|
-14. Maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi
|
bet | 8/29 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 224,07 Kb. | | #263306 |
Bog'liq 155 lotinda 01-14. Maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi - boshqaruv organi xisoblanadi.
Tashkilot ish rejasi va pedagoglarning pedagogik yuklamasini belgilaydi, Maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masaallarini ko‘rib chiqadi va ta’lim dasturlarini amalga oshirish natijalarini baholaydi. Bolaning qonuniy vakillari hamkorligi tartibini belgilaydi. Pedagog xodimlarning malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbusini rivojlantirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni joriy etish masalalarini muhokama qiladi, tashkilot xodimlarining moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish masalalarini ko‘rib chiqadi, rahbar va pedagoglarning isoboti tinglanadi.
Pedagogik kengashga rais, uning a’zolari, kotiba saylanadi. Kengash bayonnomalarini yuritish kitobi va muhokama qilish uchun tayyorlangan tahliliy materiallar, ma’lumotlar kotibada saqlanadi. Kengash bayonnomalari kengash kotibasi tomonidan yozib boriladi.
Pedagogik kengash rejasiga kiritilgan masalalar mas’ul ishchi guruh tomonidan bir oy oldin ogohlantirilgan holda o‘rganiladi. O‘rganish natijalari yuzasidan tayyorlangan ma’lumotlar va qaror loyihasi pedagogik kengash a’zolariga 10 kun oldin topshiriladi. Kengash a’zolari tomonidan ko‘rib chiqib, berilgan taklif va tavsiyalar asosida qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Pedagogik kengash bayonida har bir masaladan so‘ng, muddati belgilangan holda qaror chiqariladi, qaror ijrosi bo‘yicha mas’ul shaxsga yuklatilib, mazkur qarorlarning ijrosini bajarilishi keyingi pedagogik kengash boshlanishida ijrosini sifatli ta’minlanishiga ko‘ra nazoratdan olinadi.
O‘rganilgan masalalarga oid taxdil natijalari va barcha hujjatlar yig‘ma jildi shakllantiriladi. Pedagogik kengash bayonnomalari daftari tikilgan, sahifalangan, maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari tomonidan imzolangan va muhrlangan bo‘lishi lozim.
01-15. Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi-tashkilotni boshqarishda strategik organ hisoblanadi.Kengashning asosiy maqsadi-maktabgacha ta’lim tashkilotini rivojlantirishda ustuvor vazifalarni belgilash. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlardan tashkilot rahbarini saylaydi, tashkilotning maqsadi va vvpzifalariga erishish rejasini tasdiqlashda ishtirok etadi, ularni bajarilishi va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishi ustidan nazorat qiladi.
|
| |