O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

3- masala bayoni
E’tiqod 
— (ishonch, iymon) — muayyan maqsad, g’oya, ta’limot yoki qadriyatning 
to’g’riligiga bo’lgan qat’iy ishonch hamda shu asosda shakllangan tafakkur tarzi. 
Ilmiy-falsafiy adabiyotlarda e’tiqod tushunchasi turlicha izohlanadi. Bilim e’tiqodni 
vujudga kelishi uchun asos vazifasini bajaradi. Lekin, e’tiqod va bilim biri 
ikkinchisiga uyqash tushunchalar emas. Bilimlarning chinligi e’tiqodni mustahkam 
bo’lishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Ammo,
e’tiqod mustahkam bo’lishida 
bilimni yagona asos deb bo’lmaydi. Inson ongida qayta ishlangan, ya’ni tajribadan 
o’tgan, qayta o’rganilgan bilimlar(g’oyalar, nazariyalar)gina e’tiqodning mustahkam 
bo’lishini ta’minlaydi. Insoniyat tomonidan allaqachonlar yaratilgan bilimlar 
insonning o’zi uchun, o’z ehtiyojlari uchun qayta kashf etilgandagina chinakam 
e’tiqod darajasiga ko’tariladi. Bilim e’tiqodga aylanishi uchun bir necha bosqichlarni 
bosib o’tadi. Chunonchi, bilim o’z rivojining dastlabki bosqichida anglash holatini 
bosib o’tadi. Anglab olingan bilim, o’z rivojining ikkinchi bosqichida tushunish 
holatiga kiradi. Inson bilimlari ma’no va mohiyatini tushunib yetgach uning 
to’g’riligiga (yoki noto’g’riligiga) ishonch hosil qiladi. Faqat mustahkam e’tiqodga 
aylangan bilim (g’oya, nazariya) inson amaliy faoliyatini takomillashtiradi. Inson 
e’tiqodi nafaqat turli hodisalarni o’zida aks ettirgan bilimlarga, balki o’sha bilimlarga 
bergan bahosiga, unga bo’lgan munosabatiga ham bog’liq bo’ladi.
E’tiqod quyidagi uch holatni bosib o’tadi:
a)bilim, g’oya, nazariya (ya’ni aqliy holat);


38 
b) bilimlarga berilgan baho, munosabat (ya’ni baholash holati); 
v) o’zlashtirilgan bilimlarni o’z faoliyatiga tatbiq etish, o’sha bilimlar asosida o’z 
xatti-harakatini tartibga solish (xohish-iroda bilan boshqarish holati) sanaladi. 
Inson dunyoqarashining asosiy komponenti sifatida e’tiqod bilish, baholash, 
boshqarish kabi funktsiyalarni bajaradi. Uning bilish funktsiyasi asosida olamdagi 
turli hodisalar, voqealar, jarayonlar sodir bo’lishiga doir bilimlar yotsa, baholash 
funktsiyasi o’zlashtirib olingan bilimlarga tayanib, sodir bo’layotgan o’zgarishlar 
ma’nosi va mohiyatini tushunib olish bilan bog’liq bo’ladi. Boshqarish funktsiyasi 
esa, insonni o’z xulq-atvori, hatti-harakatiga ko’rsatayotgan ta’siri, uni aniq maqsad 
tomon yo’naltira olish qobiliyati, malakasi bilan aloqador bo’ladi. E’tiqod inson 
dunyoqarashining eng barqaror elementidir. Insonning hayotiy pozitsiyasi, turmush 
tarzining mazmuni xuddi shu komponentning mustahkamligiga, barqarorligiga bog’liq. 
Chin ob’ektiv bilimga, turmush sinovlaridan o’tgan ilmiy g’oyaga, naz-yaga 
asoslanmagan e’tiqod g’ayriilmiy yoki nosog’lom e’tiqoddir. G’ayriilmiy qarashlarga 
tayanish ko’pincha kishilarni o’zi yoki yaqinlari manfaatiga zid ishlarga qo’l urishiga 
ham olib kelishi mumkin. Shu nuqtai-nazardan, g’ayriilmiylik bilan nosog’lom 
e’tiqod orasida aloqadorlik bor.
Inson madaniyatining muhim elementi bo’lmish sog’lom e’tiqodning ahamiyati 
katta. Ko’plab odamlarning o’z mehnati yo’naltirilgan sohani sevishi, unga 
qadriyat sifatida qarashi sir emas. Shu ma’noda shaxsiy, ilmiy, diniy, siyosiy, 
iqtisodiy kabi e’tiqod turlari ham bor.
E’tiqod inson bilan birga tug’ilmaydi, balki uning jamiyatda voyaga yetishi 
jarayonida shakllanadi. E’tiqod kishi xulqini izchil, mantiqli, maqsadga intiluvchan 
bo’lishini ta’minlaydi, insonni bunyodkor, fidoyi bo’lishga undaydi. 
Sog’lom e’tiqodning shakllanishida demokratik davlat, fuqarolik jamiyatida vijdon 
erkinligi masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Vijdon erkinligi va diniy 
tashkilotlar masalasi ijtimoiy hayotda har doim muhim va murakkab masala bo’lib 
kelgan. Binobarin, uning zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik 
va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar 
yotadi. Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning sog’lom va 
barkamolligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shu bois bu masalaning ijtimoiy 
hayotdagi o’rni va bajaradigan vazifalari g’oyat muhim. Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining ustavidan tortib barcha xalqaro hujjat va shartnomalarda, hamma 
mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi o’z ifodasini topgan.
Turli dunyoqarash, e’tiqodda bo’lgan kishilar o’rtasidagi, davlat bilan din, diniy 
tashkilotlar bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarning amalda huquqiy 
ta’minlanishiga e’tibor qaratish zarur. Zero, odamlar doim turli dunyoqarash va 
e’tiqod bilan yashaganlar va yashaydilar. Har kimning o’z ichki dunyosi, o’z
e’tiqodi bo’ladi. 


39 

Download 1,74 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish