• Fanning predmeti
  •  Fanning ob’ekti, predmeti, maqsad hamda vazifalari




    Download 1.61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/73
    Sana01.11.2023
    Hajmi1.61 Mb.
    #92900
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
    Bog'liq
    F.Mo’minov, . Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik.
    ROBOTO TEXNIKA, O’rnatilgan tizimlar fanidn 1-mustaqil ish-kompy.info, 46233 UMK, 1-ma’ruza Kompyuter tizimlari fanining tarixi va rivojlanish te-fayllar.org, 3-qism Jinoyat huquqi M.X Rustambayev 3 TOM, IJTIMOIY TARMOQLARDA AXBOROT XURUJLARI VA TAHDIDLARI, ecaf26fb-8c08-4965-ab77-d8e10a34254a, 5110900-Pedagogika va psixologiya, 1. Avtomatlashtirish tushunchasi va uning ta`rifi; Avtomatlashtr, 3-AMALIY MASHG\'ULOT QO\'SHIMCHA, 2-Ma\'ruza taqdimotI, 1-AMALIY MASHG\'ULOT qushimcha, 1urinMIKROPROTSESSOR грифли 100 та укув кулланма, Metrologiya fan dasturi
    2. Fanning ob’ekti, predmeti, maqsad hamda vazifalari 
    Fanning ob’ekti deb, inson va uning ongi, ijtimoiy fikr bilan bir qatorda barcha 
    turdagi ochiq axborot tizimlari va zamonaviy ko’p tarmoqli globallashuv jarayoni e’tirof 
    etiladi.
    Fanning predmeti: zamonaviy ochiq axborot tizimlarida davlat, jamiyat va shaxs 
    psixologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tamoyillar, muammolar va bilimlar. 
    Fanning maqsadi: O’zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarining gumanitar 
    ta’lim yo’nalishida tahsil olayotgan talabalarida ochiq axborot tizimlaridan foydalanish 
    uchun tegishli axborot-psixologik xavfsizlik jabhasining imkoniyatlari va istiqbollarini 
    tahlil qilish bilan bog’liq bilim hamda malakalarni shakllantirishdan iborat. 
    Mazkur fan taraqqiyoti bir qator fanlarning rivojlanishi bilan bevosita bog’liqdir.
    “Axborot jamiyati nazariyasi va amaliyoti”, “ Axborot makonining globallashuvi”,


    11 
    “Internet-jurnalistika”, “Globallashuv va jurnalistika”, “Ijtimoiy immunitet”, “Ijtimoiy 
    psixologiya”, “Falsafa asoslari”, “Sotsiologiya asoslari”, “Tarmoqli sotsiologiya”,
    “Siyosatshunoslik asoslari”, “Davlat va huquq asoslari”, “Milliy istiqlol g’oyasi va 
    ma’naviyat asoslari” va h.k. shular jumlasidandir 
    Mazkur fanlar haqida chuqurroq bilimga ega bo’lish orqali ochiq axborot tizimida 
    mafkuraviy psixologik xavfsizlik haqida yanada mukammalroq tasavvur hosil qilish 
    mumkin. Chunki butun dunyo xalqlari bir vaqtning o’zida xabar etkazishni ta’minlashga 
    qodir bo’lgan hisoblash texnikasi, axborot-kommunikatsiya, Internet tizimlari, 
    shuningdek boshqa axborot texnologiyalari inson va jamiyat hayoti va faoliyatida 
    axborotning ahamiyatini keskin oshirib yubordi.
    Zero, 
    globallashayotgan 
    dunyoda 
    axborot 
    xalqlararo 
    va 
    davlatlararo 
    munosabatlarda katta ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, hozirgi jahon taraqqiyotida yangi 
    umumsayyoraviy tartib, tamadduniy bosqich mazmun-mohiyati, davlatlar va kishilar 
    o’rtasidagi o’zaro aloqalarning kengayishi va murakkablashuvi, dunyo miqyosidagi 
    axborot makoni, kapital, tovar hamda ishchi kuchi bozorida tamoman yangicha 
    vaziyatning vujudga kelishi, atrof-muhitga texnogen ta’sirning kuchayishi, ommaviy 
    madaniyat namunalarining keng tarqalishi, informatsion-mafkuraviy va diniy-
    ekstremistik xurujlar xavfining ortib borishi, xullas, jamiyat hayotining barcha 
    sohalarini – iqtisodiyot, siyosat, mafkura, madaniyat, hatto shaxsiy turmush tarzini 
    qamrab olgan globallashuv jarayoni bilan bog’lanmoqda. Mazkur jarayon global 
    kommunikatsiya tarmog’ininig vujudga kelishiga imkon yaratgan axborot inqilobi, 
    kapitalning baynalmilallashuvi, jahon bozorida raqobatning kuchayishi, tabiiy zaxiralar 
    taqchilligi va ularga egalik qilish uchun kurashning keskinlashuvi, ommaviy qirg’in 
    qurollarining tarqalishi, umumsayyoraviy falokat xavfi kabi omillar bilan belgilanadi. 
    Bu omillar ma’lum maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan ochiq axborot tizimlari 
    shakllanishida va bugungi dolzarb vazifalarni belgilab olishda muhim o’rin tutmoqda. 
    Ma’lumki, har bir fuqaro o’z shaxsiy nuqtai nazari, o’z qarashlari, ma’naviy-
    ma’rifiy, axloqiy-ruhiy imkoniyatlari doirasidagina faoliyat ko’rsatadi, o’z olami 
    hududida yashaydi va tashqi dunyoga o’z aqli darajasida shaxsiy munosabatini bildiradi. 
    Har bir individ mustaqil inson sifatida tabiiy-biologik kamolotidan va ruhiy ehtiyojidan 
    kelib chiqib o’ziga mos axborotni qabul qiladi, uni tahlil etadi. Uning atrofida 
    mushohada yuritadi, fikrlaydi va shu tahlillar asosida o’z xulosasiga ega bo’ladi, 
    natijada shaxsiy nuqtai nazarini shakllantiradi.
    Yana shuni qayd etish joizki, ayrim rivojlangan mamlakatlar sanoat mahsulotlari
    axborot va mafkuraviy ta’sir ko’rsatish vositalari orqali keng ko’lamdagi geosiyosat 
    yuritish bilangina cheklanmay, o’z xalqining tabiati, madaniyati, mafkurasiga xos 
    jihatlarni muntazam ravishda dunyo xalqlari turmush tarziga, ongu shuuriga, bir so’z 
    bilan aytganda, ular hayotining barcha sohalariga izchil singdirishga intilmoqda. Bu hol, 
    ayniqsa, endigina mustaqillikka erishgan mamlakatlar xalqlarining milliy o’zligiga, o’z 
    madaniyatiga vorislik an’analari hamda mentalitetiga putur etkazishi turgan gap. 
    Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “... Ba’zan beozor bo’lib tuyulgan musiqa, 
    oddiygina multfilm yoki reklama lavhasida ham ma’lum bir mafkuraviy maqsadlar va 
    intilishlar ifodalanadi”
    1
    . Fanning maqsadi hamda vazifalarini belgilashda ushbu holatga 
    alohida e’tibor qaratiladi. 
    1
    “Тафаккур”. 1998. №2. – Б. 6. 


    12 
    Yuqorida qayd etilganlarning barchasi mazkur muammolar O’zbekiston 
    Respublikasi uchun ham g’oyat muhim ekanligini alohida ta’kidlab ko’rsatadi. Buning 
    dolzarbligi davlatimiz uchun milliy mustaqillikni yanada mustahkamlashda, iqtisod va 
    bozor munosabatlarining tadrijiy rivolanishini ta’minlashda, ijtimoiy islohotlarni 
    chuqurlashtirishda yaqqol ko’rinadi. Bunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga 
    oshirish, milliy an’analarni hayotga qaytarish, o’zaro murosa ruhini tarbiyalash ham 
    katta ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, mustaqil dunyoqarashga ega ma’lumotli 
    kishilargina turli xil talqindagi tazyiqlarga ruhan barqaror qarshilik ko’rsata oladilar. 
    Mana shuning uchun ham mazkur muammolarni o’rganishda axborotning shakli 
    va mohiyati; axborot xavfsizligini ta’minlash; ochiq axborot tizimlarining o’ziga 
    xosligi; shaxs, jamiyat va davlat axborot-psixologik xavfsizligini joriy etish manbalari 
    va turlari; axborot sohasidagi milliy xavfsizlikni ta’minlashning ahamiyati va 
    tamoyillari; OAV va axborot qarama-qarshiligi; axborot-psixologik xavfsizlikka 
    erishishning asosiy yo’nalish va usullari; ochiq axborot tizimlarida shaxsning o’z-o’zini 
    himoya qilishi; jamoatchilik fikri va jamiyatning axborot-psixologik xavfsizligi; 
    O’zbekiston OAV va jamiyatning psixologik xavfsizligi kabi mavzularni oydinlashtirish 
    fanning asosiy vazifalarini belgilaydi. 
    Fanning asosiy vazifalari 
    1. Axborot asrining o’ziga xos xususiyatlari, mohiyati va ahamiyatini hamda 
    istiqbolli va xavfli jihatlarini ochib berish. 
    2. Axborot qarama-qarshiligining mohiyatini anglash, tamaddunlar (tsivilizatsiyalar) 
    to’qnashuvi nazariyasiga va axborot-psixologik urushning bugungi holatiga xolis baho 
    berish. 
    3. O’zbekistondagi axborot xavfsizligi tizimining o’ziga xos xususiyatlari, 
    imkoniyatlari va ayrim muammolari haqida fikr-mulohaza yuritish. 
    4. Axborot-psixologik ta’sir jarayoniga davlat, jamiyat va shaxs mavqei nuqtai 
    nazaridan baho berish. 
    5. Xalq ongida milliy istiqlol g’oyasini mustahkam qaror toptirish va mafkuraviy 
    immunitetni shakllantirish axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashning muhim omili 
    ekanligini ochib berish. 
    6. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan kuchli davlatdan 
    kuchli fuqarolik jamiyatiga o’tish kontseptsiyasining ishlab chiqilishi va uning 
    mamlakat axborot-psixologik xavfsizligi uchun ahamiyati va keng ko’lamini psixologik 
    imkoniyatlari haqida tegishli mulohazalar yuritish. 
    Mazkur vazifalarning mazmun-mohiyatini yanada to’liqroq talqin etish uchun 
    fanni o’qitish davomida ishlatiladigan asosiy terminlar va tushunchalar haqida tegishli 
    ma’lumotga ega bo’lish talab qilinadi 

    Download 1.61 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




    Download 1.61 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Fanning ob’ekti, predmeti, maqsad hamda vazifalari

    Download 1.61 Mb.
    Pdf ko'rish