|
O ’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti Qattiq jism fizikasi bo’limidan o’quv-uslubiy majmua
|
bet | 20/21 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 1,63 Mb. | | #112848 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Qattiq jismlar fizikasi (1)KRISTALL OPTIKASI-yorug’lik to’lqinlarining kristallarda tarqalish xususiyatlarini o’rganuvchi optika bo’limi.
KRISTALL PANJARA-moddaning uni tashkil qiluvchi mikrozarralarining fazoda davriy takroriy joylashuvchi bilan tavsiflanuvchi kristall holatga xos tuzilishi.
KRISTALL PANJARA DAVRI-kristallada parallel tekisliklari orasidagi eng kichik masofa.
KRISTALLA PANJARA DINAMIKASI-qattiq jism fizikasining atomlarining kristallardagi harakatini o’rganishga bag’ishlangan bo’lim.
KRISTALLA PANJARA TEBRANIShLARI-qattiq jism zarralarining muvozanat holatlari atrofida tebranishlardan iborat bo’lgan ikki harakatning asosiylaridan biri.
KRISTALL PANJARA TUGUNI-atom yoki ionning kristall panjarada muntazam joylashish o’rni.
KRISTALL PANJARA ENERGIYaSI-polikristallarda kristall donorlarning imtiyozli yo’nalganligi.
KRISTALLAR SPEKTRI-kristall holatdagi modda bilan yorug’likning o’zaro ta’sirida yuzaga keluvchi va to’lqin uzunliklarining optik dipazonida joylashgan yutish, qaytish, fotoo’tkazuvchanlik va yorug’likning kombinatsiyaviy sochilish spektrlari.
KRISTALLAR SIMMETRIYaSI-kristallarning buralishda, qaytishda, parallel ko’chishda yoki amallarning kombinatsiyasida o’ziga mosligi saqlanishi.
KRISTALLNING OPTIK O’QI-kristallda yorug’lik ikkilanma sinishga uchramasdan tarqaladigan yo’nalish.
KRISTOLLOGRAFIK INDEKSLAR-fazoda kristall yoqlarining va atom tekisliklarining joylashuvini (Miller indekslari), shuningdek, kristollografik o’qlariga nisbatan kristall qiralarning yo’nalishini (Veys indekslari) aniqlovchi uchta butun son.
KRISTOLLOGRAFIYa-kristallarning tuzilishi haqidagi fan.
KYuRI QONUNI-paramagnetiklar magnit qabulchangligi haroratga bog’liqligi.
KYuRI HARORATI-1) ikkinchi jins fazaviy o’tish haroratining umumiy nomi; 2) ferromagnetikning paramagnetikka fazaviy o’tish holati; 3) segnetoelektriklarda o’z-o’zidan qutblanish yo’qoladigan holat;
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O ’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti Qattiq jism fizikasi bo’limidan o’quv-uslubiy majmua
|