|
III-bob. Multisim dasturida bir kaskadli operatsion kuchaytirgich sxemasini yig’ish va tadqiq qilishning laboratoriya yo’riqnomasini ishlab chiqish
|
bet | 10/18 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 70,14 Kb. | | #154101 |
Bog'liq Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi-fayllar.orgIII-bob. Multisim dasturida bir kaskadli operatsion kuchaytirgich sxemasini yig’ish va tadqiq qilishning laboratoriya yo’riqnomasini ishlab chiqish.
Ishning maqsadi: OK asosida yig’ilgan bir kaskadli kuchaytirgichlarning ishlash tamoyili va tuzilishini virtual laboratoriya shaaroitida o’rganish .
Nazariy qism.
Kuchaytirgichlar deb berilgan past quvvatli signalning fazasi , chastotasi va shakliga ta’sir qilmagan xolda signalning quvvatini kuchaytirib beruvchi elektron qurilmalarga aytiladi.
V akumli elektron komponentlar asosidagi elektron kuchaytirgichlar. Dastlabki kuchaytirgichlar vakumli elektron asboblar asosida yig’ilgan. Vakumli elektron asboblarga triod, vakumli diod, tetrodlar va shunga o’xshash vakumli asboblarni misol qilib keltirish mumkin. Vakumli elektron asboblar asosida tayorlangan kuchaytirgichlarning bir nechta jiddiy kamchiliklari mavjud bo’lib shuning uchun ham hozirgi kunda vakumli lampalardan deyarli foydalanilmaydi. Vakumli elektron asboblarning birinchi kamchiligi bu ularning quvvat isrofi hisoblanadi. Chunki vakum sharoitida katoddan anodga elektronlar uchib o’tib zanjirda tok hosil bo’lishi uchun katodni qizidrish kerak bo’lar edi. Katodni qizdirish uchun esa ma’lum miqdordagi energiya isrofgarchiligi yuzaga kelar edi. Vakumli elektron asboblarning ikkinchi jiddiy kamchiligi bu ularning hajimining kattaligi edi. Bu kamchilik oqibatida tayorlanayotgan qurilmanning hajmi va og’irligi kattalashib foydalannishda ko’pgina noqulayliklar kelib chiqishiga olib keladi. 3.1-rasmda vakumli triod asosida yig’ilgan kuchaytirgich qurilmasininig tashqi ko’rinishi ko’rsatilgan.
3.1-rasm. Vakumli lampalar asosida tayorlangan past chastotali kuchaytirgich qurilmasi.
Tranzistorli kuchaytirgichlar. Yarimo’tkazgichli elektron asboblar yarimo’tkazgichli diodlar va tranzistorlarning ixtiro qilinishi vakumli kuchaytirgich qurilmalarnig sanoatda foydalanish soxalarini keskin qisqartirib yubordi. Tranzistorli kuchaytirgichlar elektronika soxasida judda katta imkoniyatlar ochilishiga olib keldi. Tranzistorlarning foydali mish koeffitsiyenti juda yuqori o’lchamlarini hohlagancha kichraytirish quvvat isrofi juda past. Tranzistorli kuchaytirgichlarning bir nechta sinflari mavjud. Kuchaytirgichlar sinflari ualrning tarkibiga kiruvchi komponentlarning ulanishiga qarab ajratiladi. Kuchaytirgich sinflari A, B, AB, D, C larga ajratilgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
III-bob. Multisim dasturida bir kaskadli operatsion kuchaytirgich sxemasini yig’ish va tadqiq qilishning laboratoriya yo’riqnomasini ishlab chiqish
|