• Pedagoglar uchun maslahatlar, mahorat maktablari
  • Pedagogik jarayonni jamoa bo‘lib kuzatish
  • Ko‘rik - tanlovlar va tadbirlar
  • Ilgor ish tajribani o‘rganish va ommalashgirish.
  • MTTning metodik ta’minoti va resurs bazasini boyitish
  • - sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining -sonli maktab, nomli mahalla fuqarolar yig‘ini va ota-onalar bilan hamkorlik ish rejasi
  • Amaliy va nazariy seminarlar




    Download 224,07 Kb.
    bet6/29
    Sana13.06.2024
    Hajmi224,07 Kb.
    #263306
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
    Bog'liq
    155 lotinda

    Amaliy va nazariy seminarlar
    Bir yilda ikki turdagi nazariy va amaliy seminarlar o‘tkaziladi. Nazariy seminar yilning birinchi yarim yilligiga, amaliy seminar yilning ikkinchi yarim yilligida rejalashtiriladi. Seminar mavzulari o‘quv yilning asosiy vazifalari hamda tashkilotning ta’lim-tarbiya jarayonlari samaradorligini oshirishga qaratiladi. Ish rejaga nazariy va amaliy seminarda bir yoki ikki mavzu olinadi, har bir mavzular bir-biriga mutanosib bo‘ladi.
    O‘tkazilgan seminar yig‘ilishiga tegishli hujjatlar bayonnomalari va ish materiallar yig‘majildda jamlanadi.
    Pedagoglar uchun maslahatlar, mahorat maktablari
    Pedagoglar uchun maslahatlar soati metodist tomonidan tashkil etilib, u mudira, metodist, psixolog, shifokor, musiqa rahbari, defektolog, ilg‘or pedagoglar tomonidan tashkil etiladi.
    Maslahat soatlari oyda ikki marta (o‘n besh kunda bir marta) har bir yo‘nalish bo‘yicha dolzarb mavzular asosida rejalashtiriladi.
    Pedagogik jarayonni jamoa bo‘lib kuzatish
    Pedagogik jarayonni jamoa bo‘lib kuzatish har bir guruhlar kesimida yilda 2 marta rejalashtiriladi. Bunda, markazlarda ishlash, umumiy guruh bo‘lib ishlash jarayonlarining tashkil etilishi kuzatiladi. Pedagogik ish staji 3 yil bo‘lmagan yosh mutaxassislar uchun pedagogik jarayonni jamoa bo‘lib kuzatish rejalashtirilmaydi.
    Ko‘rik - tanlovlar va tadbirlar
    Mazkur bandga ko‘rik- tanlovlar va ommaviy tadbirlar, bayram ertaliklari, ko‘ngil ochish soatlari, sport bayramlari va musobaqalari rejalari kiritiladi
    YOsh mutaxassislar bilan ishlash
    Maktabgacha ta’lim tashkilotida yosh mutaxassislar soni 3 nafardan ko‘p bo‘lgan takdirda yosh mutaxassislar bilan ishlash rejasi tuziladi. Ushbu rejada yosh mutaxassislar tajribali pedagoglarga biriktiriladi, maslahat soatlari belgilanadi.
    Ilgor ish tajribani o‘rganish va ommalashgirish.
    Pedagogning ilg‘or ish tajribasi bir yil o‘rganiladi, bir yil (ikkinchi yilda) ommalashtiriladi, uchinchi yili o‘rganilgan va ommalashtirilgan hujjatlar umumlashtirilib, tuman miqyosida ommalashtirishga tavsiya qilinadi. Ilg‘or ish tajribani o‘rganish-seminar yoki ishlab chiqarish yig‘ilishlarida, ommalashtirish pedagogik kengashda muhokama qilinadi (Maktabgacha ta’lim tashkiloti, tuman, viloyat va respublika miqyosida shu bosqichda amalga oshiriladi).
    MTTning metodik ta’minoti va resurs bazasini boyitish
    Iillik ish reja asosida olib borilgan tashkiliy va ta’lim-tarbiyaviy ishlar asosida to‘plangan materiallar jamlangan yig‘majild, innovatsion ish ko‘rinishlariga oid ko‘rgazma, jihozlar, tarqatma materiallar, o‘quv yili davomida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov, ko‘rgazma, tadbirlardan to‘plangan materiallar, fotosuratlar;
    axborot-kommunikativ texnologiyalar: televizor, OUL, kompyuter, multimedia, smartstol, interaktiv doska, planshet;
    o‘yin va o‘yinchoqlar;
    mebel;
    markazlar uchun jihozlar;
    musiqa, o‘yin va sport maydonchalari uchun jihozlar va h.k.

    1. bo‘lim. Hamkorlik ish rejasi

    Hamkorlik ish rejasi - ota-onalar, maktab va mahalla bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur hamkorlik rejasi MTT rahbari, Kuzatuv kengashi raisi, umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, MFY raisining imzosi bilan tasdiqlanadi.

    “КЕЛИШИЛДИ”

    “KIRITDI”

    13 - сонли МТТ раҳбари
    С.аршибаева


    13 -МТТ Кузатув кенгаши раиси:

    _-Umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori:


    Xamza ” MFY raisi:
    - sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining -sonli maktab, nomli mahalla fuqarolar yig‘ini va ota-onalar bilan hamkorlik ish rejasi
    Namuna


    Download 224,07 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




    Download 224,07 Kb.