Multisim dasturi kutubxonasi tarkibiga kiruvchi integral operatsion kuchaytirgichlar va ularning parametrlari




Download 70,14 Kb.
bet9/18
Sana10.02.2024
Hajmi70,14 Kb.
#154101
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi-fayllar.org

2.2. Multisim dasturi kutubxonasi tarkibiga kiruvchi integral operatsion kuchaytirgichlar va ularning parametrlari
Multisim dasturida Ok lar elementlar kutubxonasining “Analog” katalogidan joylashgan. Katalog ham o’z navbatida bir necha bo’limlarga ajratilgan (2.14-rasm).

2.14-rasm. Analog kutubxonasi interfeysi.


Analog kutubxonasidagi barcha real komponentlar integral sxemalar bo’lib ularning barcha parametrlari o’zgarmas. Kutubxona tarkibiga Komapartorlar Oklar va OKlarning turli xil modifikatsiyalari kiradi. Multisim dasturida virtual OK lar ham mavjud. Virtual OK larning Ikki turi navjud yani ularning orasidag farq sxematik belgilanishida bo’lib ularning farqi ulovchi sonidadir. Virtual oklarning sxematik belgilanishini ikki xil 3 ta chiqishli yoki 5 ta chiqishli qilib tanlab olish mumkin. 3 chiqishli virtual OKlarda faqat asosiy kontaklar mavjud bo’lib qolgan kontaktlar sxemada ko’rsatilmaydi. 5 chiqishli OKlarda asosiy uchta kontakt va ikita tashqi manbaga ulovchi kontaktlar mavjud bo’lib, bu kontaktlarga manbaning musbat va manfiy qutblari ulanadi. 3 kontaktli virtual OK lar uchun tashqi ta’minot manbayi ulanishi shart emas. Ularning bu xususiyati sxemalarni soddalashtirishda samarali hisoblanadi. Multisim dasturida virtual OKlarning sxematik belgilanishi quyidagicha (2.15-rasm).
2.15-rasm. Multisim dasturida virtual OKlar.
a) 3 kontaktli. b) 5 kontaktli.
Bu ikki modellar komparator rejimida ham OK rejimda ham ishlashi mumkin. Yig’ilayotgan sxemaning vazifasiga qarab bu rejimlar tanlanadi. Hozirgi kunda OK lardan deyarli barcha qurilmalarda foydalaniladi. OK larning kirish qarshiligi juda katta bo’lganligi sababli juda zayif signallarni xam bir necha ming barobar kuchaytirib bera oladi. OK larning bu xususiyatidan tibbiy o’lchova asboblari yaratishda keng foydalaniladi. Masalan inson yuragining impulsini (kardiogrammasini ) grafik ko’rinishda ko’rsatib turuvchi maxsus asboblarning asosiy elementi OK lar hisoblanadi. Bunday qurilmalar inson tanasidan chiquvchi juda past quvvatli elektr impulslarini kuchaytirib raqamli ko’rinishga o’tkazadi va ekranda grafik ko’rinishda chiqaradi. Bunda inson tanasidan chiquvchi kirish signali ikki bosqichda qayta ishlanadi. Birinchi bosqichda OK analog siganl kuchaytiriladi, ikinch bosqichda esa kuchaygan analog signal raqamli ko’rinishga o’tkziladi. Bunda ikkala bosqichda ham asosiy element OK hisoblanadi. Keyingib bobda OK asosida yig’ilgann analog bir kaskadli kuchaytirgich tadqiq qilinadi.

Download 70,14 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Download 70,14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Multisim dasturi kutubxonasi tarkibiga kiruvchi integral operatsion kuchaytirgichlar va ularning parametrlari

Download 70,14 Kb.