• Tayanch so’z va iboralar : Diniy bag’rikenglik, Sog’lom e’tiqod, din shakllari, XIX asr G’arbiy Yevropa, Myuller, Taylor, Tille, xurfikrlilik. 1-masala bayoni
  • fanidan Ma’ruza matnlari




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/127
    Sana02.07.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #266403
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   127
    Bog'liq
    Dinshunoslik

    fanidan
    Ma’ruza matnlari 
    TOSHKENT – 2019 
     
    1-mavzu: «Dinshunoslik» faniga kirish.
     


    34 
    Ma’ruza rejasi 
    5.
    Dinshunoslik fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. 
    6.
    Dinning kelib chiqishi haqidagi qarashlar. 
    7.
    Sog’lom e’tiqod va diniy bag’rikenglikni ta’minlashda dinshunoslik fanining 
    o’rni 
    Tayanch so’z va iboralar
    : Diniy bag’rikenglik, Sog’lom e’tiqod, din shakllari, XIX asr 
    G’arbiy Yevropa, Myuller, Taylor, Tille, xurfikrlilik. 
    1-masala bayoni
    : Dinshunoslik fanining ham o’z o’rganish ob’ekti, ya’ni predmeti 
    mavjud. Dinshunoslik – din, uning kelib chiqishi, tarixiy shakllari, evolyutsiyasi, 
    muqaddas yozuvlari, kishilar va jamiyat hayotida tutgan o’rni, hurfikrlilik, diniy va 
    dunyoviy dunyoqarashlarning o’zaro munosabatlari kabi masalalarni o’rganuvchi 
    ilmiy-falsafiy o’quv predmeti sanaladi. 
    Dinshunoslik fani ilohiyotdan farqli ravishda, u din haqida faqat arxeologiya, 
    etnografiya, tarix, demografiya, psixologiya kabi fanlar beradigan ilmiy dalillarga 
    suyanib ish yuritadi va uni bayon etadi, tushuntiradi.
    Dinshunoslik – kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo 
    bo’lgan barcha din shakllarining ma’nosi, uning ma’naviy, ijtimoiy, gnoseologik, 
    psixologik ildizlarini, ularning tarixi va g’oyalari, ta’limotlari mohiyatini, 
    marosimlari, jamiyat hayotida tutgan o’rni va tamoyillarini ilmiy asosda 
    o’rganuvchi, izohlovchi va o’rgatuvchi fandir. 
    Dinshunoslik XIX asr o’rtalarida G’arbiy Evropada alohida fan tarmog’i sifatida 
    vujudga kelgan. Uning asoschilari – Myuller, Taylor, Tile, Sosse, Freyzerlardir. 
    O’zbekistonda dinshunoslik XX asrning 30-yillarida shakllana boshlagan. Oldin 
    esa faqat islomshunoslik bor edi, xolos. 
    Dinshunoslikni o’rganish g’oyat muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. 
    Bular quyidagilardan iborat: 
    -
    u dinga ob’ektiv, ya’ni xolisona, ilmiy, oqilona baho berishni o’rgatadi; uni 
    ko’klarga ko’tarib, haddan oshirib yubormasdan va ayni vaqtda erga urmasdan 
    baho berishni o’rgatadi; 
    -
    u din, jumladan islom haqidagi asossiz ta’limotlarni rad etishni, uni buzib, 
    sohtalashtirib baho berishlarning zararli ekanligini isbotlaydi; 
    -
    dinni hurfikrlilik, ya’ni u haqida erkin fikr yuritish, dinni fandan ustun 
    qo’ymasdan, u bilan yonma-yon turadigan ta’limot deb hisoblab, dindagi real, 
    dunyoviy qadriyatlarga ijobiy baho berib, ulardan foydalanish yo’llarini belgilab 
    beradi; 


    35 
    -
    dindan, jumladan islomdan siyosiy maqsadlarda foydalanishga urinayotgan 
    fundamentalist, aqidaparast, ekstremistlarning asl qiyofasini, maqsadlarini ochib 
    berib, ularga qarshi kurash yo’llari, usullarini o’rgatadi; 
    -
    talabalarda falsafiy, ilmiy, hurfikrlilik dunyoqarashini shakllantirishga 
    yordam beradi; 
    -
    mustaqillik yillari diniy, jumladan islomiy qadriyatlarning real imkoniyatlari 
    yaratilib, din va uning qadriyatlari xalqimiz turmush tarzi va ma’naviyatining 
    ajralmas qismi bo’lib borayotganligini asoslab beradi; 
    -
    xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo’lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda 
    olijanob g’oya va niyatlar yo’lida diniy bag’rikenglik asosida hamkor va hamjihat 
    bo’lib yashab kelganligi va kelayotganligi, uning hayot taqozosi ekanligini 
    ko’rsatib beradi va boshqalar. 
    Dinshunoslik fani orqali talabalar, kishilarning diniy e’tiqodi, dinlar, ulardagi 
    oqimlar va mazxablar, din jamiyatning ajralmas qismi ekanligi xaqida 

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   127




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish