mamlakatlariga O‘rta 
Osiyo orqali kirib borganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Buning yaqqol 
tasdig‘i xozirda ham Xitoyda Samarqand, Buxoro, Shoshdan borgan budda 
olimlarining maqbaralarining muqaddas sanalishidir. 
Xozirda O‘zbekistonda bitta Buddaviylik jamoasi rasmiy ravishda faoliyat 
ko‘rsatib kelmoqda. 

Download 1,74 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Masala bayoni. Buddaviylik O‘rta Osiyoda

Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish