|
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического Pdf ko'rish
|
bet | 147/167 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 2,16 Mb. | | #140538 |
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического
образование” | “Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online)
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
150
4. O‘z kuchiga ishonish hissining hosil bo‘lishi. O‘quvchilar turli xil mashina
va buyumlar yasashga kirishganlarida maqsad sari intiladilar va o‘ziga bo‘lgan
ishonch ortib borishiga yordam beradi.
5. Faol kommunikasiya va komandada ishlash. O‘quvchilarni erkin
fikrlashga, birbiri bilan muloqat qilishga, taqdimotlarini bayon etishga o‘rgatadi.
6. Texnik fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish. STEAM-ta’limining
vazifasi, o‘quvchilarni tabiiy va texnik fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini
rivojlantirishdan iborat.
7. Loyihalarga kreativ va innovatsion yondashuv. STEAM-ta’limolti 6 ta
bosqichdan iborat bo‘lib, bular savollar, muhokama, dizayn, qurish, sinovdan
o‘tkazish va rivojlantirishdan iborat.
8. O‘quvchilarga ta’lim olishlari, hamda karyera qilishlari uchun zamin
yaratadi. Bu kelajakda kasb tanlashiga ham yordam beradi.
9. O‘quvchilarni texnologik yangiliklar yaratishga, ya’ni fan-texnika
rivojlanayotgan bir paytda zamon bilan birgalikda hamnafas bo‘lib, o‘rganishiga
asos bo‘ladi.
10. STEAM-maktab dasturining o‘zgarishiga ham ta’sir etadi. Bunda
o‘quvchilarga xalqaro standartlarga mos ravishda ta’lim bergan bo‘lamiz. Bu
vazifalarni oshirishda albatta o‘qituvchilardan juda katta ma’suliyatni, ijodkorlikni,
zamon bilan hamnafas bo‘lib yashashga undaydi. Xalq ta’limi vazirligi tizimida
11 yillik ta’lim joriy qilinishi va o‘rta maxsus kasbhunar ta’limi tizimining
funksiyalari o‘zgarishi hisobiga texnologiya fanini o‘qitishning institutsional
rivojlanishida ayrim bo‘shliq va kamchiliklar yuzaga kelgan, shu jumladan:
texnologiya fanining Davlat ta’lim standarti, malaka talablari, o‘quv dasturlarida
o‘zaro va boshqa ta’lim tizimlari o‘rtasidagi integratsiyaning ta’minlanmaganligi;
raqobatbardosh variativ dasturlarning ishlab chiqilmaganligi; baholashning milliy
formati
va
mezonlari,
texnologiyalari,
metodikasining
yaratilmaganligi;
texnologiya fanining ilmiy metodik ta’minoti (darslik, o‘qituvchi kitobi, ish daftari,
multimedia ilovalar, didaktik materiallar va boshqa) yetarli darajada ishlab
chiqilmaganligi; umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan amaldagi
texnologiya fani mazmuni, mustaqil hayotda qo‘llash imkoniyati bo‘lgan
texnologik savodxonlikni, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalarini
shakllantirish uchun yetarli emasligi; texnologiya fanini o‘qitishda metapredmet
kompetensiyalar va fanlararo bog‘liqlikning kamligi; texnologiya fani me’yoriy
hujjatlarida baholash mezonlarining faqat bitiruvchi kompetentsiyasi uchun
ishlanganligi va darslik, ishchi daftar va o‘qituvchi kitoblari, multimedia ilovalari,
didaktik materiallarning yetishmasligi; texnologiya fani mazmuniga mexatronika,
|
| |