2-rasm. Chigitli paxta uchun EX-15 markali elevatori:
1- tasma; 2 – kovsh (cho’mich); 3,4 – yiritish va taranglash barabanlari;
5,6,7- elevator korpusining ustki kallagi, o’rta sektsiyasi va pastki qismi;
8 – elektr yuritma; 9 - kontryuritma; 10- reduktor; 11 – vintli konveyer;
12 – kurak; 13 – bo’shatish qisqa quvuri.
Paxta elevatori uchun
. Kovshlar qadami
quyidagi tenglamadan olinadi:
Yetakchi barabanga beriladigan quvvat (kVt):
bu yerda:
- konveyerning ish unumi, t/soat;
- chigitli paxtani
ko’tarish balandligi, m;
- chigitli paxta zichligi, kg/m
3
;
-
harakatlantirish mexanizmini foydali ish koeffitsienti,
ga tengdir; k – elevatorning salt harakat qilishda quvvat sarfini
hisobga oluvchi koeffitsient. Konveyerning ish unumi 20 t/soat
bo’lganda k = 1,15; 20-40 t/soat bo’lganda k = 1,5.
2.5.4. Paxta tozalash zavodlarida chigitlarni tashishga
mo’ljallangan qurilma.
Vintli konveyerlar linterlarga chigitni taqsimlab berish,
jinlashdan va linterlashdan chiqqan chigitlarni tashish, shuningdek
tolali chiqindilarni tashishda vintli konveyyerdan foydalaniladi. Ular
tuzilishi va ishlash usuli jihatidan chigitli paxta tashishda
qo’llaniladigan konveyerlarga o’xshaydi. Vintli konveyer sxemasi 3-
rasmda keltirilgan.
Vintli konveyer metall tarnov 1, chetki podshipnik 3 va oraliq
podshipnik 4 larda aylanuvchi vint 2, elektromotor 5, reduktor 6,
ochiq tarnov 7 va qopqoq 8 dan iborat.
Tarnov 1 qalinligi 3-4 mm li tunukadan yasalgan bo’lib, har
qaysisining uzunligi 3,5 metrgacha bo’lgan bir xil bo’lakchalardan
yig’iladi. Tarnovning usti qopqlq bilan berkitiladi, shu tufayli qopqoq
ichidan chang chiqmaydi. Konveyer vinti ham uzunligi 3,5 metrli
bo’laklardan tuziladi.
Paxta tozalash sanoatida chigit tashish uchun diametri 300 mm
va qadami 225 mm bo’lgan himda ish unumiga qarab 80-120 ayl/min
chastota bilan aylanuvchi vintli konveyerlar qo’llaniladi. Vint
harakatni elektromotordan tishli g’ildirak yoki chervyakli reduktorlar
vositasida yuklash tomonidan oladi. Tarnovning ichki diametri vint
qanoti diametridan bir oz katta bo’lib, u harakatlanayotganda tarnov
devori bilan vint qanoti qirrasi orasida 9-15 mm li tirqish qolishi
kerak [4].
Vintli konveyerlarni chigit tashish masofasi 20 metrdan ortiq
bo’lgan erlarga o’rnatish tavsiya qilinmaydi.
O’rnatilgan joyi va bajariladigan vasifasiga qarab vintli
konveyerlarning har xil markalari ishlab chiqariladi.
Vintli konveyerlarning ish unumi quyidagi formuladan topiladi:
bu yerda: D – vint diametri;
- vint qadami,
–
vintning aylanish chastotasi,
- chigitni vintli
konveyyerda tashishda ko’rsatadigan umumiy qarshiligi, chigit uchun
tozalash mashinalarida ajraladigan iflosliklar uchun
- to’lish koeffitsienti, chigit uchun
iflosliklar uchun
- tashiladigan material zichligi, kg/m
3
, o’rta tolali
paxta chigiti uchun
uzun tolali paxta chigiti uchun
tozalash mashinalarida ajraladigan iflosliklar
uchun
o’luk uchun
.
Talab etiladigan quvvat (kVt):
bu yerda:
- konveyer uzunligi, m;
- uzatmaning foydali ish
koeffitsienti;
- konveyerning ish unumi, t/soat;
- umumiy
qarshilik.
|