|
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического Pdf ko'rish
|
bet | 151/167 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 2,16 Mb. | | #140538 |
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического
образование” | “Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online)
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
154
SHARQ MUTAFAKKIRLARINING TARBIYA BORASIDAGI
QARASHLARI
Ibragimov Abdurahim
A.Qodiriy nomidagi JDPI, Tasviriy sa’nat va muhandislik grafikasi
kafedrasi katta o’qituvchisi, Jizzax, O’zbekiston
e-mail:abdurahimibragimov@gmail.com
Annotasiya. Ushbu maqolada sharq mutafakkirlarining tarbiya borasidagi, турли
касблар, xususan, dehqonchilik, hunarmandchilik va chorvachilik haqidagi qarashlari
keltirilgan
Kalit so’zlar. Шарқ мутафаккирлари, касб-ҳунар, таълим-тарбия, Авесто, Фаробий,
Беруний.
***
Аннотация. В данной статье изложены взгляды восточных мыслителей на
воспитание, различные профессии, особенно земледелие, ремесло и скотоводство.
Kлючевые слов: восточных мыслителы, профессия, образования, воспитания,
Авесто, Фараби, Беруний.
***
Annotation. This article describes the views of Eastern thinkers on education, various
professions, especially agriculture, craft and cattle breeding.
Key words. Eastern thinkers, profession, education, Avesto, Farabi, Beruniy.
Ta'lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz, dastlabki xalq og'zaki ijodi
namunalaridan tortib, buyuk mutafakkirlar ijodigacha yoshlarni mehnatsevar bo'lib
yetishishi, kasb-hunar o'rganish, mehnat ahlini hurmat qilish hamda mehnat
insonni ulug'lash masalalariga alohida e'tibor berilganligiga guvoh bo'lamiz.
Buni biz turli davrlarda yaratilgan ta'limiy-axloqiy asarlar va xalq og'zaki ijodi
namunalari topishmoq, xalq qo'shiqlari, masal, maqol, ertak va dostonlarda mehnat
va kasb-hunar odobi, axloqi va qoidalarini o'zlashtirish muhim hayotiy zarurat
ekanligi ta'kidlanadi.
Bundan tashqari «Avesto», Kaykovusning «Qobusnoma», Abu Nasr
Forobiyning «Fozil odamlar shahri», Abu Rayhon Beruniyning «Geodeziya»,
«Minerologiya», Mahmud Qoshg'ariyning «Devonu lug'atit turk», Yusuf Xos
Hojibning «Qutadg'u bilig», Alisher Navoiyning bir qator asarlari va shu kabi
ma'rifiy meros namunalarida mehnatsevarlik, kasb-hunarning ahamiyati haqida
muhim fikrlar bayon etilgan. Bular dastlabki xalq og'zaki ijodi namunalaridagi
xalq eposlari, ertak, maqol va topishmoqlardan boshlangan.
Mana shunday ertaklardan biri «Aql va boylik» ertagidir. Bunda hol to'rt
|
| |