3.9. Sanoat korxonalarini yoritish. Yorug’lik inson faoliyati davomida juda muhim rol o’ynaydi. Ko’rish inson
uchun asosiy ma’lumot manba hisoblanadi. Umumiy olinadigan ma’lumotning
taxminan 90% ko’z orqali olinadi.
Shuning uchun ham sanoat korxonalarini ratsional yoritish sifatli mahsulot
ishlab chiqarish sharoitini yaxshilaydi, ishchilarni charchashdan salaydi va
unumdorligini oshiradi. Oqilona yoritilgan zonalarda ishlayotgan ishchilarning
kayfiyati yaxshi bo’ladi; shuningdek xavfsiz mehnat qilish sharoiti yaratiladi va
buning natijasida baxtsiz xodisalar kesin kasayadi. Bundan ko’rinib turibdiki,
sanoat korxonalarini yoritishga faqat gigienik talab qo’yilmasdan, balki texnik
iqtisodiy talablar ham qo’yiladi. Elektromagnit spektorlarining to’lqin uzunliklari
10 n.m dan 340000 n.m gacha oralig’i spektorlari optik jaryoni deb ataladi, bundan
10 dan 380 nyum i infraqizil nurlar, 380 dan 770 n.m i ko’rinadigan nurlar va 770
dan 340000 n.m gacha bo’lganlari esa ultra-binafsha nurlar deb aytiladi. Biz
ko’zimiz bilan binafsha rangdan to qizil rangacha bo’lgan yorug’lik nurlarini
sezamiz.
Sanoat korxonalarini yoritishning mukammalligi sifat va son ko’rsatkichlari
bilan tavsiflanadi. Son ko’rsatkichlari nur oqimi, yorug’lik kuchi, yorqinlik, nur
qaytarish koeffitsentlari, yorug’lik kiradi.
Nur oqim nur energiyasining quvvati sifatida aniqlanadi va u inson ko’ziga
ta’sir qilish sezgisi sifatida baholanadi. Nur oqimining birligi sifatida lyumen (lm)
qabul qilingan.
Nur oqimi faqatgina fizik ko’rsatkich bo’lib qolmasdan, balki fiziologik
ko’rsatkich sifatida ham aniqlanadi. Chunki uning o’lchov birliklari kurish
sezgisiga asoslangan.
Hamma nur manbalari, shu jumladan, yoritish asboblari ham fazoga bir xilda
nur sochmaydi, shuning uchun fazodagi nur oqimi zichligini aniqlovchi yorug’lik
kuchi I birligi kiritilgan. O’tadigan va tushadigan nur oqimi fazo yoki yuza bilan
baholanishi mumkin [10].