Inductance - induktivlikning o’zgarish diapazoni kiritiladigan bo’lim. Bu eng muhim ishchi parametr hisoblanadi.
Key – boshqaruvchi tugmaning nomini kiritadi.
Increment – o’zgarish qadamininig kattaligini %da o’rnatadi.
Coil resistanse – g’altakning aktiv qarshiligini kiritadi.
Bundan tashqari komponentlarni siljitish, aylantirish va tanlash mumkin. Ma'lumotlar bazasidan komponentlarni tanlagandan so'ng, ular joylashtiriladi va ishchi oynag o’tkazilib sxemada ko’rsatilganidek bir-biriga ulanadi. Komponent ustiga ikki marta bosish yoki komponentlar tahrir menyusidan "Ok" tugmasini bosish komponentni tanlash imkonini beradi. Shundan so'ng ish maydonining kerakli joyini tanlash orqali komponentni unga joylashtirish mumkin. Komponentlarni joylashtirish paytida ularni aylantirish uchun "Ctrl + R"tugmasini bosish orqali amalga oshirish mumkin. Buning chun O'rnatilgan komponentning ustiga sichqonchaning o’ng tugamsi bir marta bosiladi va "Ctrl + R" tugmasi bolisladi yoki sichqonchaning o'ng tugmasini komponentninig ustiga bosiladi va kontekst menyusi ochiladi (2.6-rasm).
2.6-rasm. Komponentni joylashtirish parametrlarini sozlash menyusi.
Kontekst menyusida soat yo'nalishi bo'yicha 90 ° aylantirish o'q (90 soat yo'nalishi bo'yicha) yoki qarshi (90 CounterCW) yo’nalishda komponenetni burish mumkin. Komponentlarni kontekst menyusi yordamida boshqalar bilan almashtirish mumkin, buning uchun komponentni ustiga sichqonchaning o'ng tugmasini bosing va ochilgan kontekst menyusida (4.9-rasm) "komponentlarni almashtirish" bandini tanlanadi.
2.7-rasm. Komponentlarni tahrirlash kontekst menyusi.
Ochilgan oynada yangi komponent tanlash mumkin.
Komponentlarni ulash. Komponentlarni Ulash uchun komponentlardan birining ulash kontakti ustiga bosing va ular orasidagi ulanishni yakunlash uchun oxirgi ulanadigan kontakt ustiga bosing. Ikki komponentni (doimiy kuchlanish manbai va qarshilik) ulash natijasi 2.8-rasmda ko'rsatilgan.
2.8-rasm. Sodda elektr zanjirining ulanish sxemasi.
Ishchi oynaga o'tkazgich yoki tugunni joylashtirish uchun ust kerakli tugunning ustiga sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Ish maydonining bo'sh joyiga sichqonchaning o'ng tugmasi bosiladi , kontekst menyusi ochiladi, "Sxematik ob'ektni qo'shish" bandi tanlanadi( 2.9-rasm ). Tugun qo'shish uchun Junction bandi tanlanadi. O’tkazgich simning rangini o'zgartirish uchun sichqonchani o'ng tugmasini bosiladi va “segment color” buyrug’i tanlanadi va kerakli rang tanlanib “Ok” tugmasi bosiladi. Bu buyruqlar yordamida tugunla joylashtirish va simlarning parametrlarini o’zgartirish mumkin (2.10 va 2.11-rasmlar)
2.10-rasm. Sxemaga tugun qo’shish
2.11-rasm. O’tkazgich simlarning rangini o’zgartirish (segment color) menyusi.
|