bilinmas sezgisini hosil qiladigan tovush kuchiga mos keladigan tovush kuchiga
mos keladi, ya’ni tovush eshitilishi bo’sag’asida turadi. Quvvatning maksimal
oxirgi ta’sirni «og’riq bo’sag’asiga» mos keladi-tovush quvvati keyinchalik
zo’rayganda tovushning kuchayishi eshitilmay, balki ikkala quloq ham zirqirab
og’riy boshlaydi.
Professional shovqin boshni aylantirib, miyada og’riq turg’azadi va quloq
shang’ib nerv sistemasiga ham yomon ta’sir qiladi. Ayniqsa, fikrni to’plab, aqliy
ish bilan shug’ullanishga imkon bermaydi. Uzoq vaqt mobaynida shovqinning
odamga sezilmas darajada ta’sir qilishi nerv sistemasini ishdan chiqishiga olib
keladi. Shovqin ta’sirida turli a’zolar va sistemalarning, masalan; xazm qilish, qon
aylanish va shunga o’xshashlarning normal faoliyati buziladi [10].