• YILLIK ISH REJASI
  • -04 Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga turli tashkilot va idoralardan kelib tushgan yozishmalar nushalari saqlanadi. 01-05




    Download 224,07 Kb.
    bet4/29
    Sana13.06.2024
    Hajmi224,07 Kb.
    #263306
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
    Bog'liq
    155 lotinda

    01-04 Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga turli tashkilot va idoralardan kelib tushgan yozishmalar nushalari saqlanadi.
    01-05 Jismoniy va yuridik shaxslarning yozma va og‘zaki murojaatlari, ularni qayd etish kitoblari va murojaat asosida amalga oshirilgan ishlarning nushalari saqlanadi.
    01-06 Maktabgacha ta’lim tashkilotining asosiy faoliyatiga doir buyruqlarning nushalari saqlanadi.
    01-07 Maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan chiqarilgan xat va yozishmalar hamda chora-tadbirlarning nushalari saqlanadi.
    01-08 Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni tarbiyalash, o‘qitish, ularga qarab turish, parvarishlash va sog‘lomlashtirishni ta’minlashga qaratilgan, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-MH-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan (Adliya Vazirligida 3 iyul 2018 yilda 3032-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan) “O‘zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” saqlanadi.
    01-09 “O‘zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari”ga muvofiq ishlab chiqilgan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim mazmunini belgilab, variativ o‘quv dasturlarini yaratishda tayanch hujjat hisoblanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 4- sonli hay’at majlisi qarori bilan tasdiqlangan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi saqlanadi.
    01-10 Maktabgacha ta’lim tashkilotining qonuniy asosda joylashuvi bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan kadastr hujjati hamda moddiy-texnik bazasining holatini aks ettiruvchi o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan tashkilot pasporti saqlanadi.
    Mazkur pasport maktabgacha ta’lim sohasiga tegishli bo‘lgan vakolatli tashkilotlar tomonidan sanasi va muhri aniq ko‘rsatilgan holda tasdiqlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining pasportida tashkilot haqida umumiy ma’lumot, er maydoni, bino va inshootlari, asbob-uskunalar, qattiq va yumshoq jihozlar, o‘qin-o‘yinchoqlar, sport inventarlari va musiqa asbob-uskunalari hamda ularning foydalanishga yaroqpilik holatlari kabi ma’lumotlar kiritiladi.
    01-11 Maktabgacha ta’lim tashkilotining yillik sarf-xarajatlar smetasiga berilgan takliflari hamda tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limining tuman moliya bo‘limi bilan kelishilgan holdagi o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasining yillik, choraklik nushalari saqlanadi.
    01-12 Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limining tuman moliya bo‘limi bilan kelishilgan holda o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan maktabgacha ta’lim tashkilotining shtatlar jadvali va tarifikatsiya ro‘yxatlari, hamda unga kiritilgan to‘ldirish va o‘zgartirishlar saqlanadi.
    01-13 Maktabgacha ta’lim tashkilotining barcha yo‘nalishlar bo‘yicha asosiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan 2019-2020 o‘quv yili uchun yillik ish rejasi (keyingi o‘rinlarda “Yillik ish reja ”deb yuritiladi) tuziladi.
    Yillik ish reja maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogik kengashi qaroriga asosan pedagogik kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarining tarkibiy bo‘lim boshliqlari tomonidan ko‘rib chiqilib, takliflar berilishi mumkin hamda tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri tomonidan kelishiladi.
    Yillik ish rejada bajariladigan ish mazmuni, davriyligi, mas’ul va ijrochilari, tashkiliy va amalga oshirish shakllari aniq ko‘rsatiladi.
    Yillik ish rejasi asosiy (2 sentyabr-31 may) hamda sog‘lomlashtirish (1 iyun -31 avgust) davriga mo‘ljallab tuziladi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotining muhim lokal hujjati hisoblanadi.
    Yillik ish reja “Uzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” va “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturiga muvofiqlashtirilgan holda shakllantiriladi hamda bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlashga qaratiladi.


    “КЕЛИШИЛДИ”

    тумани МТБ
    мудири
    (имзо) (исми ва шарифи)


    20 йил “ ” августдаги 1-сонли
    педагогик кенгаш йиғилишида тасдиқланди.


    Кенгаш раиси:
    (имзо) (исми ва шарифи)

    “TASDIQLAYMAN”


    20 yil
    Toshkentshahar tumani
    - sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining
    2019- 2020 o‘quv yili uchun

    YILLIK ISH REJASI Maktabgacha ta’lim tashkiloti yillik ish rejasi tuzilmasi


    Maktabgacha ta’lim tashkilotining asosiy ma’lumotlari (tashkilot qurilgan va tashkil topgan yil (asos), er maydoni, quvvati, loyiha quvvati bo‘yicha rejalashtiriilgan guruhlar va ularning to‘ldirilishi, ish tartibi, yuridik manzili va telefoni muassasa qaqida asosiy texnik ma’lumotlar, moddiy-texnik bazasi tavsifi, umumiy va pedagogik xodimlar to‘grisidagi ma’lumotlar)

    1. bo‘lim. Maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘quv yil yakunlari

    Ushbu bo‘limda o‘tgan o‘quv yilida belgilangan asosiy vazifalarning taxdiliy ijrosi, natija (ko‘rsatkich)lari matn yoki jadval shaklida aks ettiriladi.
    Tashkilotni rivojlantirish, ta’lim-tarbiya faoliyati samaradorligini oshirish, metodik xizmatni tashkil etish, bolalarga har tomonlama sharoitlarni yaratish, pedagog xodimlarning kompetensiyasini oshirish, bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash, resurs bazasini mustahkamlash hamda Kuzatuv kengashi bilan maktabgacha ta’lim tashkilotini rivojlantirish borasida hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinadi.
    Belgilangan asosiy vazifalarni amalga oshirishda, yil davomida yo‘l qo‘yilgan muammolar va echimini kutayotgan masalalar, tarbiyalanuvchilarga ta’lim-tarbiya berishda, bolalarni rivojlanishini kuzatish jarayonidagi bo‘shliqlar, aniqlangan bo‘shliqlarni kelgusida o‘quv yili davomida bartaraf etish bo‘yicha istiqboldagi rejalar belgilanadi.
    YUqorida qayd etilganlarga asoslangan holda yangi o‘quv yili uchun asosiy vazifalar belgilanadi.

    1. bo‘lim. O‘quv yili davomida amalga oshirilishi belgilangan asosiy
      vazifalar


    Tashkilotning yillik ish rejasiga kiritiladigan masalalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yangi o‘quv yilidagi asosiy vazifalari”ni amaliyotga joriy etishga yo‘naltirilgan mavzular, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan holda tanlanadi. Belgilangan asosiy vazifalar yillik ish reja bandlarida o‘z aksini topgan, to‘liq ijrosini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak.

    1. bo‘lim. Pedagoglarning malakasi va kasbiy mahoratini oshirish

    Pedagoglar to‘g‘risida ma’lumotlar jadval ko‘rinishida beriladi. Bunda, tashkilotda faoliyat yuritayotgan barcha pedagog hodimlarning malaka oshirish davriyligi belgilanadi hamda istiqbol rejasi asosida yil davomida malaka oshirish kurslariga yuboriladi.

    Download 224,07 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




    Download 224,07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -04 Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga turli tashkilot va idoralardan kelib tushgan yozishmalar nushalari saqlanadi. 01-05

    Download 224,07 Kb.