suv purkash, tanasini va qo’llarini ishqalash yaxshi natija beradi.
Agar jarohatlangan kishining
nafas olishi qiyinlashsa, qaltirash holati
bo’lsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bo’lsa, unda bu kishiga sun’iy nafas
oldirish ishlarini bajarish zarur.
Klinik o’lim holati yuz bergan taqdirda sun’iy nafas berish bilan bir qatorda
yurakni ustki tomondan massaj qilish kerak.
Sun’iy nafas berish jarohatlangan kishini tok ta’siridan
qutqazib olish, uning
holatini anikdash bilanoq boshlanishi kerak. Sun’iy nafas berish "og’izdan
og’izga" deb ataluvchi usul bilan, ya’ni yordam ko’rsatuvchi kishi o’z o’pkasini
havoga to’ldirib, jarohatlangan kishi og’zi orqali uning o’pkasiga
bu havoni
haydaydi. Odam o’pkasidan chiqqan havo, ikkinchi odam o’pkasi ishlashi uchun
yetarli midorda kislorodga ega bo’lishi aniklangan. Bu
usulda jarohatlangan kishi
chalqancha yotqiziladi, og’zini ochib begona narsalardan tozalanadi. havo o’tish
yo’lini ochish uchun boshini bir yo’li bilan peshona aralash ko’tariladi, ikkinchi
yo’l bilan dahanidan tortib, dahanini bo’yni
bilan taxminan bir chiziqqa
keltiriladi. Shundan keyin ko’krak qafasini to’ldirib nafas olib, kuch bilan bu
havoni jarohatlangan kishi og’zi orqali puflanadi. Bunda yordam ko’rsatayotgan
kishi og’zi bilan, jarohatlangan kishining og’zini butunlay berkitishi va yuzi yoki
panjalari yordamida uning burnini berkitish kerak.
Shundan keyin yordam ko’rsatuvchi boshini ko’tarib yana o’pkasini
havoga
to’ldiradi. Bu vaqtda jarohatlangan kishi passiv ravishda nafas chiqazadi.
Bir minutda taxminan 10-12 marta puflashni doka, dastro’mol va trubka
orqali ham bajarish mumkin. Agar jarohatlangan kishi
mustaqil nafas olishini
tiklagan taqdirda ham, sun’iy nafas oldirishni uning nafas olishiga bemor o’ziga
kelguncha davom ettiriladi [10].