60
Vedalar quyidagi to‘rt yirik to‘plamdan iborat:
1.
Rigveda («Madhiyalar vedasi»);
2.
Samaveda («Qo‘shiqlar vedasi»);
3.
Yajurveda («Qurbonliklar vedasi»);
4.
Atxarvaveda («Afsun va jodular vedasi»).
Bu kitoblar ichida eng qadimgisi «Rigveda» hisoblanadi. Unda tabiatdagi narsa va
xodisalar: osmon o‘zgarishi, quyosh, yulduzlar, momaqaldiroq, shamol,
yomg‘ir, tog‘lar, daryolar ilohiy kuchlar sifatida gavdalantirilib, ular sharafiga
qo‘shiqlar, madhiyalar to‘qilgan, ularga qurbonliklar keltirilgan. Insoniyat
hayoti, uning
qanday kun kechirishi, baxt-saodati ana shu kuchlarga bog‘liq
holda tasavvur qilingan. «Rigveda» 1028 she’riy qo‘shiqdan iborat bo‘lib, unga
ko‘ra Indra – momaqaldiroq; Mitra – quyosh; Varuna – osmon; Agni – olov;
Yama – ajal, o‘lim keltiruvchi; Sama – oy; Rita – koinot tartibini ushlovchi
xudo va mabudlar deb tasvirlangan.
9
2-kitob «Samaveda» (qo‘shiqlar vedasi) 1549 qo‘shiqdan iborat bo‘lib,
«Rigveda»ni to‘ldiradi.
3-kitob «Yajurveda» (qurbonlik vedasi) bo‘lib, unda qurbonlik qilish, olovga
sig‘inish marosimlari kuylanadi.
4-kitob «Atxarvaveda» (Jodugarlik vedasi) 731 qo‘shiqdan iborat bo‘lib, unda
dushmanlar, ilonlar, kasalliklar kabi insonga zarar keltiruvchi
kuchlar
la’natlaniladi, sihat-salomatlik tilash bilan bog‘liq duo-afsunlar bayon qilingan.
Vedalar qiyin tilda yozilganligi sababli, keyinchalik ularga sharh va izohlar
yozilgan. Vedalarga yozilgan bunday diniy-falsafiy izohlar «Upanishad» deb
yuritiladi. «Upanishad» - sanskritcha so‘z bo‘lib, ustozning
yonida haqiqatni
bilish uchun o‘tirmoq degan ma’noni bildiradi. Upanishadlar er.av. VII-III
asrlardan boshlab melodiy XIV-XV asrlargacha tuzib borilgan va ularga 250 ga
yaqin asarlar kiritilgan.
Upanishadlarda Braxma oliy ibtido, jism va xodisalar asosi va sababi, barcha
borliqning boshi va oxiri deb ko‘rsatiladi. Braxma – qiyofasiz xudo, mutloq
kuch
deb talqin etilib, barcha narsalar o‘shandan – ya’ni Braxmadan paydo
bo‘lgan, o‘sha bilan yashaydi va o‘lgach, yana o‘shanga qaytadi. Barcha
narsalar braxmadir, braxma esa atmandir deyiladi. Atman – bu umumiy jon, ruh
demakdir. Moddiy dunyo, jumladan, inson ham, atman – braxmadan paydo
bo‘lgan va yana o‘shanga aylanadi, insonning joni
avvalgi mohiyatiga butunlay
qaytib, u bilan yana qo‘shilib ketadi.
Har bir inson ilohiy kuch tomonidan belgilangan hayot kechirish qonuniga
muvofiq yashashi kerak, kimki bu qonunni buzsa, uning joni
kelgusida biron
9
Qarang. O‘zbek milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2001. 2-jild, 410-bet.
61
hayvon yoki xashorat tanasida qayta dunyoga keladi. Bu qonunni buzmagan
odamning joni esa kelgusida yuqori tabaqa vakillariga mansub inson tanasida
qayta paydo bo‘ladi, deb ta’lim beriladi. Insonning
yashashdan maqsadi ham
ana shunda deb tushuntiriladi.