• Ommaviy axborot
  •  Asosiy atamalar va tushunchalar




    Download 1.61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/73
    Sana01.11.2023
    Hajmi1.61 Mb.
    #92900
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73
    Bog'liq
    F.Mo’minov, . Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik.
    ROBOTO TEXNIKA, O’rnatilgan tizimlar fanidn 1-mustaqil ish-kompy.info, 46233 UMK, 1-ma’ruza Kompyuter tizimlari fanining tarixi va rivojlanish te-fayllar.org, 3-qism Jinoyat huquqi M.X Rustambayev 3 TOM, IJTIMOIY TARMOQLARDA AXBOROT XURUJLARI VA TAHDIDLARI, ecaf26fb-8c08-4965-ab77-d8e10a34254a, 5110900-Pedagogika va psixologiya, 1. Avtomatlashtirish tushunchasi va uning ta`rifi; Avtomatlashtr, 3-AMALIY MASHG\'ULOT QO\'SHIMCHA, 2-Ma\'ruza taqdimotI, 1-AMALIY MASHG\'ULOT qushimcha, 1urinMIKROPROTSESSOR грифли 100 та укув кулланма, Metrologiya fan dasturi
    3. Asosiy atamalar va tushunchalar 
    Fanni chuqur o’zlashtirishda unga oid har bir atama-istiloh (termin) va 
    tushunchani to’g’ri talqin qilish muhim ahamiyatga ega. Shu sababli quyidagi 
    tushunchalarga alohida e’tiborni qaratish lozim. Jumladan: axborot; ommaviy axborot; 
    jamiyatni; axborotlashtirish axborot tizimlari; axborot jarayonlari; axborot resurslari; 
    axborot-kommunikatsion texnologiyalari; ochiq axborot tizimi; axborot jamiyati; 
    axborotlashgan jamiyat; axborotning jamiyat taraqqiyoti uchun muhimligi; axborotning 
    globallashuvi; axborot-psixologik xavfsizlik; raqamli tengsizlik; tamaddunlar 
    (tsivilizatsiyalar) to’qnashuvi; tamaddunlar muloqoti; axborot-psixologik urushi; 
    axborot tahdidlari sharoitida davlat, jamiyat va shaxs; mustaqillik; O’zbekiston 


    13 
    Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga 
    o’tish kontseptsiyasi; psixologik himoya va fuqarolarning o’z-o’zini muhofaza etishi; 
    milliy istiqlol g’oyasi, mafkura va mafkuraviy tahdidlar, mafkuraviy immunitet
    psixologik immunitet; kompleks psixologik himoya metodlari, vositalari va usullari, 
    g’oyaviy bo’shliq, manipulyatsiya, axborot quroli, zamonaviy avtomatlashgan axborot 
    texnologiyalari va boshq. 
    Shuni alohida ta’kidlash joizki, butun kurs davomida tushuncha va atamalarga 
    ta’rif keltirilib, ma’nosi kengroq ko’lamda ochib beriladi. Shunday bo’lsa-da, fan 
    talablaridan kelib chiqib, dastlabki ayrim tushunchalarni quyidagicha izohlash mumkin.
    “Axborot: 
    1. Taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar nazar shaxs, predmet, dalil, voqea, hodisa 
    va jarayonlar haqidagi ma’lumotlar. 
    2. Dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon kabi ob’ektlar haqidagi bilim 
    (ma’lumotlar) hamda tushunchalar yoki buyruqlar. 
    3. Ma’lum xos matnida aniq ma’noga ega bo’lgan tushunchalarni ichiga oluvchi 
    dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi ob’ektlar haqidagi bilim 
    (ma’lumotlar). 
    4. Qiziqish uyg’otishi mumkin bo’lgan va saqlanishi va qayta ishlanishi lozim 
    bo’lgan jami dalil va ma’lumotlar... Axborot nur, tovush va radio to’lqinlari, 
    elektr toki yoki kuchlanishi, magnit maydoni, qog’ozdagi belgilar shaklida 
    yaratilishi va tashilishi mumkin”
    1
    .
    Jami axborot oqimlari tabiiy (tabiat tomonidan) va suniy (inson tomonidan) 
    yaratilgan turlarga bo’linadi. 
    Ommaviy axborot: 
    1. Cheklanmagan shaxslar doirasi uchun mo’ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, 
    bosma, audio, audiovizual va boshqa xabar va materiallar. 
    2. Ommaviy axborot vositalari orqali ommaviy tarqatiladigan bosma, audio, 
    audiovizal va boshqa xabar va materiallar. 
    3. Bir paytning o’zida maxsus vositalar – mass-media yordamida shaxslar guruhiga 
    axbootni uzatish jarayoni”
    1


    Download 1.61 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73




    Download 1.61 Mb.
    Pdf ko'rish