• Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi.
  • Bitiruv malakaviy ishining maqsadi.
  • Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi




    Download 70,14 Kb.
    bet1/18
    Sana10.02.2024
    Hajmi70,14 Kb.
    #154101
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi-fayllar.org


    Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi


    Kirish
    Oliy texnika o’quv yutrlarida zamonaviy axborot-kommunikasion texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishni tashkil etish ishlab chiqarish uchun malakali kadrlar tayyorlashning muhim omili hisoblanadi. Yurtimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb qilish, ilm-fanning innovasion infratuzilmasini shakllantirish, ta’lim tizimini yanada rivojlantirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
    Elektrotexnika va elektronika sohasida yetakchi muhandis bo’lib yetishish elektron sxemalarni tahlil va tadqiq qilish, ushbu jarayonni kompyuter dasturlarida loyihalash bosqichlarini o’rganish kabi vazifalarni bajarish orqali erishiladi.
    Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Zamonaviy tibbiy asboblar (qon tomirlarining pulsini tekshiruvchi asboblar, qon bosimini olchaydigan asboblar, yurak kardiogrammasi va h.k.), nazorat-o’lchov asboblari (datchiklar, tarozilar, manometrlar, tebranishlarni qayd qiluvchi qurilmalar va h.k.) ning asosiy ishlash prinsipi kuchsiz mexanik harakatlarni sezish va ularni qayd etishga asoslanadi. Bunday o’lchov asboblarning ishlash prinsipi kuchsiz mexanik harakalarni elektr signaliga aylantirish va signal amplitudasini kuchaytirish orqali ma’lumotlarni uzatishga asoslangan. Signallarni kuchaytirish vazifasini operatsion kuchaytirgichlar amalga oshadi. Shuning uchun operatsion kuchaytirgichlar sxemalarini tadqiq qilish va ularnini loyihalash bugungi kunda sanoat elektronikasi oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
    Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Elektronika sanoatining rivojlanishi, har bir elektron qurilmalarining sxemlarini kompyuterda modellashtirishni va uni simulyatsiya qilishni taqozo etadi. Bu yaratilajak qurilmaning jahon standartlari talablarida darajasida bo’lishi, uning ishonliligini kafolatidir. Qurilmalarining sxemlarini loyihalash uchun maxsus kompyuterda modellashtiruvchi dasturlar ishlab chiqilgan. Bunday dasturlar jumlasiga Multisim dasturini ham misol qilish mumkin. Yuqoridagi masalalarni hisobga olgan holda, ushbu bitiruv malakaviy ishida “Multisim” dasturida bir kaskadli operatsion kuchaytirgich sxemalarini yig`ishni va uni simulyatsiya qilish kabi vazifalarni maqsad qilib olingan. Shuningdek, Oliy ta’lim muassasalarining “elektronika va asbobsozlik” ta’lim yo’nalishi ixtisoslik fanlarini o‘qitishda fanning nazariy va amaliy masalalarni yechish, laboratoriya mashg’ulotlarini bajarishga hamda injenerlik masalalarni amaliy jihatdan yechishga yordam bera oladigan kompyuter dasturini tuzish, o’qitishning yangi texnologiyalarini qo’llashdan iborat.

    Download 70,14 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 70,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi

    Download 70,14 Kb.