|
OKning inverslamaydigan ulanishi
|
bet | 4/18 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 70,14 Kb. | | #154101 |
Bog'liq Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi-fayllar.orgOKning inverslamaydigan ulanishi. Inverslaydigan ulanishda kirish signali OKning inverslamaydigan kirishiga uzatiladi, inverslaydigan kirishga esa R1 va R2 bo‘luvchi rezistorlar orqali kuchaytirgich chiqishidan teskari aloqa signali uzatiladi (1.5-rasm).
1.5-rasm. OKning inverslaydigan ulanish sxemasi
, ,
bundan
, ya’ni .
Ko‘rinib turibdiki, bu yerda chiqish signali kirish signaliga sinfaz.
Agar OK invers kirish bilan qisqa tutashgan bo‘lsa, bu koeffitsient birga teng bo‘ladi. Bunday sxemalar inverslamaydigan qaytargichlar deb ataladi va yagona qobiqda bajarilgan bir necha kuchaytirgich ko‘rinishidagi alohida integral mikrosxemalar ko‘rinishida bir varakayiga ishlab chiqariladi.
Qaytargichda qo‘llanilagan OK turi uchun maksimal kirish qarshiligi va minimal chiqish qarshiligi amalga oshiriladi. OK asosidagi qaytargich, ixtiyoriy biror qaytargich kabi (emitter yoki istok), muvofiqlashtiruvchi bosqich sifatida ishlatiladi.
Qo‘llanilishi. Operatsion kuchaytirgichlarning qo‘llanilish sohasi juda keng. Ularni invertirlovchi, inverslamaydigan, jamlovchi va differensiallovchi kuchaytirgichlar, kuchlanish takrorlagich, integrator va komparator sifatida qo‘llash mumkin. Operatsion kuchaytirgichga ulanadigan tashqi komponentlar uning konkret qo‘llanilish sohasini belgilaydi. OK sxemasida teskari aloqa zanjirini o‘zgartirib, uning asosida turli qurilmalar: (kirishdagi signal fazasini inverslaydigan yoki inverslamaydigan) kuchaytirgichlar; (polosali, past va yuqori chastota) filtrlari; (garmonik, relaksatsion yoki maxsus shakldagi) signal generatorlari; itegrallovchi yoki differensiallovchi qurilmalar; analog signallarni o‘zgartiruvchi va boshqalar hosil qilish imkoniyati mavjud. Bu vaqtda bajariladigan amallar faqat tashqi elementlar yordamida amalga oshiriladi, o‘zgartirish aniqligi esa OK parametrlariga bog‘liq bo‘ladi.
II-BOB. MULTISIM DASTURIDA OPERATSION KUCHAYTIRGICHLAR SXEMALSRINI MODELLASHTIRISH
|
| |