|
O ’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti Qattiq jism fizikasi bo’limidan o’quv-uslubiy majmua
|
bet | 19/21 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 1,63 Mb. | | #112848 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Qattiq jismlar fizikasi (1)DEBAY HARORATI-qattiq jism kristall panjarasining qayishqoq tebranishlari eng yuqori takroriyligiga mos keluvchi tavsifiy harorat.
DETEKTOR-detektirlovchi asbob.
DONOR-yarimo’tkazgich kristall panjarasining kirishma yoki dislokatsiya tufayli o’tkazuvchanlik sohasiga elektronlar berish xususiyatiga ega bo’lgan nuqsoni.
DONOR KIRIShMA-yarimo’tkazgichning o’tkazuvchanlik sohasini elektronlar bilan ta’minlovchi kirishma (aralashma).
DONOR SATH-yarimo’tkazgichda donor kirishmaning mavjudligi bilan bog’liq bo’lgan energiya sathi. Dyulong va Pti qonuni-sodda qattiq jismlarning o’zgarmas hajmi va T≥300K haroratidagi issiqlik sig’imi doimiy va u 6 kalG’mol∙K ga tengdir, deyiluvchi va empirik qoida.
ISSIQLIK SIG’IMI-jismni 1 daraja (10S yoki 1 K) isitganda uning yutgan issiqlik miqdori.
ISSIQLIK O’TKAZUVChANLIK-jismning ko’proq qizigan qismlardan kamroq qizigan qismlariga issiqlikning yo’nalgan ko’chishi; ularning haroratlarini tenglashtirishga olib keladi.
ISSIQLIK O’TKAZUVChANLIK KOEFFITsIENTI-issiqlik oqimi zichligi bilan uni vujudga keltirgan moddadagi harorat gradienti orasidagi mutanosiblik koeffitsinetini. Kvazikristall-atomlari kristall panjara tashkil qilmagani holda tushuvchi nurlanishni kogerent sochish qobilyatiga ega bo’lgan uzoq koordinatsiyaviy tartibli qattiq jism.
KOVOLENT BOG’LANISh-bitta molekulyar orbita egallovchi, spinlari qarama-qarshi vaziyatlarga ega, juftlanmagan elektronlarning o’zaro ta’siri bilan belgilanuvchi kimyoviy bog’lanish.
KRISTALL-uch o’lchovli davriy atom yoki molekulyar tuzilishga va muvozanat tuzilish holatlari to’g’i simmetrik ko’p yoqli shaklga ega bo’lgan qattiq jism.
KRISTALL JISM-tuzilishi uzoq tartib mavjudligi bilan tavsiflanuvchi qattiq jism.
KRISTALL NUQSONI-monokristallda kristall tuzilishi davriyligini buzilishi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O ’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti Qattiq jism fizikasi bo’limidan o’quv-uslubiy majmua
|