“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического




Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/167
Sana18.01.2024
Hajmi2,16 Mb.
#140538
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   167
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического 
образование” | “Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online) 
 
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
156 
bu tikan mehnatini chekkin va Hotamning minnatidan qutulgin», - deb javob 
qiladi. Hotam Toyi cholning bu so'zlariga tan beradi va halol mehnat bilan kun 
kechirishi uning himmatidan baland ekanligini anglaydi.
Alisher Navoiy mehnatning insonni go'zallashtirishi, faqat mehnat tufayligina 
insonning kamol topishi mumkinligini ta'kidlaydi. Shu maqsadda u qator 
mehnatsevar badiiy obrazlarni yaratadi. Masalan, «Farhod va Shirin» dostonining 
asosiy qahramoni Farhod ana shunday qahramonlar jumlasidandir. Farhod 
Armaniston o'lkasiga qadam qo'yganda, o'z yurtida Qorandan o'rgangan tosh 
yo'nish hunarini ishlatib, og'ir mehnatdan ezilgan xalqqa yordam beradi. O'z 
hunari, mehnati tufayli bir tomondan xalqning og'ir mehnatini yengillashtirgan 
bo'lsa, ikkinchi tomondan sevgilisi Shirinning hurmatiga sazovor bo'ladi. 
Farhodning mehnatsevar va ijodkorligidan ilhomlangan Alisher Navoiy o'z 
dostonining ikkinchi nomini «Mehmonnoma» deb ataydi. Mehnatga muhabbat, 
ijodkorlik dostonning markaziy masalalaridan biri bo'lib hisoblanadi. 
Navoiy «Mahbub-ul qulub» asarida esa turli ijtimoiy guruhlarning hayotidagi 
o'rnini belgilaydi, fazilat va nuqsonlarini ko'rsatadi. Dehqonlar to'g'risida fikr 
yuritar ekan, «Dehqonki dona sochar, yеrni yormoq bila rizq yo'lin ochar. ... Olam 
ma'murlig'i alardin va olam ahli masrurlig'i alardin. Har qayonki, qilsalar harakat, 
elga ham qut yetkur, ham barakot», - deb dehqonlarni, ya'ni, mehnatkash insonni 
ulug'laydi. Shu bilan birga shoir bu asarida tekinxo'rlarni, nojo'ya ish tutuvchi 
kishilarni, ochko'z va ta'magirlarni, mehnat qilmay hayot kechiruvchi shaxslarni 
tanqid qiladi. 
Ma'rifatparvar shoir Furqat ham o'zining ma'rifiy she'rlarida ilm, hunar haqida 
fikr yuritar ekan, har bir sog'lom fikrlovchi insonni hunar egallashga da'vat etadi, 
hunarga mehr qo'ygan, uni o'rganishni da'vat etgan kishining jahonda qadri baland 
bo'lajagini uqtiradi .
Pedagog-shoir H.H.Niyoziy esa maktab yoshlarni ilmli, odobli qilib 
tarbiyalashi va hunarga o'rgatishi kerak, - deb ta'kidlagan ekan, yoshlar ma'naviy 
fazilatlarining shakllanishida mehnatning rolini yuqori baholaydi. She'rlarida 
bolalarni ota-onalarining mehnati qadriga yetishga undaydi. 
Hamza Hakimzoda Niyoziy yoshlikda ilm olishning ahamiyati haqida gapirar 
ekan, «O'qi», «Kitob», «Qalam» kabi she'rlarida ilmni mehnatsiz egallab 
bo'lmasligi to'g'risidagi g'oyani ilgari suradi. Xulosa qilib aytganda u yoshlarga 
kelajakda o'z orzulariga yetishish, ilm-fanni egallash uchun yoshlikdan mehnat 
qilish zarurligini ta'kidlaydi. 
Yuqoridagi fikrlar o'quvchi-yoshlarning mehnat tarbiyasida muhim vosita 
sanaladi deb o’ylaymiz. 



Download 2,16 Mb.
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   167




Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического

Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish