O’ zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro muhandislik- tеxnologiya instituti




Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/32
Sana21.01.2024
Hajmi1,02 Mb.
#142658
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
4. XULOSA. 
Respublikamiz paxta tolasi ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda beshinchi
eksport qilishda ikkinchi o’rinni egallab turibdi. Prezidentimiz «O’zbekiston tashqi 
bozorda talab kata bo’lgan mahsulot – paxta tolasining asosiy ishlab chiqaruvchisi 
va etkazib beruvchisidir» deb aytganlari hozirga kelib o’z tasdig’ini topdi desak 
mubolag’a bo’lmaydi. Mato ishlab chiqarishda qo’llaniladigan tolaning 60-80 foizi 
Evropaning yetakchi davlatlariga diyorimizdan jo’natiladi. Paxta tolasini jahon 
bozorida sotish hisobiga Respublika xazinasiga kata miqdorda valyuta tushmoqda.
Respublikamizda bir yilda etishtiriladigan paxtaning hajmi o’rtacha 3,5-3,9 
mln. tonnani tashkil etadi. Bu hajmdagi paxtani qabul qilish, saqlash va qayta 
ishlash bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlar majmuasini tashkil qilish, 
muvofiqlashtirish, sohada yagona ilmiy –texnik siyosatni amalga oshirish, jahon 
bozori standartlari talablariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarish va 
iste’molchilarga etkazib berish O’zbekiston paxtani qayta ishlash va paxta 
mahsulotlarini sotish aktsiyadorlik uyushmasining asosiy vazifasi hisoblanadi. 
Respublikamizda paxta tozalash sanoati tizimida 130 ta paxta tozalash korxonalari, 
511 ta paxta tayyorlash maskanlari mavjud bo’lib, har bir aktsiyadorlik jamiyati 
hozirgi zamon texnikasi bilan jixozlangan ishlab chiqarish bazasiga ega. 
Respublikamizda etishtiriladigan paxtani qabul qilish, saqlash va qayta 
ishlash bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlar majmuasini tashkil qilish, jahon bozori 
standartlari talablariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarish uchun paxta 
tozalash korxonalarini serunum va samarali ishlaydigan jihozlar bilan jihozlash, 


mavjud texnika va texnologiyalarni modernizatsilash hozirgi vaqtdagi dolzarb 
vazifalardan bo’lib hisoblanadi. 
Ushbu bitiruv-malakaviy ishini bajarishda Respublikamiz paxta tozalash 
zavodlari va paxta tayyorlash punktlarida chigitli paxtani g’aramlash va saqlash 
texnologik jarayoni, tashish va g’aramlashda qo’llaniladigan transportvositalari va 
qurilmalarning konstruktsiyalari o’rganib tahlil qilib chiqildi. G’aramlanadigan 
paxtani toza va sifatli saqlanishini ta’minlash maqsadida PLA markali chigitli 
paxtani saqlashga tayyorlash qurilmasining qonstruktsiyasi takomillashtirildi. 
Takomillashtirilgan qurilma g’aramlarda saqlanish davomida chigitli paxtaning o’z 
tabiiy xususiyatlarini saqlab qolishiga ko’maklashadi.
Bitiruv-malakaviy ishida shuningdek “Hayot faoliyati xavfsizligi va 
ekologiya” qisim ham ko’rib chiqilgan bo’lib, unda korxona atrof muhitini 
muhofazalash, atrof - muhitining meterologik sharoitlari, yuk ko’tarish va tashish 
ishlarida xavfsizlikni ta’minlash, yong’in haqida umumiy ma’lumotlar va uni 
oldini olish chora-tadbirlari, shovqin va uning inson tanasiga ta’siri, paxta tozalash 
zavodlarida chiqariladigan changlari va uning inson organizmiga ta’siri, texnologik 
uskunalarni changsizlantirish va atmosferaga chiqariladigan chiqindilarni tozalash,
sanoat korxonalarini yoritish, elektr tokining inson organizmiga ta’siri va boshqa 
savollarga javoblar yoritilgan. 

Download 1,02 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’ zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro muhandislik- tеxnologiya instituti

Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish