“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического




Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/167
Sana18.01.2024
Hajmi2,16 Mb.
#140538
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   167
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического 
образование” | “Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online) 
 
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
155 
o'g'liga qarata «Kim aqlli va davlatmand bo'lsa, o'sha oila boshlig'i bo'lib qoladi», 
degan so'zlariga o'g'illaridan biri zumrad ko'zli oltin uzugi, ikkinchisi zarbof 
choponini, uchinchisi esa qimmatbaho kamarini ko'rsatadi. 
Kenja o'g'il esa otasining savoliga «Menda zumrad ko'zli uzuk ham, zarbof 
chopon ham, qimmatbaho kamar ham yo'q. Lekin mehnatkash qo'lim, botir 
yuragim, aqlli boshim bor», - deydi va otasi uni oila boshlig'i qilib, uy- ro'zg'orini 
meros qoldiradi. 
Ko'rinib turibdiki, xalq bu ertak vositasida yoshlarga insonni hayotda baxtli 
qila oladigan narsa mehnat degan g'oyani ilgari surgan.Faqat ertaklarda emas, xalq 
maqollarida ham mehnatsevarlik, mehnatda hamkorlik, mehnatning insonni baxtli-
saodatli qilishi ifodalangan. Masalan: “Daryo suvini bahor toshirar”,Inson 
qadrini mehnat oshirar. oltin оtda bilinar”, “Odam mehnatda do’st ortirar, 
g’iybatdan dushman” kabi maqollar shular jumlasidandir. Yusuf Xos Hojibning 
«Qutadg'u bilig» asarida esa shahar va qishloq xalqini ijtimoiy tabaqalarga ajratib, 
dehqonlar, hunarmandlar, chorvadorla olimlar, tabiblar va boshqalar haqida 
so'zlab, ularning jamiyat hayotidagi o'rniga alohida to'xtalib o'tadi. Turli kasblar, 
ayniqsa, dehqonchilik, hunarmandchilik va chorvachilikka oid fikrlarini bayon 
etadi. U dehqon, hunarmand va chorvadorlarni jamiyatning moddiy boyliklarini 
yaratuvchi sifatida ta'riflaydi.
Dehqonlar mehnatini ulug'lash bilan birga, hunarmandlar haqida ham «juda 
zarur kishilardir... temirchi, tikuvchi, etikdo'z, suvchi, egarchi, toshchi, o'qchi, 
kamonchilarning foydasi katta. Ularni sanay berib ko'zim uzayib ketdi. ... Bu 
dunyoga ular yaxshilik keltiradilar, Ular juda ko'p ajoyib narsalarni ishlaydilar», - 
deb o'zining xayrixohligini bayon etadi va hukmron doiralarga mehnatkashlar 
bilan munosabatda bo'lish shartlari xususida o'z tavsiyalarini bayon qiladi. 
Dehqonlarga nisbatan: 
(О 'zing bular bilan aralashgin, qo'shilgin, 
Tilda yaxshi so 'zla, yuzingni ochiq tut). 
Hunarmandlarga nisbatan: 
(Bular ham senga kerakli kishilardir, 
Bularni yaqin tut, foydasi tegadi (ey) bahodir). 
Hotam Toyi bir kuni qo'y-qo'zilar so'ydirib, xalqqa katta ziyofat beradi. So'ng 
biroz dam olish uchun dalaga chiqadi. Unga yelkasida o'tin ko'tarib kelayotgan bir 
chol uchraydi. Hotam Toyi unga «Dashtda yurib bexabar qolgandirsan, tashla bu 
og'ir yukni, Hotam uyiga borib ziyofatda izzat ko'rgil», - deydi. Shunda chol kulib: 
«Ey, oyog'iga hirs band solgan, g'ayrat vodiysiga qadam urmagan kishi, sen ham 



Download 2,16 Mb.
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   167




Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического

Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish