va havo surish tizimlari yordamida uzok-lashtiriladigan havo 800 dan 3000 mg/m3.
gacha o’zgarib turadigan boshlangich changlanishga ega.
Paxta zavodi changining fraktsion tarkibi muayyan chegaralarda o’zgarib
turadi. 5 mkm. gacha o’lchamli zarrachalar 17,8—36,4 %; 5 dan 10 mkm gachalar
26,2—43,2 %; 10 dan 50 mkm gachalari 21,3—33,4 % va 50 mkm dan yuqorilari
5,0—23,9 % ni tashkil kiladi.
Paxtadan ajraladigan chang organik va mineral fraktsiyalardan iborat.
Organik fraktsiya g’o’za tupi yoki ko’saklarining maydalangan zarralari va mayda
qisqa tolalardan iborat. Changning
mineral fraktsiyasi tuprok, qum hamda paxta
yig’im-terim va uni tashish xamda saqlash vaktida unga tushadigan begona
aralashmalardan iborat.
Texnologik jarayon boshida paxtani tashish va iflos aralashmalardan tozalash
paytida mineral chang
ajralib havoni ifloslaydi, texnologik jarayon oxirida esa,
ayniqsa, momiq ajratish va uni shibbalaganda, organik chang ajraladi.
Paxtaning
pnevmotransport tizimida ishlatilgan havoda 10 dan 20 foizgacha organik va 80—
90 % mineral zarralar bo’ladi.
Linterlash texnologik jarayonining oxirida linter kondensorlardan chikarilgan
havo tarkibida organik fraktsiya mikdori 80—90 % ga etadi. Changni pnevmatik
usulda ishonchli tashish paxta tozalash zavodining tozalash sexlari uchun havo
tezligi 20 m/s dan kam bo’lmaganda va qolgan hamma sexlarda 18 m/s. dan kam
bo’lmagan tezlikda ta’minlanadi.
Havo so’rish tizimi uchun TS6-46 va UVTS-22M
rusumli chang
ventilyatorlari qo’llaniladi (shuningdek, VTS-8M, VTS-10M va U1VTS
ventilyatorlaridan ham foydalanishga ruxsat etiladi). Havo so’rish tizimlari
qurilmasi va paxta zavodi texnologik uskunasining havo so’rish tizimining shakli
«Ishlab chikarish binolarini changsizlantirish va
paxta tozalash zavodlarida
atmosfera chiqindilarini tozalash bo’yicha tavsiya» da keltirilgan (Toshkent,
TSNIIXProm, 1981) [16].
Paxta tozalash zavodining chang chiqaradigan barcha mashina va
mexanizmlari mahalliy havo so’rish tizimi bilan ta’minlanishi kerak. Changni
bevosita chang ajratish manbaidan so’rish mahalliy so’rish deb ataladi.
Paxta
tozalash zavodining jami texnologik uskunalari chang ajratadi va mahalliy chang
so’rish mashina hamda mexanizmlarni changsizlantirishning asosiy usuli sifatida
qabul qilingan.