|
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического Pdf ko'rish
|
bet | 156/167 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 2,16 Mb. | | #140538 |
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического
образование” | “Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online)
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
159
qancha katta hajmdagi pedagogik informatsiyalarni yig‘ish va qayta ishlash kabi
kompleks vazifalarni bajarish orqali amalga oshiriladi. Bu kompleks vazifalar
quyidagilardir:
- Yuqori malakali o’qituvchi kadrlar tayyorlash (YuMO‘K)da iqtisodiy malaka
va ko’nikmalarni shakllantirish jarayonini tahlili va uni umum mezon asosida
muvofiqlashtirish;
- YuMO‘KTda ekologik malaka va ko’nikmalarni shakllantirish jarayonini
tahlili va uni umum mezon asosida muvofiqlashtirish;
- YuMO‘KTda tadbirkorlik malaka va ko’nikmalarni shakllantirish jarayonini
tahlili va uni umum mezon asosida muvofiqlashtirish;
- YuMO‘KTda boshqaruvchanlik malaka va ko’nikmalarni shakllantirish
jarayonini tahlili ; va uni umum mezon asosida muvofiqlashtirish;
Bu vazifalarni bajarish uchun qo‘yidagilarni amalga oshirish lozim bo‘ladi.
1.
YuMO‘KT
mobaynida
yetuklik
ko’nikma
va
malakalarni
shakllantirishga ta’lluqli barcha pedagogik informatsiyalarni yig‘ish jumladan :
a) iqtisodiy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga taalluqli pedagogik
informatsiyalarni yig‘ish va qayta ishlash;
b) ekologik ko’nikma va malakalarni shakllantirishga oid pedagogik
informatsiyalarni yig‘ish va qayta ishlash;
v) tadbirkorlik ko’nikma va malakalarni shakllantirishga oid pedagogik
informatsiyalarni yig’ish va qayta ishlash;
g) boshqaruvchanlikka taalluqli ko’nikma va malakalarni shakllantirishga oid
pedagogik informatsiyalarni yig’ish va qayta ishlash.
2.
Ekspert va mutaxassislar fikr mulohazalari ifodalangan barcha
yig‘ilgan pedagogik informatsiyalarni taqqoslash orqali miqdoriy ko‘rinishga
keltirish.
3.
Miqdoriy ko‘rinishda olingan ushbu ko’nikma va malakalar
shakllantirish ko‘rsatgichlarini o‘quv rejasiga, fanlarga va mavzularga moslashtirish
va hokazo.
O‘quv rejasini tuzish uchun ekspertlardan fikr mulohazalarini olishga
mo‘ljallangan so’rov jadvali orqali ham iqtisodiy, ekologik, tadbirkorlik va
boshqaruvchanliklarga taalluqli tegishli mutaxassisilardan fikr mulohazalar
yig‘iladi. Bundan tashqari shakllantirish bo‘yicha ham tajribali pedagog va
psixologlar uslubiy mulohazalari olinadi. Yig‘ilgan barcha pedagogik
informatsiyalar taqqoslash orqali ma’lum tartibda qayta ishlash uchun jadval
shkalalarda ifodalanadi. So‘ngra tegishli matematik apparatlar qo‘llanilib, zaruriy va
yetarli ko‘rsatgichlar olinadi.
|
| |