|
образование” | “Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online) Pdf ko'rish
|
bet | 146/167 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 2,16 Mb. | | #140538 |
образование” | “Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online)
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
149
takomillashtirish va shu bilan birga STEAM (fan, texnalogiya, muxandislik va
matematika) ta’limini bosqichma bosqich amaliyotga joriy etish belgilab berilgan.
Shu boisdan ushbu uslubiy ishda umumiy o‘rta ta’lim jarayonlariga
STEAMni qo‘llash haqida uslubiy mulohazalar yuritildi.
STEAM o‘zi nima? Bu atama birinchi bo‘lib AQSHda ilk bor maktablarda
qo‘llanilgan
bo‘lib,
o‘quvchilarning
ilmiy-texnika
yo‘nalishlarida
kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan uslubdir. STEAM atamasini harflab
izohlansa quyidagi mazmunni anglatadi. S-scienca (tabiiy fanlar) T- technology
(texnologiya) E- engineering (muhandislik ishi) A-Art (san’at) M- mathematics
(matematika). Dars berishning eskicha uslublaridan voz kechgan holda xalqaro
dasturlarda tan olingan yangicha metodlardan foydalanish, ta’lim sifatini yanada
oshiradi. STEAM-ta’lim texnologiyasi loyihalash tayangan holda bilish va badiiy
izlanish yotadi. Bu metodda o‘quvchilar nafaqat bilim olishlari, mana shu
bilimlarini hayotda qo‘llay olishlari, ijod qilishlari va ixtirolar qilishga yordam
beradi. STEAM ta’limi faqat bilim olishga emas, kreativ fikrlashga ham
o‘rgatadi. Ma’lumki, tabiiy fanlar atrofimizdagi olam bilan bevosita bog‘liq,
texnologiya esa shiddat bilan rivojlanib ketmoqda, muhandislikda esa albatta
matematikani bilish zarur hisoblanadi. Mamlakatimizda 2021-yil PISA xalqaro
baholash tadqiqoti bo‘lib o‘tishi va bunga o‘quvchilarni tayyorlash uchun, ta’lim
samaradorligini oshirishda uchun STEAM metodidan foydalanish maqsadga
muvofiqdir. STEAM bu fanlararo integrasiyalash emas, balki mavzularni
integrasiyalashga qaratilgan metod hisoblanadi. STEAM o‘quvchilarda quyidagi
muhim xususiyatlar va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi,
muammolarni keng qamrovli tushunishga, ijodiy fikrlashga, muhandislik
yondashuviga, tanqidiy fikrlashga, ilmiy metodlarni tushunishga va qo‘llashga,
dizayn asoslarini tushunishga yordam beradi. STEAM –ta’limining afzalliklari
quyidagilardan iborat:
1. Ta’lim berishda o‘quv fanlari bo‘yicha emas, mavzular bo‘yicha
integrasiyalab berib borish.
2. Ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qo‘llashni bilish. Bunda o‘quvchilar
muhandislik bilimini oshiradi va ko‘rgan narsasini prototipini yaratishga harakat
qiladi.
3. Tanqidiy tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirish va muammolarni hal
qilishga o‘rgatish. Bunda kundalik hayotda duch keladigan qiyinchiliklar bartaraf
etishda olgan bilimlari yordam beradi.
|
| |