Xristianlikning muqaddas kitobi




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

Xristianlikning muqaddas kitobi. 
Xristianlik dinining ta’limoti «Bibliya» da bayon etilgan. «Bibliya» kitoblar 
demakdir. U yaxudiylik va xristianlikda muqaddas hisoblangan diniy kitoblar va 
risolalar majmuasi. Bibliya o‘z ichiga Tavrot, Zabur va Injilni olgan, Eski axd 
(Eski vasiyat) va Yangi ahd (Yangi vasiyat) deb nomlanuvchi ikki qismdan iborat 
ilohiy kitobdir. Tavrot va Zabur Bibliyaning Eski ahd qismiga kiritilgan bo‘lib, u 
yaxudiylar va nasroniylar uchun birday ilohiy muqaddas kitob sanaladi. 
Bibliyaning xristianlik bilan bog‘liq ikkinchi qismi Yangi ahd deb yuritilib, unga 
Injil kiritilgan. Yaxudiylar Injilni tan olmaydilar va muqaddas hisoblamaydilar. 
«Ahd» so‘zi Xudoning insonlar bilan maxsus aloqasini, ahdlashuvini ifodalaydi. 
Mazkur dinlarning aqidalariga binoan, Bibliya – Xudoning kalomi, barcha 
insonlarga yo‘llangan, dunyo va odamzodning paydo bo‘lishi va «oxirat» sirini 


75 
ochib beruvchi muqaddas kitobidir. Uning asosiy mavzusi – yagona Xudoning 
fazilatlari va insoniyat bilan munosabati haqidadir. Bibliya miloddan avvalgi 8-asr 
va milodiy 2-asrlar oralig‘ida oromiy va yunon tillarida yozilgan. Bibliya matnlari 
tadqiq etilganda shu narsa tasdiqlandiki, ular qariyib ming yil davomida xilma-xil 
joylarda yaratilgan. 
Bibliya eng qadimiy adabiy yodgorliklardan biri bo‘lib, diniy pand-nasihatlar, 
aqidalar, bashoratlar, duolar, solnomalar, masallar, hikoyat, rivoyat va 
maktublardan iborat. Bibliyada, bir yoqdan, odamzotning gunohkor bo‘lib 
tug‘ilishi, abadiy halokatga mahkum qilinishi, Xudo tomonidan rad etilishi 
to‘g‘risida gap ketsa, ikkinchi yoqdan, Xudoning gunohkor insonni qutqarish 
uchun qanday rejalar tuzgani haqida hikoya qilinadi. Ayniqsa, odamlarga najot 
yo‘lini ochgan Iso Masix to‘g‘risida to‘laqonli xabar beriladi. 
Ja’mi qadimiy yaxudiy tilida 66, lotin tilida 70 kitob (bo‘lim)ni o‘z ichiga olgan 
Bibliya XIII asrda kardinal Stefan Lengton tomonidan xozirgi ko‘rinishga 
keltirilgan. 
Bibliyaning Yangi ahd deb ataluvchi qismi Injil 27 kitob (bo‘lim) chadan iborat 
bo‘lib, unda Iso Masixning dunyoga kelishi, yashashi, o‘lib keyin tirilishi va 
ta’limoti bayon qilingan. Injilni Iso Masixning 12 shogirdi va safdoshi apostollar 
ya’ni xavoriylar payg‘ambar o‘limidan keyin 1-2 asrlarda yozib kitob holiga 
keltirganlar. Matto, Luka, Mark va Yuxanno kabi aposto(xavoriy)lar yozgan 4ta 
Injil kitobi: Yevangeliya (xushxabar), havoriylarning amallari, 21 risolasi va Ioann 
«Vahiynoma» si milodiy 313 yilda Papa Buyuk Konstantinning buyrug‘iga 
muvofiq qabul qilingan. 

Download 1,74 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish