Ochiq darsi hujjatlari




Download 21,76 Mb.
bet32/36
Sana03.06.2024
Hajmi21,76 Mb.
#259811
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Bidosheva Saida Rajab qzi

Kompyuter grafik dasturlari – bu, avvalo, keng tarqalib borayotgan dastur ta`minotidir, ya`ni kompyuter grafikasi mavjud va Yangi yaratilayotgan dasturlarga tayanadi. Kompyuter grafikasidan reklamada, multiplikasion filmlarni yaratishda va Web sahifalarni yaratishda foydalaniladi.
Bunday dasturlarga AdobePhotoshop turli versiyalari, Corel Hara, Hara X, Corel Draw turli versiyalari, Adobe Illustrator, Maya Unlimited, Matcad, 3D MAX, Diskreet 3DS Max, Softimage 3D, BioVirtual 3DmeNow Pro, Animation Master, Alteros va h.k.z.lar misol bo`la oladi.
Video – audio dasturlar.
Hozirgi vaqtda ko`pgina ishlab chiqarishlardan tarqaluvchi ma`lumotlar asosan multimediyali ma`lumotlarga asoslangan. Masalan video kliplar, reklamalar, taqdimotlar, kino industriya mahsulotlari, axborot tizimida, san`atda, ta`lim sohasida uchratishimiz mumkin. Video montajlar va audio ma`lumotlarni qayta ishlashlar maxsus dasturlar yordamida amalga oshirish mumkin. Bularga misol qilib Adobe Premiere 6.5 dasturini olsak, u DV-video maxsulotlarini taxrirlashda videomontaj tizimida oldingi o`rinlarda. Bu dastur nafaqat videomontaj ishlarida, hattoki tovushlarni taxrirlashda qo`llaniladigan yuqori sifatli asbobdir. Adobe Premier Effects 6.0 DVD va Web sahifalardagi video maxsulotlarda animasiya va maxsus efektlarni yaratishda foydalanadigan paketdir. Ulead VideoStudio v6.0 raqamli va analog video kameralarda MPEG1/2, AVI, VCD va DVD sistemalarida yozilgan videolarni montaj qiladi. Bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin. Tovushlarni eshitish va ularni qayta ishlash maqsadida ko`plab dasturlardan foydalanish mumkin. Bularga misol tariqasida JET AUDIO, Media Pleyer, COOL EDIT PRO, WINAMP va h.k.z.lar
Buxgalteriya tizimlari.
Bu maxsuslashtirilgan tizimlar bo’lib, ular o’z ichiga matn va jadval dasturlarini, elektron jadvallar va ma'lumotlar omborining funksiyalarini oladi. U korxona birlamchi buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash va hisobga olishni avtomatlashrirish, buxgalterlik hisobotlarni olib borishga mo’ljallangan. Bundan tashqari, bu tizim korxonaning, soliq va statistik hisob tashkilotlariga beradigan formada tayyorlanadigan hisobotlarni olib borish uchun ishlatiladi. Bu hisobotlar korxonalarning ishlab chiqarish, xo’jalik va moliyaviy faoliyatini aks ettiradi.Albatta, bu hisobotlarni yuqorida keltirilgan boshqa tizimlar yordamida ham bajarish mumkin.Ammo buxgalteriya tizimi har xil vositalar muhitlarini bitta tizimda mujassamlanganligi bilan qulaydir.

Nazorat savollari !

  1. Amaliy dasturlar nima?

  2. Matn kiritish dasturlar nima?

  3. Matnli muharrirlarining vazifalarni aytib bering?

  4. Grafik dasturlar nimalar yaratishga muljallangan

  5. Kompyuter grafik dasturlari nima?

  6. Video – audio dasturlar qanday ma`lumotlarga asoslangan?

32-ma’ruza


Nashriyot tizimlari. Page Maker dasturi va unda ishlash asoslari



Reja:
1. Page Maker dasturi.
2. Page Maker dasturida asboblar paneli bilan ishlash.
3. Dasturda matn va figuralar bilan ishlash.
Keyingi paytlarda turli korxonalarda kichik nashriyotlar paydo bo’la boshladi. Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter bazasida, turli tez chop qiluvchi va boshqa qo’shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlari (kitob, oynoma, jurnal, broshyuralar, prospektlar va hokazo) chiqarish tushuniladi.Bunda bo’lajak bosma mahsulotlari kompyuterda tayyorlanadi, ya'ni kompyuter varaqlash, asl maketlash ishlari ham kompyuterda bajariladi.
Nashriyot sohasida ishlatiladigan matn muharrirlari shu soha uchun yaratilgan maxsus dasturlar bo’lib, ular kichik nashriyotlar yordamida gazeta- jurnallar, kitoblar, turli reklama mahsulotlari tayyorlashga mo’ljallangan.
Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter dasturiy texnik vositalari hamda turli- tuman chop qiluvchi va boshqa qo’shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlar tayyorlash jarayoni tushuniladi. Bunda bo’lajak bosma mahsulotlar tayyorlanib, bu matnni terish, tekshirish va tahrirlashdan to maketlashgacha bo’lgan bosqichlarni o’z ichiga oladi. Keyinchalik maket lazer printerda bitta asl nusqada chop etib olinadi va undan so’ng tayyorlangan hujjatning maketi rizograf deb nomlanuvchi maxsus qurilma yordamida ko’paytiriladi. Kichik nashriyot bulardan tashqari muqovalovchi, broshyuralovchi va kesuvchi qurilmalar bilan ham ta'minlangan.
Sifatli va asl maketlarni tayyorlash uchun bir qancha turdagi nashriyot tizimlaridan foydalanadi.
Ularga misol qilib Page Maker, Ventura Publisher, Post Script, QuarkXPress, TEX, LATEX nashriyot tizimlarini keltirishimiz mumkin.
Shulardan biri va keng miqyosda ishlatiladigani Page Maker dasturlar paketi kitoblar matnini terish, taxrirlash, ko’rib chiqish va chop qilishda juda qulay vosita hisoblanadi.
Ventura Publisher
Ventura Publisher esa gazeta- jurnallar matnini terish va chop etishga mo’ljallangan. Uning yordamida matnni sahifalarga bo’lish, matn bo’laklarini zarur joylarga joylashtirish (Komponovka) va shunga o’xshash ushbu sohada ko’plab ishlatiladigan amallarni tez va q ulay amalga oshirishi mumkin. Turli formulali matnlarni (masalan, matematika, fizika, ximiya fanlariga oid) tayorlashda TEX va uning keyingi versiyalari bo’lgan LATEX tahrirlovchi dasturlardan keng miqyosda foydalaniladi.
Page Maker dasturi Page Maker Aldus Corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli va qulay dasturdir. Uning ishlashi Microsoft Windows operasion sistemasining to’liq versiyasi bo’lishini talab qiladi. Page Maker dasturi fayl va kataloglar bilan ishlaydi. Fayl nomi esa .pub kegaytmasi yordamida yoziladi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, nashriyot tizimlarining asosiy vazifasi nashrni tayyorlashda tez takrorlanuvchi amallarni iloji boricha ko’proq darajada avtomatlashtirishdir.
Ularning afzalligi esa nashr sahifasi va uning umumiy ko’rinishini tayyorlashdagi qulaylik hamda o’zgartirishlar kiritishning osonligi va vaqt tejalishidir. Nashr sahifasining umumiy ko’rinishini tayyorlashda xususiy kompyuterdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Asl nusxa maketini bosib chiqarish uchun esa lazerli yoki post skript printeridan foydalanish ma'quldir. Matn va suratlar kompyuter xotirasiga oldindan kiritilishi lozim. Nashr asosiy elementlarini kompyuterda
sarlashning asosiy afzalligi shundaki, matnni to’g’ridan-to’g’ri harf terish qurilmasiga berish mumkin, shunda matn bilan suratlarni mos joylarga qo’lda joylashtirishga ehtiyoj qolmaydi.
Page Maker
Page Maker Aldus Corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli, qulay nashriyot sistemasidir. AQSh firmasining Yevropa bo’limi 1989 yil sentyabr oyida Page Maker dasturining ruscha variantini e'lon qildi. Page Maker dasturining ishlashi uchun Microsoft Office dasturining to’liq versiyasi bo’lishi talab qilinadi. Shaxsiy kompyuterning operasion sistemasi bilan tanish bo’lgan foydalanuvchi diskning formatlash, fayl nusxasini hosil qilish, faylni o’chirish, uni bosib chiqarish yoki dasturni ishga tushirish buyruqlarini albatta bilishi kerak. Page Maker dasturi yordamida nashr sahifasini ekranda ko’rish va unga chop shgangunga qadar tegishli tuzatishlar kiritish mumkin, Barcha kerakli o’zgartirishlar kiritilagndan so’ng, asl nusxa maketi harf terish qurilmasiga uzatiladi yoki lazerli printerda bosib chiqariladi.
Har qanday hujjatni nashrga tayyorlashda quyidagi ishlarni bajarishga to’g’ri keladi:

  • Taxrirlangan qo’lyozma elementlarini oxirigacha tayyorlash;

  • Kerakli surat, belgi va chizmalarni yaratish va joylashtirish;

  • Original maket (asl nusxa) ni tayyorlash.

Page Maker dasturi uchun boshlang’ich matnni ixtiyoriy matn muharririda tayyorlash mumkin. Lekin bu muharrirlar yordamida bir sahifada turli shriftlarda matn yozish va shu kabi bir qancha amallarni bajarish ancha qiyinchilik tug’diradi. Nashriyot dasturlari esa matnni formatlashtirish uchun maxsus tuzilgan dasturlardir. Ushbu dastur turli matn muharrirlarida tayyorlangan matnlar vositasida yakuniy matnni tayyorlaydi. Tayyorlangan matnni nashriyot dasturiga uzatishdan oldin albatta uning xatolarini tekshirish lozim, chunki nashriyot dasturida tuzilgan matnni yana qaytadan o’zgartirish uchun matn muharririga uzatish mumkin emas.
Page Maker dasturi yordamida qo’lyozmani kiritish, tahrirlash, qo’lyozmani o’qib chiqish, maxsus simvollar bilan ishlash va har xil chizmalar chizish kabi amallarni bajarish mumkin.
Page Maker dasturi matn muharririda yuborilgan sahifa raqamlari, kolontitul va matnning o’ng chegarasi kabi formatlash elementlarini qabul qilmaydi.
PAGE MAKER dasturinini ishga tushirish
Buning uchun WINDOWS sistemasida ish stolida sichqoncha yordamida Pusk tugmasiga bosiladi, programmalar ro’hxatidan Adobe bo’limiga tegishli Page Maker nomi tanlanadi:

Download 21,76 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Download 21,76 Mb.