• OCHIQ DARS ISHLANMA VA DASTURI Sana
  • 3. Asosiy qism.
  • Oquvchilar
  • Ochiq dars ishlanma va dasturi sana




    Download 3,53 Kb.
    Sana31.01.2024
    Hajmi3,53 Kb.
    #149647
    Bog'liq
    Ochiq dars ishlanma va dasturi-fayllar.org
    Amaliy ishi №3 Mavzu Web sahifaga grafikli videofayl va tovushl-fayllar.org, AnyScanner 04 02 2024(1), AnyScanner 03 26 2024(2)

    Ochiq dars ishlanma va dasturi

    Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi "Amaliy fanlar" metodbirlashmasi texnologiya fani o'qituvchisi Davlatova Gulnora Husan qizining "5-B" sinfi bilan "Robototexnik tizimni loyihalash. Otto robotini yig'ish" mavzusida o'tkaziladigan


    OCHIQ DARS ISHLANMA VA DASTURI
    Sana: 26.04.2022
    Sinf: 5-B o'quv xonasi
    Mavzu: Robototexnik tizimni loyihalash. Otto robotini yig'ish
    Dars taqsimoti:
    1. Kirish. Sinfga kirish, xona tozaligi va o'quvchilar kayfiyati bilan tanishish va davomatni aniqlash - 5 daqiqa
    2. Tashkiliy qism. Doskaga mavzuni yozish, o'tilgan darsni mustahkamlash, yangi mavzuga diqqatni jamlash - 10 daqiqa
    3. Asosiy qism. Mavzu bayonoti va amaliy jarayon - 20 daqiqa
    4. Yakuniy qism. Yangi mavzuni mustahkamlash, uyga vazifa berish, darsda faol ishtirok etgan o'quvchilarni baholash va uyga vazifa berish - 10 daqiqa

    1.1. O'qituvchi sinfga kirib, o'quvchilar bilan salomlashgach, xonaning darsga tayyorgarligini tekshiradi va o'quvchilar kayfiyatini o'rganib, davomatni aniqlaydi.
    2.1. Doskaga mavzu yozib qo'yiladi. Diqqatni jamlash uchun "678" metodi qo'llanadi. So'ngra o'tgan mavzuni mustahkamlash uchun savol-javob (quvnoq koptokcha) o'tkaziladi.
    3.1. Yangi mavzu qisqacha tushuntiriladi va o'quvchilar bilan amaliy qismga o'tiladi. Bunda o'quvchilar bilan avvaldan tayyorlab olingan andozalar asosida Otto roboti yig'iladi. Yig'ib bo'lingach, bezak ishlari amalga oshiriladi.
    4.1. Robotlar yig'ib bo'lingach, yangi mavzu mustahkamlanib, uyga vazifa beriladi.
    4.2. Darsda faol ishtirok etgan o'quvchilar baholanib, dars tugatiladi.

    Darsda foydalaniladigan metodlar: "678", "Quvnoq koptokcha", "Savol-javob", "Ko'rgazmalilik" metodlari.

    Darsning borishi:
    1.1.
    O'qituvchi: - Assalomu alaykum, hurmatli o'quvchilar!
    O'quvchilar: - Assalomu alaykum!
    O'qituvchi: - Va alaykum assalom, rahmat, o'tirishingiz mumkin. Davomatni aniqlab olamiz. Bugungi darsimizda kimlar qatnashmayapti?
    O'quvchi: - ... davomatni aytadi ...
    2.1.
    Mavzu doskaga yozib qo'yiladi.
    O'qituvchi: - Endi sizlar bilan hozir diqqatni jamlovchi mashqimizni o'tkazamiz, - deb, metodni tushuntiradi va mashq 3 marta takrorlanadi.
    O'qituvchi: - Mana sizlar, bilan diqqatni jamlab oldik. Endi esa o'tgan darsdagi mavzuni mustahkamlab olamiz. Albatta, bu qiziqarli blits savol-javoblar orqali bo'ladi.
    Tezkor savol-javoblar o'tkaziladi.
    3.1.
    Otto robotini yig'ish texnologik xaritasi doskaga ilinadi. Bajariladigan ishlar ketma-ketligi tushuntirilib boriladi va amaliy tarzda robot yig'ish jarayoni o'quvchilarga ko'rsatib beriladi. Shu bilan o'qituvchi va o'quvchilar birgalikda robotni yig'ishadi. Yig'ib bo'lingan robotga bezak ishlari boriladi, yakuniga yetkaziladi.
    4.1.
    Robotlarga so'nggi ishlov berish ishlari tugagach, yangi mavzu mustahkamlanib, uyga vazifa beriladi.
    4.2.
    Ushbu yuqoridagi jarayonlardan so'ng darsda faol ishtirok etgan o'quvchilar baholanadi va dars tugatiladi.
    http://fayllar.org
    Download 3,53 Kb.




    Download 3,53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ochiq dars ishlanma va dasturi sana

    Download 3,53 Kb.