O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

Iegova shohidlari 
– xristianlikning protestant yo‘nalishidagi diniy tashkilot 
a’zolari. 1931 yildan unga “Iegova shohidlari tashkiloti” degan rasmiy nom 
berilgan. Tashkilotga Bruklin markazi rahbarlik qiladi. 
Shu tariqa, turli din va mazhablarga e’tiqod qiluvchi, turli millatga mansub aholi 
O‘zbekistonda birgalikda yashab, Vatan ozodligi, taraqqiyoti va obodligi uchun 
ijod va yaratuvchi mehnat bilan bandlar. Ular orasida chuqur nizolarga olib kelishi 


82 
mumkin bo‘lgan tortishuvlar, tarafkashlik hollarini ko‘rmaymiz. Aksincha, turli 
din arboblarining o‘zaro muloqoti, uchrashuvlari, hammasi uchun umumiy bo‘lgan 
masalalarni 
muhokama 
etishda 
ishtirok 
etish 
dinlararo 
hamkorlikni 
mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu, bir jihatdan, davlatimizning odilona, 
tinchliksevar siyosatining natijasi bo‘lsa, ikkinchi tarafdan, xalqimizning 
olijanobligi, tabiatan bag‘rikeng tufayli yuzaga kelgan ijobiy hodisadir. 
O‘zbekiston 
ko‘pmillatli, 
ko‘p 
konfessiyani 
davlatdir. 
Xozirgi 
kunda 
O‘zbekistonda 130 dan ziyod millat va elat vakillari yashaydi. Ular turli dinlarga 
e’tiqod qiladilar. Shuning uchun diniy bag‘rikenglik mamlakatimizda qurilayotgan 
demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Respublikamizda 
16 diniy konfessiya birlashmalari o‘zaro totuvlikda faoliyat ko‘rsatmoqda. Bular 
orasida Islomdan so‘ng, ikkinchi o‘rinni xristianlarning pravoslavie oqimi 
egallaydi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi va unga asoslanib ishlab chiqilgan «Vijdon 
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida (yangi taxrirda) qonun» ga asosan 
respublikamizdagi barcha diniy uyushmalar erkin, oshkora, teng huquqli asosda 
faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Bu xuquq va erkinliklar qonun bo‘yicha kafolatlangan. 
Bu qonunlarga binoan biror konfessiyaga imtiyoz berilmagan. Qonunlar 
doirasidagi faoliyatlari cheklanmagan. 
Respublikamizdagi barcha konfessiyalar totuv, hamkor, hamjihat yashash, davlat 
va siyosat masalalariga aralashmasdan, hokimiyat talashmasdan, o‘z funksiyalarini 
xotirjam bajarayotirlar. Davlatimiz bilan ular orasida hech qanday ziddiyat va 
tushunmovchilik muammolari yo‘q. Dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalarini yurtimizda 
to‘la amalga oshirilayotganligiga quyidagilar misol bo‘la oladi. 1995 yilda 
musulmon va xristian ilohiyotchilari ishtirokida «Bir samo ostida» xalqaro 
xristian-musulmon konferensiyasi; 1998 yildan faoliyat ko‘rsata boshlagan 
Toshkent Pravoslav diniy seminariya va Samarqand Protestant seminariyalarini 
keltirish mumkin. Shuningdek, Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘rta Osiyo 
yeparxiyasining 125 yilligi hamda Yevangel-Lyuteran jamoasining 100 yilligi 
nishonlandi. 
Xulosa shuki Respublikamizdagi barcha konfessiyalar orasida totuvlik, hamjihatlik 
mavjud bo‘lib, xalqimizni tarbiyalashga, tinchlik va havfsizlikni saqlashga 
salmoqli xissa qo‘shmoqdalar. 

Download 1,74 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish