“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического




Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/167
Sana18.01.2024
Hajmi2,16 Mb.
#140538
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   167
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического 
образование” | “Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online) 
 
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
151 
robototexnika, elektrotexnika, avtomatika, arduino kabi O‘zbekiston iqtisodiyoti 
rivoji uchun zarur bo‘ladigan elementlarning kiritilmaganligi bo‘lajak maktab 
bitiruvchisi va mutaxassislarning kasbiy sifatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda; 
o‘quvchilarda ta’lim olishga kuchli motivatsiyani shakllantirish uchun 
o‘quvchilarda zamonaviy texnika, mexatronika, robototexnika, elektrotexnika, 
avtomatika sohasidagi taktil kompetensiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan jihoz 
va uskunalarning yetishmasligi; texnologiya fani moddiy-texnika bazasini 
eskirganligi, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlanmaganligi hamda 
byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlash bo‘yicha yetarli choralar ko‘rish yuzasidan 
takliflar ishlab chiqilmaganligi; pedagoglarning metodik ta’minotini yaxshilash, 
texnologiya fani o‘qituvchilari va mentorlari uchun masofadan o‘qitish kurslarini 
joriy etilmaganligi; mavjud oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy texnologiya fani 
yo‘nalishida o‘qituvchi pedagog-kadrlarni tayyorlash sifati bugungi kun talablariga 
mos kelmasligi texnologiya fanini o‘qitishni tubdan qayta ko‘rib chiqish va zamon 
talabiga mos ravishda yangilashni taqozo etmoqda.
Texnologiya fanining amaldagi joriy holati va to‘plangan tajribalar tahlili 
mavjud bo‘shliq va kamchiliklardan kelib chiqqan holda, avvalo, texnologiya 
fanini o‘qitishni rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini belgilab olish kerak. Bu 
tendensiyalarga: ta’lim sohasi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida 
me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni va mamlakatda amalga 
oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda takomillashtirish; texnologiya fani 
Davlat ta’lim standarti talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga 
qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash; texnologiya fani 
bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka 
talablarini integratsion yondashuvlar asosida ishlab chiqib amaliyotga tatbiq etish; 
texnologiya fanining Davlat ta’lim standarti, malaka talablari, o‘quv dasturlarida 
o‘zaro va boshqa ta’lim tizimlari o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlash; 
raqobatbardosh variativ o‘quv modullarini ishlab chiqish; texnologiya fani 
mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek, o‘qitish metodikasini 
takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini 
bosqichma-bosqich tatbiq etish; texnologiya fani maqomi, umumta’lim fanlari 
bilan o‘zaro integratsiyasi va o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini 
tashkil etish; texnologiya fani mazmuni, mustaqil hayotda qo‘llash imkoniyati 
bo‘lgan 
texnologik 
savodxonlikni, 
tanqidiy 
fikrlash 
va 
ijodkorlik 
kompetensiyalarini shakllantirish; ta’lim jarayoniga milliy, umuminsoniy va 
ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakl, usul va 
vositalarini keng joriy etish; o‘quvchi-yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini 



Download 2,16 Mb.
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   167




Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического

Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish