imkoniyatlardan ratsional foydalanish, atrof-muhitni ifloslantirilishiga barham
berish, mamlakat barcha jamoatchiligini ekologik bilimlarga o’qitish va tarbiyalash
hisoblanadi.
Tevarak atrof, tabiiy-muhitini huquqiy jihatdan muhofazalash deganda
muhofaza ob’ekti va uni ta’minlovchi tadbirlar hisoblanadigan me’yoriy aktlarni
tayyorlash asoslash va amalda qo’llash tushuniladi. Bu tadbirlar jamiyat va tabiat
o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solib turadigan ekologik huquqni tashkil etadi.
Atrof muhitni himoya qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
murakkab va ko’p rejali muammolardir. Bu muammolarni echimlari inson va
tabiatni o’zaro munosabatlarini tartibga solinishi, ularni ma’lum qonuniyatlarga,
yo’riqnomaga va qoidalarga bo’ysunishi bilan bog’liqdir. Bizning mamlakatimizda
bunday sistema qonunchilik tartibida o’rnatilgan [10].