-bob. FANNING DOLZARBLIGI, MAQSAD HAMDA VAZIFALARI, ASOSIY




Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/73
Sana01.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#92900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
F.Mo’minov, . Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik.
ROBOTO TEXNIKA, O’rnatilgan tizimlar fanidn 1-mustaqil ish-kompy.info, 46233 UMK, 1-ma’ruza Kompyuter tizimlari fanining tarixi va rivojlanish te-fayllar.org, 3-qism Jinoyat huquqi M.X Rustambayev 3 TOM, IJTIMOIY TARMOQLARDA AXBOROT XURUJLARI VA TAHDIDLARI, ecaf26fb-8c08-4965-ab77-d8e10a34254a, 5110900-Pedagogika va psixologiya, 1. Avtomatlashtirish tushunchasi va uning ta`rifi; Avtomatlashtr, 3-AMALIY MASHG\'ULOT QO\'SHIMCHA, 2-Ma\'ruza taqdimotI, 1-AMALIY MASHG\'ULOT qushimcha, 1urinMIKROPROTSESSOR грифли 100 та укув кулланма, Metrologiya fan dasturi
1-bob. FANNING DOLZARBLIGI, MAQSAD HAMDA VAZIFALARI, ASOSIY 
TUSHUNCHALARI 
 1. Fanning dolzarbligi va asosiy yo’nalishlari 
Insoniyat yaralibdiki, uning axborot tizimlaridan tegishli ma’lumotlarni qabul 
qilishi va shu asosda o’z ijtimoiy “men”ligini shakllantirishga bo’lgan ehtiyoji tobora 
ortib kelgan va hozir ham shunday davom etmoqda. Bu esa har bir shaxsdagi 
dunyoqarash, e’tiqod, hissiy holat va o’zgalarga bo’lgan munosabatlar tizimiga keng 
darajada ta’sir ko’rsatadi. Xuddi ana shu ta’sir ko’lamini o’rganib, tahlil qilib va tegishli 
muhim xulosalar chiqargan holda, ma’lum tadbirlarni belgilash hamda amalga oshirish 
orqali insonni o’zgartirishga qodir bo’lgan ochiq axborotlardan psixologik 
himoyalanish tamoyillarini yaratish mumkin.
Qolaversa, inson bugun turli xil axborotlar tazyiqidan psixologik himoyalanmas 
ekan, uning borliqni ob’ektiv anglashga bo’lgan imkoniyatlariga putur etaveradi. U 
qanchalik mukammal bilim va tajribaga ega bo’lmasin, ma’lum maqsadga yo’naltirilgan 
axborot tahdidlari uning hissiy kechinmalariga jiddiy darajada salbiy ta’sir etaveradi. 
Shu boisdan hozirgi paytda inson ongini egallash va shu yo’l bilan turli xil siyosiy 
maqsadlarni amalga oshirishga intilish tobora kuchayib bormoqda. Chunki bu yo’l juda 
katta mablag’ talab qilmaydigan, kuchli armiya yoki qurol-yarog’ ishlatmasdan turib 
muayyan maqsadli natijaga erishiladigan yo’l ekanligini barcha siyosiy oqimlar yaxshi 
bilishadi. Shuning uchun dunyodagi barcha davlatlar bugun ma’lum kuchlar an’anaviy 
qurollardan foydalanish bilan bir qatorda inson ongiga manipulyativ ta’sir 
ko’rsatishlaridan ham tashvishga tushmoqda.
Bunday tashvish, albatta, bizning mamlakatimizni ham chetlab o’tayotgani yo’q. 
Ayni paytda, ayrim yoshlarimiz bilib-bilmay turli xil oqimlar girdobiga tushib qolishlari 
natijasida gohida yolg’on, bo’hton axborotlarni ob’ektiv voqelik haqiqatlaridan 
ajratolmay qolayaptilar. Tabiiyki, bunday holat o’z vaqtida bartaraf etilmas ekan, katta 
ijtimoiy zarar ko’rishimizni va buning og’ir oqibatlarini tugatish ancha mushkul 
bo’lishini oldindan anglashimiz kerak bo’ladi.
Bugungi kunda axborot ko’proq ma’lumotlar, xabarlar shaklida namoyon 
bo’lmoqda. Ma’lumotlar moddiy dunyo ob’ektlarining ifodasi o’laroq hosil bo’ladi. 
Ochiq axborot tizimlarida “xabar” atamasi kishilar, ijtimoiy guruhlar, umuman, 
jamiyatni qurshab turgan olamda mo’ljal topa bilishi ko’zlangan ijtimoiy ahamiyatga 
ega ma’lumot ma’nosini ifodalaydi. Shuningdek, u muayyan jamiyatning ijtimoiy 
tabiati belgilab beradigan ma’naviy qadriyatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi.
XX asrning ikkinchi yarmi va, ayniqsa, XXI asr boshlanishida tezkor, keng 
ko’lamdagi axborot tizimi va telekommunikatsiya texnologiyalari zamonaviy 
rivojlanishning asosiy belgisi sifatida barcha jabhalarga kirib keldi. Shu boisdan ayni 
paytda axborot makonining globallashuvi butun dunyo taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatgan 
va ko’rsatayotgan omil sifatida e’tirof etiladi. E’tiborli jihati shundaki, mamlakat 
ichkarisidagi va tashqi dunyodagi faol axborot almashuviga odamlarning ehtiyoji ham 
jadal ortib bormoqda. Axborot sohasining bunday tezlik bilan rivojlanishi va undagi 
keng ko’lamli imkoniyatlarning o’sishi, jamoatchilik va davlat hayotidagi turli 
yo’nalishlarda keng tarzda ishlatilishi bugun kishilar ongiga, ijtimoiylashuv jarayoniga 
bevosita ta’sir etmay qolmayapti. 
Shuningdek, axborot resurslaridan davlatlararo muloqotlarda, tegishli geosiyosiy 
maqsadlarga erishishda unumli, faol foydalanish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. 



Bunday intilish, ayniqsa, mazkur sohada sezilarli darajada manfaat keltiradigan 
zamonaviy axborot texnologiyalariga ega bo’lgan rivojlangan davlatlarga xosdir. 
Xozirgi davrda kundalik xalqaro munosabatlarda axborot oqimining keskin 
oshishi, turli axborot manbalaridan uzatilgan ma’lumotlar dunyo bo’ylab xalqlarga 
jiddiy ta’sir ko’rsatishi aholini axborot xurujidan himoyalash choralarini ko’rish 
muhimligini ko’rsatmoqda. Bu ta’sir odamlar ongini, shuurini, dunyoqarashini, 
qolaversa, mafkurasini axborot uzatuvchilar foydasiga shakllantirishga xizmat qilayotir. 
Albatta, zarur axborotlarga ega bo’lishga intilish – davr talabi. Bugungi kunda har 
bir mamlakatning axborot makoni ikki xil axborot bilan to’ldirilmoqda: birinchisi - 
kuchli axborot texnologiyalariga ega mamlakatlar tomonidan ishlab chiqilgan va 
ularning manfaatlariga xizmat qiladigan axborot bo’lsa, ikkinchisi - har bir davlat o’zi 
haqida ishlab chiqqan va milliy manfaatlarini himoya qiladigan ma’lumotlardir. Demak, 
ayni zamonda shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat va davlat o’zi haqida ishlab chiqqan
axborotlarni tarqatishi ham tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shunday ekan, 
Internet tarmog’i imkoniyatlari kengayib borayotgan hozirgi davrda bu ne’matdan 
mamlakatimizning jahon hamjamiyatida tutgan o’rnini mustahkamlashda keng 
foydalanish zarurdir. Jahonga tanilish uchun nafaqat real dunyoda, balki axborot 
dunyosi, jumladan, virtual dunyoda ham harakatlar olib borish darkor. Respublikamiz 
Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “bu borada ishni to’g’ri tashkil etish uchun 
Internet tizimidan samarali va oqilona foydalanish, uni o’zimizning ma’lumotlar bilan 
to’ldirish kerak..., bizning zaif tomonimiz shundaki, Internetda O’zbekiston bilan 
bog’liq ma’lumotlar juda kam. Nega deganda, bizda bu jarayonning texnikasi va 
texnologiyasi talab darajasida emas. Milliy qadriyatlarimiz, tarix va merosimiz, bugungi 
fan, san’at va adabiyotimizning eng yaxshi namunalarini Internetga kiritish dasturi 
ishlab chiqilmagan”
1

Bundan tashqari, yurtimiz hayotiga doir ayrim noxolis, tor doiradagi manfaatlardan 
kelib chiqib tarqatilayotgan ma’lumotlarga javoban axborotlarni global miqyosda 
targ’ib etish tashqi axborot xurujlariga qarshi o’ziga xos qalqon vazifasini bajaradi. Bu 
esa turli geosiyosiy manfaatlarni ko’zlab amalga oshirilayotgan axborot xurujlarining 
ta’sirini kamaytirish va milliy axborot makoni xavfsizligini ta’minlashning muhim 
sharti hisoblanadi. 
Buning uchun kishilarda axborot bobida iste’mol madaniyatini yuksak darajada 
shakllantirishga erishish zarur. Shu yo’l bilan ma’lumotlarga ko’r-ko’rona ergashish va 
ularni noto’g’ri talqin etishning oldi olinadi. Binobarin, axborot iste’moli madaniyatiga, 
ushbu sohada ma’lum bir bilim va tajribaga ega inson jamiyat, xalq va millatga 
qaratilgan o’ziga xos tarzdagi g’arazli manfaatlar va ma’lum geoaxborotlar ta’siriga 
tushib qolmaydi.
Shuning uchun ayniqsa, ochiq axborot tizimi sharoitida shaxs, jamiyat hamda 
davlatning axborot, axboriy-psixologik xavfsizligi bilan bog’liq muammolarni hal 
qilishga qaratilgan strategik chora-tadbirlar jiddiy va tizimli tarzda ishlab chiqilishi talab 
qilinadi. Ayni vaqtda axborot tizimi imkoniyatlarini milliy manfaatlar nuqtai nazaridan 
himoyalash va rivojlantirish, shuningdek, butun dunyodagi global axborot makonida 
O’zbekiston davlatining ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy, iqtisodiy manfaatlarini amalga 
oshirish uchun qulay sharoitlar yaratilishiga erishish muhim ahamiyatga ega. 
1
Каримов И.А. Ўзбек халқи ҳеч қачон, ҳеч кимга қарам бўлмайди. 13-жилд. – Т.: “Ўзбекистон” , 2005. – Б. 
301-302. 



Shu bilan birga mamlakatimizda axborot bilan ishlash sohasi mustaqil ilmiy, 
ta’limiy, metodologik yo’nalishlar sifatida ham rivojlanishning boshlang’ich 
bosqichida desak, xato qilmagan bo’lamiz. Tabiiyki, axborot-psixologik xavfsizlikni 
ta’minlash masalalarini o’rganish, bu borada etuk mutaxassislarni tayyorlash ilm-fan 
sohasi uchun deyarli yangi yo’nalish bo’lib, juda katta mas’uliyat va bilimni talab 
qiladi. 
Umuman olganda, axborot-psixologik xavf va undan himoyalanish, ya’ni 
xavfsizlikni ta’minlash tushunchalari qanday paydo bo’ldi? Uning hayotiyligi, insoniyat 
taqdiriga daxldorligi nimada? Ana shunday savol tug’ilishining o’zi muammoning 
dolzarbligini va o’ta keskinligini ko’rsatadi. 
Ushbu jarayon va uni aks ettiruvchi tushunchalar “sovuq urush” oqibati sifatida 
paydo bo’ldi desak, xato qilmasak kerak. Chunki “sovuq urush” bir tomondagi 
davlatlarning raqib mamlakatlar aholisiga uning ongini chalg’itadigan ma’lumotlarni 
katta miqdorda etkazishni talab qildi. Natijada shunday ma’lumotlarni etkazish 
texnologiyalari rivoj topa bordi. Ma’lum bir bosqichga kelganda, dunyo davlatlari ikki 
qismga – kuchli axborot texnologiyalariga erishgan va bunday imkoniyatlarga ega 
bo’lmagan davlatlarga bo’linib ketdi. Birinchi guruhdagi davlatlar ikkinchi guruh 
mamlakatlariga jiddiy axborot ta’sirini ko’rsata boshladi. 
Axborot-psixologik xavfsizlik tushunchasini quyidagi holatlar asosida talqin 
qilish tavsiya etiladi: 

Download 1.61 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. FANNING DOLZARBLIGI, MAQSAD HAMDA VAZIFALARI, ASOSIY

Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish