5. Yoritilish miqdori vaqt bo’yicha o’zgarmas bo’lishi kerak. Yoritilishning
ko’payib-kamayishi, agar o’qtin-o’qtin ro’y beradigan bo’lsa, ko’zga zarar
keltiradi, chunki ko’z yorug’lik o’zgarishlariga ko’nikishiga to’g’ri keladi.
6. Yorug’lik nurlarini optimal yo’nalish bilan yo’naltirish kerak, bunda ma’lum
holatlarda detalning ichki yuzalarini ko’rish va boshqa holllarda detal
yuzasidagi kamchiliklarni yaxshiroq ko’rish imkoniyati tug’iladi.
7. Yorug’likning lozim bo’lgan spektor tarkibini tanlash zarur. Bu talab
materiallarning rangini aniq belgilash zarur bo’lgan hollarda muhim rol
o’ynaydi.
8. Yorug’lik qurilamalari qo’shimcha xavflar manba bo’lmasligi kerak. Shuning
uchun yoritish manbalari ajaratadigan issiqlikni, tovush chiqarishini maksimal
kamaytirish kerak.
9. Yoritish qurilmasi ishlatish uchun qulay, o’rnatish oson va iqtisodiy samarali
bo’lishi kerak.