• Changlarning inson organizmiga ta’siri.
  • O’ zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro muhandislik- tеxnologiya instituti




    Download 1,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/32
    Sana21.01.2024
    Hajmi1,02 Mb.
    #142658
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
    Changlarning gigienik ahamiyati. Changli ishlab chiqarish binolarida 
    ishlovchi ishchilar, changning ham tashqi, ham ichki ta’siriga uchraydilar. Chang 
    og’iz, burun bo’shliqlariga, teriga, ko’zga va yuqori nafas olish yo’llariga ta’sir 
    qiladi, so’lak bilan yutilib ovqatlanish a’zolariga ta’sir qiladi va nafas olinayotgan 
    havo bilan yutilib ovqatlanish a’zolariga ta’sir qiladi va nafas olinayotgan havo 
    bilan nafas olish organining eng uzoq uchastkasi bo’lak o’pkagacha borib etadilar. 
    Changi tashqi ta’siri uncha xavfli emas, chunki ishchi changli muhitdan chiqib, 
    qo’lini, betlarini yuvishi bilan yoki qoqib tashlashi bilan chang bilan bo’lgan aloqa 
    tugaydi. Bundan tashqari teri hamma changlarni ham ichkariga o’tkazmaydi va 
    o’zi ham o’larni ta’siriga berilmaydi. 
    So’lak bilan yutilib ovqatlanish yo’llariga ta’sir qiladigan changlar ham 
    uncha xavfli emas, chunki ular oz miqdorda yutiladilar. Eng xavfli changlar, bular 
    nafas olayotganda organizmga kirgan changlardir. Ular nafas olayotgan havo bilan 
    juda katta miqdorda organizmga kirib, faqat bir qismigina tashqariga chiqib ketadi. 
    Bunday sharoitda juda ko’p miqdordagi changlar uzoq vaqtda nafas olish yo’llarini 
    shilliq pardalari bilan munosabatda bo’ladilar va ularga ta’sir qiladilar. 
    Changlarning organizmga xavf solish darajasi ularning havodagi miqdoriga 
    va yuqorida ko’rsatilgan fizik va ximiyaviy xususiyatlariga bog’liq. Nafas 


    olayotgan havo bilan organizm ichkarisiga kirayotgan mayda changlar katta 
    changlarga qaraganda uzoqroq masofaga o’pkagacha boradilar, katta changlar esa 
    yuqori nafas olish yo’llarida ushlanib qoladilar va bir oz muddatdan keyin 
    tashqariga chiqib ketadilar, shuning uchun mayda changlar katta changlarga 
    qaraganda xavfliroq. 
    Changlarning inson organizmiga ta’siri. Changlarni inson terisiga ta’siri 
    natijasida teri yallig’lanadi, biroz shishadi, qizaradi va og’riq paydo bo’ladi. 
    Changlar teri va yog’ bezlari teshiklariga tushib ularni normal ishlashga yo’l 
    qo’ymaydi, natijada terida yog’ va suyuqliklar etishmaydi va teri quriydi, yoriladi. 
    Yog’ bezlarining teshiklari chang bilan kirgan ba’zi bir mikroblar bilan t
    ыlib qolsa 
    toshmalar kelib chiqishi va terini yiringlab ketishi mumkin. Teri bezlari 
    teshiklariga chang t
    ыlib qolishi terining ter ajratish xususiyatini pasaytiradi. Bu esa 
    issiq ishlab chiqarish binolarida kishi tanasiga yomon ta’sir ko’rsatadi, chunki 
    terlash organizmning haddan tashqari qizishiga qarshi himoya vositasi sifatida juda 
    muhim ahamiyatga ega. 
    Ishqorli changlarning teriga ta’sirini alohida hisobga olish kerak, chunki bu 
    chang terida teri yaralanishi kasalligini olib kelishi mumkin. Bunday changlarga 
    xrom ishqorli tuzlar, mishyak, ohak, soda, kaltsiy karbidi, osh tuzi, superfosfat 
    changlari va hokazolar kiradi. 
    Changlarning ko’zga ta’siri natijasida ko’zlar kon’yuktivit kasali bilan 
    kasallanadilar, bunda ko’z qizarib yosh oqadigan bo’ladi, ayrim xollarda ko’z 
    shishadi va yiringlaydi [16]. 

    Download 1,02 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




    Download 1,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’ zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro muhandislik- tеxnologiya instituti

    Download 1,02 Mb.
    Pdf ko'rish