|
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического Pdf ko'rish
|
bet | 157/167 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 2,16 Mb. | | #140538 |
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического
образование” | “Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online)
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
160
Zaruriy va yetarli ko‘rsatgichlarni miqdoriy ko‘rinishda olish uchun
matematik apparat qo‘llashdan oldin natijani ishonchliligini oshirish maqsadida
yuqorida ko’rib o’tilgan YuMO’KTga ta’sir qiluvchi faktorlarni ushbu ko’nikma
va malakalarni shakllantirishni xususiy holiga ta’siri yana bir karra tahlil asosida
ko’rib chiqiladi. Tashqi va ichki deb atalgan bu faktorlar shakllantirish jarayoniga
bo‘ladigan ta’siri qanchaligi aniq bo‘lsa, olinadigan pedagogik informatsiya ham
shunchalik ishonchli bo‘ladi. Tashqi bo‘lgan jamiyat ishlab chiqarish rivojlanish
intensivligiga bog‘liq bo‘lgan faktorlarni, ichki hisoblanadigan va uch guruhga
bo‘linadigan ya’ni o‘rgatuvchi faoliyati va o‘rganuvchini psixofiziologik
qobiliyati hamda barcha turdagi mashg‘ulotlar bilan bog‘liq faktorlarni
shakllantirishning xususiy hollariga ta’sirini keyinroq ko’rib chiqamiz. Hozir esa
yuqoridagi faktorlarni YuMO‘KT tizimi butun faoliyatida ko’rib chiqilgan tahliliy
mulohazalarga suyanib, umumiy holdagi YuMO‘KTda kasbiy mutaxasisilikdan
tashqari zamon talabi asosidagi yetuklik mahorat talablariga oid ko’nikma va
malakalarni shakllantirishga bo‘ladigan ta’sirlari va shunga asosan jarayonni
muvofiqlashtirish masalasini matematik ifodasini keltirishga harakat qilamiz. Bu
masalani umumiy holda qo‘yilishini matematik ifodalash uchun jarayonga umumiy
holda ta’sir qiluvchi faktorlar, jarayonini holati va ehtimolligi, minimalga va
maksimalga erishishi kerak bo‘lgan, o’xshash, o’zgarmas, o’zgaruvchan tasodifga
molik ko‘rsatgichlar va boshqa shu kabi ko‘rsatkichlarni chuqur tahlil yordamida
asoslash lozim bo‘ladi. O‘rgatuvchi va o‘rganuvchi o‘rtasidagi muloqotga ta’sir
qiluvchi faktorlar umumiy holda jarayonga ta’sir qiluvchi hisoblanadi. Muloqotga
o‘rgatuvchi bilan bog‘liq bo‘lgan faktorlar bevosita ta’sir qilsa, o‘rganuvchi bilan
bog‘liq faktorlar esa ana shu ta’sirlar natijasida ularga aks ta’sir etuvchi faktorlar
sifatida namoyon bo‘ladi. Demak, ikkala faktorlar ham asosiy hisoblanadi. Agar
o‘rgatuvchi bilan bog‘liq faktorlar bo‘lmasa deb faraz qilsak, unda o‘rganuvchi
bilan bog‘liq faktorlar faqatgina mustaqil o‘rganish faktorlari ta’siriga mos ta’siri
sifatida namoyon bo‘lib, jarayon holati natijasi yaxshi samara bermaydi. Aniqrog‘i
bu ko’zga ko’rinmas samara ham stixiyali ravishda faqatgina o‘rganuvchini
qiziqishi va aqliy mehnat faoliyatiga bog‘liq holda yuzaga keladi, bu esa
shakllanish holatiga yaxshi ta’sir qilmaydi. Qolaversa, o‘zlashtirish holatiga yaxshi
ta’sir qilmaydi. Buning sababi o‘rganuvchini biror bir narsaga nisbatan olishni
baholash va shu asosda oldinga intilish bo‘lmaydi. Eng asosiysi o‘rganuvchini
intilish chizig‘ini ko‘rsatuvchi faktor bo‘lmagani uchun ham jarayonda yaxshi
samara bo‘lmaydi. Agar shu holni aksi bo‘lganda yana ham past samaraga ega
bo‘lamiz, ya’ni muloqot jarayonida o‘rgatuvchi bilan bog‘liq faktorlar bo‘lsa, aks
ta’sir hisoblangan o‘rganuvchi bilan bog‘liq faktorlar sezilarli darajada bo‘lmasa
|
| |