• Ilmiy dinshunoslik nuqtai nazardan din
  • 2-masala bayoni
  • Diniy nuqtai nazarga ko’ra din




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/127
    Sana02.07.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #266403
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   127
    Bog'liq
    Dinshunoslik

    Diniy nuqtai nazarga ko’ra din
    -ilohiy, g’ayri tabiiy kuchlarga, xudoga, 
    payg’ambarlarga, farishtalarga, muqaddas kitoblardagi bayonlarga, oxiratga, butun 
    yaxshi va yomonlik, ezgulik va yovuzlik yaratganning irodasi bilan bo’lishiga 
    ishonmoqlik, shayton va iblislardan saqlanishdir. 
    2
    «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati», 2000yil 15-sentyabr soni.


    41 
    Qisqa qilib aytganda, din diniy nuqtai nazarga ko’ra, insonning muqaddas ilohiy 
    kuch - Xudo mavjudligiga asoslangan ongli dunyoqarashi, hissiyoti, e’tiqod
    qilish va hatti-harakatlar majmuidir. 
    Ilmiy dinshunoslik nuqtai nazardan din
    – tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, 
    yashashdan maqsadi hamda tadiri insoniyatni bevosita qurshab olgan atrof-
    muhitdan (tabiatdan) tashqarida bo’lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga 
    birdan-bir «to’g’ri», «haqiqiy», «odil» hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rgatadigan 
    ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotidir. 
    Din – muayyan ta’limotlar, xis-tuyg’ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning 
    faoliyatlari orqali namoyon bo’ladigan olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning 
    alohida shakli, uni idrok etish usuli. 
    Din voqelikni, ijtimoiy hayotni, uning xodisalarini o’ziga xos tarzda in’ikos 
    ettiruvchi ijtimoiy ong shakllaridan biridir. 
    Dininig umumiy tarixini faqat uni yaxlit muayyan qonun qoidalarga bo’ysungan, 
    har xil ziddiyat qaramaqarshilik jarayonlari bilan bog’liq aslida ijtimoiy iqtisodiy 
    tuzum bilan belgilanuvchi ijtimoiy ong shakli deb qaragan holda o’rganish 
    mumkin. Bu degani har bir dinni uning kelib chiqishi taraqqiyoti, uni paydo qilgan 
    konkret tarixiy sharoit va u yashayotgan jarayonni o’rganish ham demakdir.
    2-masala bayoni
    :Din inson va jamiyat hayotida bir qator vazifalarni bajarib 
    kelgan. Shulardan ba’zilarini aytib o’tamiz: 
    -
    har qanday din o’ziga e’tiqod qiluvchilar uchun to’ldiruvchilik, ovituvchi 
    (kompesatorlik) lik vazifasini bajaradi; 
    -
    dinlar muayyan dinga e’tiqod qiluvchilarni ushbu ta’limot doirasida 
    saqlashga harakat qiladi. Buni dinlarning birlashtiruvchilik (integrativlik) 
    funktsiyasi deyiladi; 
    -
    din dindorlar hayotini tartibga solish, nazorat qilish – regulyativlik 
    funktsiyasini bajaradi; 
    -
    dindorlarning birligini, jamiyat bilan shaxsning o’zaro aloqasini 
    ta’minlovchi xususiyat, ya’ni aloqa bog’lovchi (kommunikativ) funktsiyani 
    bajaradi; 
    din dindorlarni axloqli, odobli qilib tarbiyalash kabi vazifalarni bajaradi.
    3
    Dinning nima ekanligi turlicha izohlansa-da, umuman olganda Din – ishonmoqlik 
    tuyg‘usidir. Bunday tuyg‘usi bo‘lmagan xalq yo‘q. Chunki biron-bir xalch Dinsiz, 
    e’tiqodsiz, biron-bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. Din insoniyatning eng 
    teran, eng go‘zal ma’naviy-ruhiy ehtiyojlaridan biridir. Insoniyat tarixida Din turli 
    shakllarda namoyon bo‘lgan. Dinning dastlabki ko‘rinishlari fetishizm, totemizm, 
    animizm, sehrgarlik va boshqalardir. Shuningdek, urug‘-qabila Dinlari, milliy 
    3
    Qarang. Ortiqov A., Abdusamedov A.E. «Dinshunoslik asoslari» kursidan uslubiy maslahatlar. 2-qism. 
    Toshkent – 2000., 2-bet. 


    42 
    Dinlar (iudaizm, hinduiylik, sintoizm, daosizm, konfutsiychilik), jahon Dinlari 
    (buddizm, xristianlik, islom) vujudga kelgan. Din avvaliga ko‘pxudolik 
    (politeistik), so‘ngra yakkaxudolik (monoteistik) ko‘rinishida bo‘lgan. Har bir Din 
    diniy dunyoqarash, diniy marosim, diniy tuyg‘u va sig‘inish ob’ektlarini o‘z ichiga 
    oladi. har qanday jamiyatda Din ma’lum ijtimoiy, ma’naviy va ruhiy vazifalarni 
    bajaradi. Uning ijtimoiy hayotga ta’siri kuchlidir. Har bir Din dindorlarini o‘z 
    ta’limoti doirasida saqlashga harakat qiladi, o‘z qavmlari uchun tasalli beruvchi, 
    ovutuvchilik vazifasini o‘taydi. Dinlar o‘z marosim va bayramlarinin qavmlari 
    tomonidan qat’iy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qo‘yadi, 
    shuningdek, o‘z qavmlarining birligini, jamiyat va shaxsning o‘zaro aloqada 
    bo‘lishini ta’minlashga intiladi. Din insonga yashashdan maqsad, hayot mazmuni, 
    bu dunyo va u dunyo masalalariga o‘z munosabatini bildirib turadi. U 
    umuminsoniy axloq me’yorlarini o‘ziga singdirib, xulq-atvor qoidasiga aylantiradi. 
    (Q.Axloq) Madaniyat rivojiga katta ta’sir ko‘rsatib, umuminsoniy va milliy 
    qadriyatlarni saqlab qolish va milliy avloddan-avlodga yetkazish ishiga yordam 
    beradi.
    Din xam boshqa ta’limot va nazariyalar singari xayot masalalari, jumladan, 
    inson moxiyati , uning mavqei, yashashi kabi muamolarga ozicha javob beradi. 
    Din inson etiqodi ,manaviy dunyosi, xis-tuyg`ulari, axloqiy vaestetik tasavurlari 
    bilan bog`liq murakab dunyoqarash bolib,u ozicha xayot muamolarni yechadi va 
    javob beradi. Dini oddiy xayoliy afsona va toat-ibodatgina deb ta’riflab 
    bo`lmaydi.Xudo tushunchasi muayan extiyoj sifatida kishilarni biriktirish, ularni 
    qonun-qoida va tartibga o`rgatish, xis-tuyg`ular va didini qanoatlantirish vositasi 
    sifatida yuzaga kelgan. Diniy talimot o`tmishda kishi ma’naviy extiyojlani 
    qondirib, tabiat olamidagi va ijtimoiy xayotdagi xilma-xil xodisalarni 
    tushuntiribberishga intilgan. Dinshunos olim C.A. Tokaref ta’kidlagandek , barcha 
    dinlar foniy dunyo yovuzliklaridan qutilish, yahshilika intyilish g`oyalari bilan 
    sug`arilgan. (Diniy ta’limotlar, - deb yozadi u, -nixoyatda turli tuman shakildagi 
    e’tiqodlarga, xarxil diniy – mifalogik namunalarga qaralib qaramay, aslida, bir kata 
    muamoni xal qiladi:Kishilar xayotidagi yomonlik, jabru jafolar qayerdan paydo 
    bo`lgan va ulardan qanday qutilish mumkin? Javoblar xarxil bo`lsada mazmuni bir 
    xil ). Jaxon dinlarni xammasi xayot,yashash talimoti sifatida yuzaga kelgan, barcha 
    muqaddas kitoblar Avesto , Zabur , Tavrot ,Injil , Quronda maskur axloqiyb 
    tarbiyaviyb masalalar asosiy o`rini egallaydi. Buyuk rus yozuvchisi L.N. Tolstoy 
    xarbir inson uchun din bosh masala, uni xayot maqsadlariga berilgan javob deb 
    ta’riflaydi. F.M. Dostoyevskiy esa xar bir xalqa xos diniyb e’tiqodni asosiy 
    moxiyati yahshilik va yomonlikni ajratishda deb hisoblaydi. Jaxon dinlarini 
    yashovchanligi aslida uning umum insoniy qadryatlariga tayanib, inson axloqiy va 
    ruxiy kamolotiga zo`r tasir o`tkazib kelganligidadir. Diniy dunyoqarash orqali 


    43 
    inson asrlar davomida noxaqlik , adolatsizlik kabi xukumron tartiblarga qarshi 
    noroziligini bildirgan. Ayrim kishilar borliq oldida ojizligi tufayli g`ayritabiiy 
    kuchga itoat qilish, go’yoki abadiy yaratilgan ilohiy tartib qoidalarga bo’ysunishni 
    zaruriyat deb hisoblagan.

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   127




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish