Page Maker programmasini asosiy menyu orqali ishga tushirish.
Page Maker (PM) programmasi ishga tushgach, Yangi hujjat tayyorlashga kirishamiz. Buning uchun File (fayl) menyusini ochib, undagi New (Novыy -Yangi) buyrug’ini tanlaymiz. Ekranda Document Setup (Hujjat parametrlari) muloqot oynasi paydo bo’ladi.
"Hujjat parametrlari" muloqot oynasi.
Bu oyna elementlari yordamida hujjat sahifalarining soni, o’lchamining qiymatlari kiritiladi.
Target Printer resolution (Razreshenie - bosib chiqaruvchi qurilma qobiliyati) parametri yordamida bosib chiqaruvchi qurilmaning turiga qarab, kerakli qiymat o’rnatiladi: agar bu ish suratli terish avtomatida bajarilsa, qiymati 2450 bo’lishi mumkin, agar lazerli printer bo’lsa, qiymati 300 yoki 600 bo’lishi mumkin. Bosib chiqaruvchi qurilma turini nashr qilinadigan sahifani tayyorlashdan oldin aniqlash maqsadga muvofiqdir. Bu ishni Dosument Setup (Parametri dokumenta-hujjat parametrlari)
muloqot oynasidagi Compose to printer (printer uchun tayyorlash) ro’yxati yordamida bajaramiz. Ayrim hollarda bunday qurilma lazerli printer bo’lishi mumkin. Agar qurilma turi ish davomida o’zgartirilsa, nashr qilinayotgan sahifaning umumiy ko’rinishi o’zgarib ketishi mumkin. Muloqot oynasida hamma parametrlarni o’rnatib bo’lgach OK tugmasida sichqoncha tugmasini bitta bosiladi.
Ekranda toza sahifa ko’rinishi paydo bo’ladi
.
Page Maker dasturida asboblar paneli (Toolbox).
Asboblar panelini ekranga chiqarish uchun Window menyusining Toolbox buyrug’ini ishgatushiramiz.
Asboblar panelining ko’rinishi.
Asboblar panelidagi biror asbobda sichqoncha tugmasini ikki marta bosilsa, avvalgi ishlatilayotgan asbob inkor qilinib, ekranda Yangisiga tegishli muloqot oynasi ochiladi.
"Matn" asbobi bilan ishlash.
"Matn" asbobi asboblar panelida joylashgan ko’rinishidagi tugmachadir. Asboblar paneli ekranda ko’rinmasa, uni ochish uchun Window(Oyna) menyusidagi Toolbox(Asboblar paneli) buyrug’ini ishga tushirish kerak.
Matnni formatlash - bu simvollarni va abzaslarni formatlashdir. Matnni formatlash uchun avval formatlanadigan matn qismini ajratish kerak.
Matn qismini ajratish uchun, matn bo’ylab I-kursorni siljitib bitta simvoldan tortib matnning hammasigacha ajratish mumkin.
Matnni ajratishning yana bir usuli bor. Buning uchun "Matn" asbobini tanlaymiz va ajratiladigan tekst qismining boshida sichqoncha tugmasini bosamiz, Shift tugmasini bosib turgan holda ajratilishi kerak bo’lgan bo’lakning oxirida ham sichqoncha tugmasini bosamiz. Kerakli matn qismi ajralib qoladi. Shift tugmasini bosib turgan holda kursorni yo’naltiruvchi tugmalardan birini bosib ham matn qismini ajratish mumkin.
So’zni ajratish uchun shu so’z ustida "Matn" asbobi bilan sichqoncha tugmasi ikki marta bosiladi.
Abzasni ajratish uchun abzas ustida "Matn" asbobi bilan sichqoncha tugmasi 3 marta bosiladi
Simvollar ketma-ketligini ajratish uchun sichqoncha ko’rsatkichini belgilangan nuqtadan kerakli joygacha Shift tugmasini bosib turib suriladi.
Katta hajmdagi matnni ajratish uchun Edit (Pravka) menyusining Select All (Videlit vse-) buyru`idan
foydalanish mumkin. Ctrl-A tugmalar kombinasiyasi esa shu operasiyani tezroq bajaradi. .
To’g’ri chiziq va geometrik figuralarni chizish.
Page Maker dasturida biror shakl chizish uchun asboblar panelidan kerakli asbobni tanlash kifoya. Bu asboblarni tanlash uchun quyidagi tugmalar kombinasiyasidan foydalanish mumkin.
asbob
|
tugmalar kombinatsiyasi
|
ellips
|
SHIFT-F3
|
to’g’ri to’rtburchak
|
SHIFT-F4
|
to’g’ri chiziq
|
SHIFT-F5
|
perpendikulyar
|
SHIFT-F6
|
ko’pburchak
|
SHIFT-F7
|
To’g’ri to’rtburchak va ellips chizish vaqtida Shift tugmasi bosib turilsa, kvadrat va aylana chiziladi.
To’g’ri to’rtburchak chizilganda, uning burchaklarini yumaloqlash mumkin. Buning uchun Element (Element) menyusining Rounded Corners (Yumaloqlangan burchaklar) buyrug’idan foydalanamiz.
Yumaloqlangan burchaklar muloqot o ynasi.
|
|
Nazorat savollari !
Kichik nashriyot tizini nima?
Ventura Publisher nima?
Page Maker dasturi qanday dastur?
Kichik nashriyot deganda nimani tushunasiz?
Kichik nashriyotga misol qilib qanday nashriyot tizimlarini keltirasiz?
Page Maker dasturida fayl nomi qanday kegaytmasi yordamida yoziladi?
Qachon Page Maker dasturining ruscha variantini e'lon qildi?
Page Maker dasturi yordamida qanday amallarni bajarish mumkin?
32-ma’ruza
Iqtisodiy, moliya va bank sohalarida qo’llaniladigan dasturlar
Reja:
1. Iqtisodiy sohalarida qo'llaniladigan dasturlar
2. 1C: Buxgalteriya dasturining asosiy tamoyillari
3. BEM (buxgalterlarga elektron madad) dasturi
“1C-Buxgalteriya” dasturiy paketlar ta’minoti ikkita alohida dasturlardan
iborat:
1. “Uchet buxgalterskix operatsiy” (bmp.exe) – Buxgalteriya hisob-kitob operatsiyalari
2. “Platejnie dokumenti” (uro.exe) – To’lov hujjatlari.
“Uchet buxgalterskix operatsiy" (buxgalteriya hisob kitob hujjatlari) dasturiy paketi buxgalter provodkalarini (buxgalterskix provodok), birlamchi hujjatlar pechatini (pechati pervichnix dokumentov), itogoviy hisob-kitob ko’rsatkichlari (rascheta itogovix pokazateley) va soliq ko’mitalariga mo’ljallangan hisobotlarni yaratish (formirovaniya otchetov dlya nalogovix organov) uchun ishlatiladi.
"Platejnie dokum enti" (to’lov hujjatlari) dasturi bank hujjatlarini yaratish, qayta ishlash, tahlil qilish, pechatga chiqarish va saqlash uchun mo’ljallangan.
Asosiy menyu
"Uchet buxgalterskix operatsiy" nomli dasturni ishlatish uchun (zapusk fayla bmp.exe) ekranida asosiy menyu paydo bo’ladi, u arqoli barcha vazifalarga murojat qilishimiz mumkin (rasm 1).
Yuqori gorizontal bo’yicha vazifa guruxlari joylashgan. «Operatsiya», «Otchetnost», «Servis», «Pomoshch», «Vixod» menyulari joylashgan.
«Operatsiya» menyusi belgilanib u o’z ichiga quyidagi vazifalarni oladi:
1. Jurnal operatsiy – vazifalar ro’yxati
2. Scheta – hisob raqamlari
3. Vidi subkonto – subkonto turlari
4. Tipovie operatsii -
5. Dokumenti i rascheti – hujjatlar va hisob-kitoblar
6. Konstanti - o’zgarmaslar
7. Korrektnie provodki – boshlangich provodkalar
8. Interval operatsii – operatsiya bajarilish masofasi
9. perenos operatsiy – operatsiyalarni ko’chirish
10. Zakritie – Yopish
Pastki gorizontal bo’yicha «Gruppi funktsiy» - vazifa guruxlari, «Funktsii»- vazifalar, «Vipolnenie»- barajish, «Vixod»- chiqish, «Pomoshch»-yordam menyulari joylashgan
Menyularni tanlash uchun o’uydagilarni amalga oshirish kerak:
-“Gruppi operatsiy» menyusi uchun yordamchi "→" va "" klavishlaridan foydalanish mumkin.
- «Funktsii» menyusi uchun yordamchi "" va “" kvashilardan foydlanish va ular yordamida boshq a operatsiyalarni tanlashimiz mumkin. Buyruq vazifasini har doim Enter klavishasi bajaradi.
Asosiy menyuga qaytish Esc klavishasi orqali amalga oshiriladi.
Ro'yxat bilan Ishlash
Bu dasturda asosiy ishchi rejim ro'yxatlarni qirgizish (bajariladigan vazifalar, hisob-kitob raqamlari, ishchi xodimlar ro'yxati, oylik maosh va x.k.). Barcha ro'yxatlar umumiy tamoyillar bo'ycha ko'rib chiqiladi va to'g'irlanadi.
Ro'yxatga Yangi zapis kiritish uchim klaviaturadagi Ins klavishasi yordamida amalga oshiriladi. Ro'yxatga kirtishni tugatish uchun Enter klavishasi bo'siladi. Agarda ro'yxatga kiritishni bekor qilmoqchi bo'lsak Esc klavishasidan foydalanish mumkin.
Kiritilgan ro'yxatdagi zapisni o'zgartirish uchun "Kursor"ni "kolonka" grafasiga ko'yib kerakli zapisni yozishib Enter klavishasini bosish lozim. Bundan keyingina ro'yxatdagi zapis korrektirovka qilingan holda o'ziga mo'ljallangan joyini egallaydi.
Ro'yxatdagi zapisni o'chirib tashlash uchun Del klavishasidan foydalanishimiz mumkin. Bu holatda quyidagi: Udalit - Enter, Otkaz - Esc so'rov amalga oshiriladi.
Ro'yxatdagi spiskani ko'rish uchun "" va “" PgUp, PgDn, Home, End klavishalardan foydalanish mumkin. .
"→" va ""klavishlari yordamida zapislar grafalariga o'tish vazifasini bajarish mumkin.
"Pomoshch"(Yordam) vazifasi
"1S-Buxgalteriya" dasturiy ta'minotida ishlash davomida quyidagi yordamchi axborot olish imkoniyati bor:
1) Ekrandagi ikkita oxirgi katordan. Ularda konkret rejimidagi funktsional klavishalar va ularning vazifalari ko'rinib turadi.
2) Fl tugmasini bosib bar qanday ishchi rejimdan "Yordam" menyusini ochish va undagi yordam vazifalaridan foydalanish mumkin. Oldingi oynaga chiqish uchun esa Esc tugmasini bo'sish lozim.
3) Dasturda ishlash davomida ko'pchilik rejimlarda F10 tugmasi orqali ekranga komandalar ro'yxati joylashgan va ularga mo'ljallangan funktsional klavishlar oynasi chiqadi. Bu oyna "menyu deystviy" deb nomladi. "Menyu deystviy" oynadan chiqib ketish uchun Esc tugmasi ishlatiladi.
4) Asosiy menyular punktidan Pomoshch menyusini tanlash.
2. Dasturning tasnifi (harakteristikasi)
Dastur quydagi tasniflarga ega:
-operatsiyalar soni chegaralanmagan;
-hisob va sub'ekthisob raqamlar soni chegaralanmagan;
-razryadli operatsiyalar summasi - 25 simvolni tashkil etadi;
-buxgalterlar hisob va subhisob raqamlar soni - 3dan 30 gacha
- bar bir hisob raqami bo'yicha tahliliy hisobot hajmi 100000 gacha
-itoglarni tahsimlash - yillik, oylik, uch oylik, ixtiyoriy muddatgacha;
-bitta kompyuterda ixtiyoriy ishchi o'rni soni chegaralanmagan.
3. Servis menyusi
Har bir dasturdagidek lS:Buxgalteriya dasturida ham asosiy menyular ichida Servis menyusi turadi. Bu menyu yordamida dasturni turli kamchiliklarini to'girlash mumkin. Rasm 2.
Bundan tashqari u o'z ichiga quyidagi vazifalarni oladi
1.Arxiv nusxasi
2.Kalkulyator
3.Tashqi dasturlar
4.Dastarcha, hujjatlar arxivi, oxirgi hujjat
5.Prosmotr, redaktirovanie, pechat, soxranit v arxive.
Nazorat savollari:
Iqtisodiy sohalarda qo’llaniluvchi qanday dasturlarni bilasiz?
1C: Buxgalteriya dasturining asosiy tamoyillari nimlardan iborat?
Asosiy menyu nimalardan tashkil topgan?
Ro’yxatlar bilan ishlashda namalarga e’tibor berish kerak?
Dasturni tavsiflang.
Servis menyusi haqida gapiring.
32-ma’ruza
1C buxgalteriya dasturi va unda ishlash asoslari
Reja:
1. Iqtisodiy sohalarida qo'llaniladigan dasturlar
2. 1C: Buxgalteriya dasturining asosiy tamoyillari
3. BEM(buxgalterlarga elektron madad) dasturi
“1C-Buxgalteriya” dasturiy paketlar ta’minoti ikkita alohida dasturlardan
iborat:
1. “Uchet buxgalterskix operatsiy” (bmp.exe) – Buxgalteriya hisob-kitob
operatsiyalari
2. “Platejnie dokumenti” (uro.exe) – To’lov hujjatlari.
“Uchet buxgalterskix operatsiy" (buxgalteriya hisob kitob hujjatlari) dasturiy paketi buxgalter provodkalarini (buxgalterskix provodok), birlamchi hujjatlar pechatini (pechati pervichnix dokumentov), itogoviy hisob-kitob ko’rsatkichlari (rascheta itogovix pokazateley) va soliq ko’mitalariga mo’ljallangan hisobotlarni yaratish (formirovaniya otchetov dlya nalogovix organov) uchun ishlatiladi.
"Platejnie dokum enti" (to’lov hujjatlari) dasturi bank hujjatlarini yaratish, qayta ishlash, tahlil qilish, pechatga chiqarish va saqlash uchun mo’ljallangan.
Asosiy menyu
"Uchet buxgalterskix operatsiy" nomli dasturni ishlatish uchun (zapusk fayla bmp.exe) ekranida asosiy menyu paydo bo’ladi, u arqoli barcha vazifalarga murojat qilishimiz mumkin (rasm 1).
Yuqori gorizontal bo’yicha vazifa guruxlari joylashgan. «Operatsiya», «Otchetnost», «Servis», «Pomoshch», «Vixod» menyulari joylashgan.
«Operatsiya» menyusi belgilanib u o’z ichiga quyidagi vazifalarni oladi:
1. Jurnal operatsiy – vazifalar ro’yxati
2. Scheta – hisob raqamlari
3. Vidi subkonto – subkonto turlari
4. Tipovie operatsii -
5. Dokumenti i rascheti – hujjatlar va hisob-kitoblar
6. Konstanti - o’zgarmaslar
7. Korrektnie provodki – boshlangich provodkalar
8. Interval operatsii – operatsiya bajarilish masofasi
9. perenos operatsiy – operatsiyalarni ko’chirish
10. Zakritie – Yopish
Pastki gorizontal bo’yicha «Gruppi funktsiy» - vazifa guruxlari, «Funktsii»- vazifalar, «Vipolnenie»- barajish, «Vixod»- chiqish, «Pomoshch»-yordam menyulari joylashgan
Menyularni tanlash uchun o’uydagilarni amalga oshirish kerak:
-“Gruppi operatsiy» menyusi uchun yordamchi "→" va "" klavishlaridan foydalanish mumkin.
- «Funktsii» menyusi uchun yordamchi "" va “" kvashilardan foydlanish va ular yordamida boshq a operatsiyalarni tanlashimiz mumkin. Buyruq vazifasini har doim Enter klavishasi bajaradi.
Asosiy menyuga qaytish Esc klavishasi orqali amalga oshiriladi.
Ro'yxat bilan Ishlash
Bu dasturda asosiy ishchi rejim ro'yxatlarni qirgizish (bajariladigan vazifalar, hisob-kitob raqamlari, ishchi xodimlar ro'yxati, oylik maosh va x.k.). Barcha ro'yxatlar umumiy tamoyillar bo'ycha ko'rib chiqiladi va to'g'irlanadi.
Ro'yxatga Yangi zapis kiritish uchim klaviaturadagi Ins klavishasi yordamida amalga oshiriladi. Ro'yxatga kirtishni tugatish uchun Enter klavishasi bo'siladi. Agarda ro'yxatga kiritishni bekor qilmoqchi bo'lsak Esc klavishasidan foydalanish mumkin.
Kiritilgan ro'yxatdagi zapisni o'zgartirish uchun "Kursor"ni "kolonka" grafasiga ko'yib kerakli zapisni yozishib Enter klavishasini bosish lozim. Bundan keyingina ro'yxatdagi zapis korrektirovka qilingan holda o'ziga mo'ljallangan joyini egallaydi.
Ro'yxatdagi zapisni o'chirib tashlash uchun Del klavishasidan foydalanishimiz mumkin. Bu holatda quyidagi: Udalit - Enter, Otkaz - Esc so'rov amalga oshiriladi.
Ro'yxatdagi spiskani ko'rish uchun "" va “" PgUp, PgDn, Home, End klavishalardan foydalanish mumkin. .
"→" va ""klavishlari yordamida zapislar grafalariga o'tish vazifasini bajarish mumkin.
"Pomoshch"(Yordam) vazifasi
"1S-Buxgalteriya" dasturiy ta'minotida ishlash davomida quyidagi yordamchi axborot olish imkoniyati bor:
1) Ekrandagi ikkita oxirgi katordan. Ularda konkret rejimidagi funktsional klavishalar va ularning vazifalari ko'rinib turadi.
2) Fl tugmasini bosib bar qanday ishchi rejimdan "Yordam" menyusini ochish va undagi yordam vazifalaridan foydalanish mumkin. Oldingi oynaga chiqish uchun esa Esc tugmasini bo'sish lozim.
3) Dasturda ishlash davomida ko'pchilik rejimlarda F10 tugmasi orqali ekranga komandalar ro'yxati joylashgan va ularga mo'ljallangan funktsional klavishlar oynasi chiqadi. Bu oyna "menyu deystviy" deb nomladi. "Menyu deystviy" oynadan chiqib ketish uchun Esc tugmasi ishlatiladi.
4) Asosiy menyular punktidan Pomoshch menyusini tanlash.
2. Dasturning tasnifi (harakteristikasi)
Dastur quydagi tasniflarga ega:
-operatsiyalar soni chegaralanmagan;
-hisob va sub'ekthisob raqamlar soni chegaralanmagan;
-razryadli operatsiyalar summasi - 25 simvolni tashkil etadi;
-buxgalterlar hisob va subhisob raqamlar soni - 3dan 30 gacha
- bar bir hisob raqami bo'yicha tahliliy hisobot hajmi 100000 gacha
-itoglarni tahsimlash - yillik, oylik, uch oylik, ixtiyoriy muddatgacha;
-bitta kompyuterda ixtiyoriy ishchi o'rni soni chegaralanmagan.
3. Servis menyusi
Har bir dasturdagidek lS:Buxgalteriya dasturida ham asosiy menyular ichida Servis menyusi turadi. Bu menyu yordamida dasturni turli kamchiliklarini to'girlash mumkin. Rasm 2.
Bundan tashqari u o'z ichiga quyidagi vazifalarni oladi
1.Arxiv nusxasi
2.Kalkulyator
3.Tashqi dasturlar
4.Dastarcha, hujjatlar arxivi, oxirgi hujjat
5.Prosmotr, redaktirovanie, pechat, soxranit v arxive.
Nazorat savollari:
Iqtisodiy sohalarda qo’llaniluvchi qanday dasturlarni bilasiz?
1C: Buxgalteriya dasturining asosiy tamoyillari nimlardan iborat?
Asosiy menyu nimalardan tashkil topgan?
Ro’yxatlar bilan ishlashda namalarga e’tibor berish kerak?
Dasturni tavsiflang.
Servis menyusi haqida gapiring.
35-ma’ruza
Tarjimon dasturlari. Socrat, Promt, Uz-Lat, tarjimon dasturlarida ishlash
Reja:
1. Tarjimon dasturlari
2. Socrat, Promt dasturlari haqida tushuncha
3. Uz-Lat, tarjimon dasturlarida ishlash.
Hozirgi kunda dunyoda ingliz tilidan boshqa tillarga va boshqa tillardan ingliz tiliga avtomatik tarjima qiluvchi dasturlar keng qo`llanilyapti. Bu ingliz tilining xalqaro muloqot borasida yetakchi rol o`ynayotganligi bilan izohlanadi. Ingliz tili o`rganish uchun ancha qulay va sodda, lekin uning soddaligi avtomatik tarjima sistemalari uchun kutilmaganda qo`shimcha qiyinchiliklar tug`diradi. Hamma gap shundaki, ingliz tilidagi bir xil yozilgan so`zlar ko`pincha nutqning turli qismlariga tegishli bo`ladi. Bu gapning grammatik tahlilini qiyinlashtiradi va avtomatik tarjimadagi qo`pol xatolarning yuzaga kelishiga olib keladi.
Rus tilidan ingliz tiliga va ingliz tilidan rus tiliga avtomatik tarjima qilish sistemalaridan Socrat va Stylus kabi dasturlar keng tarqalgan. Stylus, shubhasiz, tarjimada yana ham yuqori sifat va o’zgaruvchanlikni ta’minlaydi. Stylus dasturining so’nggi versiyasida o’z nomini o’zgartirdi va u endi PROMT98 deb ataldi.
PROMT98 sistemasi universal, shu bilan birga ixtisoslashgan lug’atlardan iborat boy tarkiblarni o’z ichiga olib, ulardan foydalanishni boshharuvchi vositalarni o’z ichiga oladi. Bironta ham lug’atga kirmagan so’zlar tarjimasini mustaqil ravishda aniqlab, iste’mol luhatida saqlaydi. Bundan tashqari, PROMT 98 dasturi xususiy ismlar va tarjima qilish talab etilmaydigan boshqa so’zlar, masalan, qisqartma so’zlar bilan ishlash qoidalarini ko’rsatish imkonini ham beradi.
Dasturning qo’shimcha imkoniyatlari fayllarning turkum tarjimalari, tekislanmagan matnlarning tezkor tarjimalari, shuningdek, Internetdagi Web sahifalarini sinxron tarjima qilish imkonini o’z ichiga oladi. Ushbu sahifalarini alohida ilova dasturlar sifatida amalda tadbiq etilgan.
PROMT98 dasturi o’rnatilgandan so’ng bosh menyuda uni ishga tushirishga izn beruvchi punktlar paydo bo’ladi.
PROMT98 interfeysi Windows (95, 97,98,2000) operatsion sistemasi talablariga muvofiq amalga tatbiq etilgan.
Bevosita asboblar paneli ostida joylashgan qism ilova oynasining ishchi sohasi deb atalib, u bir necha sohachalarga bo’lingan. Ikkala asosiy zonalar boshlang’ich matn va uning tarjimasini o’z ichiga oladi.
lova oynasining pastki qismida axborot paneli joylashgan. U foydalanilayotgan lug’atlarni aks ettirish va tanlash, tarjima qilinayotgan hujjatning dasturga noma’lum bo’lgan so’zlari ro’yxatini olish va tarjima qilish lozim bo’lmagan so’zlar ro’yxatini boshqarish uchun mo’ljallangan uchta qo’shimcha varaqadan iborat.
Ilova oynasining pastki qismida menyu satri ostida asboblar paneli joylashgan. Ular hujjat bilan ishlash imkoniyatini beruvchi piktogrammalar ro’yxatidir. PROMT 98 da ishlash uchun bu dastur xotirasiga chaqiriladi va “Создать” piktogrammasi bosiladi. Natijada “Направленые перевода” (tarjima yo’nalishi) oynasi hosil bo’ladi.
Biror tilda yozilgan matnni tarjima qilish uchun “Направленные превода” bandidan foydalaniladi. Bu yerda, masalan, rus tilidan ingliz tiliga tarjima qilish uchun “Russko-Angliyskiy” bandi tanlanadi va “OK” bosiladi. Bunda kompyuter avtomatik ravishda rus tilida yozilgan matnni ingliz tiliga tarjima qiladi va tarjima qilingan matn ekranning quyi qismida ko’rsatiladi. Shuni aytish kerakki, kompyuter hozircha 100% to’la va aniq tarjima qila olmaydi, albatta. Lekin, tarjima sifati oshib boruvchi dasturlar yaratilish jarayoni davom etmoqda.
Biror faylda joylashgan matnni tarjima qilish uchun avtomatik tarjima qilish imkoniyati mavjud. Buning uchun, avvalo, faylni boshlang’ich matn bilan to’ldirish kerak, albatta. Bu amalni bajarish “Файл/Открыт” bilan yoki asboblar paneli yordamida bajariladi.
Boshlang’ich faylni o’zgartirish muloqot oynasini ochadi. Buning sababi matn fayllar turli formatga ega bo’lishi mumkinligidadir. Shuning uchun ushbu muloqot oynasida avtomatik tarzda fayl formati va tarjimaning zaruriy yo’nalishi tanlanadi.
Foydalanuvchining faqat parametrlar to’g`ri berilganligiga ishonch hosil qilib, “OK” tugmasi bosish kerak bo’ladi, xolos. Boshlang’ich hujjat kompyuterga kiritiladi va avvaliga vaqtinchalik tarjima qilinuvchi matn va u bilan birga tarjima o’z o’rnida aks etadi. Tarjima amalga oshishi uchun “Перевод/Весь” tekst bandini tanlash kerak. Tarjima anchagina murakkab va sekin o’tuvchi amaldir. Shuning uchun tarjima dasturning asosiy oynasida boshlang’ich matnni o’tkazib turish va boshlang’ich matnni boshqa tildagi matn bilan almashtirib borish mumkin.
Hujjatning oxiriga yetib kelgach, boshlang’ich tarjima natijasi matnlarini ko’rib chiqish va shu bilan birga tahrir ham qilish mumkin.
Agar tarjima qilinuvchi matnga o’zgartirishlar kiritilsa, o’zgartirilgan abzatslarnigina tarjima qilinadi. Buning uchun “Перевод текущего абзаца” (joriy abzats panelidagi) buyrug’idan foydalaniladi yoki tarjima dasturi asboblar panelidagi “Текущи абзац” (joriy abzats) bandi bosiladi. Ushbu holatda tarjimaning barcha qolgan abzatslari o’zgarishsiz qoladi.
Avtomatik tarjimaning sifati qanday lug’atdan foydalanilayotganligiga bog’liq.PROMT98 sistemasi umum iste’moldagi so’zlardan iborat bo’lgan bosh lug`at, shuningdek turli sohaning ixtisoslashgan lug’atlarini o’z ichiga oladi.
Ixtisoslashgan lug’atlarga bo’lgan zaruriyat inson faoliyatining turli jabhalarida ushbu sohaga tegishli tushunchalarni ifodalovchi turli terminlar qo’llanilishi bilan bog’liq .Bu terminlardan ba`zilari o’ziga xos ma`noga ega bo’lishi ba`zilari kundalik turmushda ba`zilari boshqacha ma`noda ishlatilishi kerak.
Misol uchun: inglizcha “solution” so’zini olamiz. Universial lug’atlar uni har xil tarjima qilishlari mumkin.
Tarjima sifatini oshirishning boshqa usuli dasturga u tajriba qila olmaydigan yoki tajriba qilmasligi kerak bo’lgan ba’zi so’zlarni ishlatish usulini ko’rsatishdan iborat.
Buning uchun tarjima qilinmaydigan so’zlar (masalan, Windows) ni band qilib qo’yish va dastur lug’atida bo’lmagan so’zlar tarjimasining qoidalarini berish zarur.
Foydalaniladagan lug’atlar ro’yxati axborot panelidagi foydalaniladigan lug’atlar qo’shimcha varaqasida keltirilgan. Lug’atlar ko’rsatilgan tartibda ko’riladi, shu bilan birga keyingi lug’atga o’tish ko’rsatilayotgan lug’atda kerakli so’z bo’lmagan taqdirdagina amalga oshiriladi. Tarjima sifatiga nafaqat lug’atlarning soni, balki ularning dasturda terilish tartibi ham ta’sir ko’rsatadi.
Shunga alohida e’tibor berish kerakki, dasturdagi terilishda, odatda, birinchi bo’lib iste’mol lug’ati turadi. Iste’mol lug’atlari tahrir qilish va o’zgartirish uchun ochiq bo’ladi. Shu tariqa, foydalanuvchi tomonidan to’ldirilgan va o’zgartirilgan maqolalar birinchi navbatda e’tiborga olinadi.
Foydalanilayotgan lug’atlar ro’yxatini o’zgartirish uchun “Словары” (lug’atlar) menyu bandini va tarjimaning kerakli yo’nalishini (masalan, russko-angliyskiy yoki anglo-russkiy) tanlash kerak. Shuningdek, “Перевод” asboblar panelidagi “Словары” (lug’atlar) bandini bosish mumkin. Bunda tarjimaning tanlangan yo’nalishiga muvofiq keluvchi qo’shimcha varaqadan iborat “Словары” (lug’atlar) muloqot oynasi ochiladi.
Bu muloqot oynasi qo’shimcha lug’atlarni ko’rish, ulash va o’chirish Yangi iste`mol lug’atlarini yaratish shuningdek, lug’atlarni ko’rish tartibini boshqarish imkonini beradi. Shu bilan birga har ehtimolga qarshi qo’shimcha lug`atlarni qo’shish tavsiya etilmaydi, chunki bu dastur ishini sekinlashtiradi va tarjima sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Ko’pgina hujjatlar faqat qisman tarjimani talab etadi. Atama so’zlar va tushunchalar asliyat tilida qolishi kerak. Masalan: kompyuterga doir adabiyotlarda dastur operatsion sistemalar va ishlab chiqaruvchi kompaniyalar nomlarini tarjima qilish yoki ularni o’zgartirish maqbul emas.
Avtomatik tarjima sistemasi ma’lum so’z yo so’z birikmasi tarjima qilmasligi uchun ushbu so’zni band qilish darkor. Band qilingan so’zlar axborot panelidagi “Зарезервировать слово” qo’shimcha varaqasidagi ro’yxatga sanab o’tiladi.
Hujjat matnida band qilingan so’z uchrashi bilan u boshqa rangda ajralib ko’rinadi.
Band qilingan so’zlar ro’yxatiga biror bir so’zni qo’shish “Сервис зарезервироват” buyrug’i berish yoki “Перевод” asboblar paneli guruhidagi “Зарезервироват слово” bandini tanlash bilan bajariladi.
Hujjatlar dastur ichki formatini saqlash paytida band qilingan so’zlar ro’yxati fayl bilan birgalikda saqlanadi. PROMT 98 dasturida, shuningdek, shunday ro’yxatni boshqa hujjatdan olish imkoni ko’zda tutilgan.
Band qilingan so’zlarini yagona lug’atlar foydalanish imkoniyati bir mavzuga aloqador bir guruh hujjatlar bilan yoki bitta katta hujjatning ko’plab qismlari bilan ishlashda nihoyatda qulaydir.
PROMT 98 dasturi tarkibiga kiritilgan lug’atlar ancha boy ekanligiga qaramay hujjatlarda uchrovchi hamma so’zlar kiritilgani kafalotlab bo’lmaydi. Notanish so’zlarni dastur qizil rangda ajratib ko’rsatadi.
Lekin, hamma notanish so’zlar hamma lug’atga kiravermaydi .Ular orasiga band qilish lozim bo’lgan so’zlar ham uchrashi mumkin. Shuningdek, bu so’zlar to’g’ri yozilganligini tekshirib ko’rish kerak.Agar lug’at haqiqatdan ham to’liq bo’lmasa, unda so’zni iste’mol lug’atiga qo’shish mumkin.
Malakali tarzda to’ldirish juda muhim va mas’uliyatli tadbir.Lug’atni haddan ziyod zichligi tarjima sifatini pasaytirish mumkin.Shuningdek, bir so’z turlicha ma’no ko’rinishlariga ega bo’lishi mumkinligini ham nazarda tutish kerak. Mutaxassis rejimida so’zlarni qo’shish quyidagi tartib amalga oshiriladi.
“Перевод словарная статья” buyrug’ini berish unda “Словарныю статья” muloqot oynasi ochiladi. Bu muloqot oynasida so’z shaklini andazaga o’zgartirish kerak.Unda lug’at bandi muloqot oynasi bosiladi.
Keyingi muloqot oynalari so’z o’zgarishini xilini aniqlash shuningdek, ushbu so’zning boshqa shakllarda to’g’ri yozilishini ko’rsatishga imkon beradi.
Oxirgi muloqot oynasi boshlang’ich tildagi so’zning ushbu shakllarning qaysi biriga ishlatish kerakligini aniqlaydi.
PROMT 98 dasturi fe`l va ot shz turkumi uchun so’zlarning bir biri bilan mos kelishini aniqlaydigan qo’shimcha axborot berishga imkon beradi.Fe’l holatida bunday maqsad uchun “Управленые” (boshqaruv) bandi xizmat qiladi. U masalan, berilgan fe’lning qo’shimcha bilan bog’lanish usuli: qanday ko’makchi zarur, qo’shimcha qanday kelishikda bo’lishi kerak va h.k.larni ko’rsatish imkonini beradi.
Avtomatik tarjima sistemasi ishining samarasi va sifati, asosan, unda mavjud lug’atlar tarkibi va ularning sifatiga bog’liq. Lug’atlarning sifati esa ular qanday tartib bilan to’ldirilganiga qarab belgilanadi.
PROMT 98 dasturi sozlovchilarining ishi ekran ko’rinishining o’zgartirilishi va ba’zi texnik amallarning o’ziga xosligini ta’minlashga qaratilgan. Dasturning umumiy sozlovlari “Сервис параметр” (servis-parametrlar) buyrug’i bilan yoki “Cервис” asboblar panelidagi “Параметры” (parametrlar) bandi yordamida ochiladigan “Настройка параметров программ” (dastur paremertlarini sozlash) muloqat oynasida tanlash bilan bajariladi.
Ushbu muloqot oynasi ikkita qo’shimcha varaqqa ega. “Разное” qo’shimcha varaqasi dastur sozlovining parametrlarini o’zgartirish imkonini beradi. Bu yerda boshlang’ich matnni kiritishda tarjima oynasi qanday to’ldirilishi kerakligi ko’rsatiladi, band qilingan so’zlar ro’yxatining avtomatik kiritilishi yoritiladi, lug’atlarning darajasi (Специалист yoki Начинающий) aniqlanadi.
“Использовать мгновенный перевод” bayroqchasi lahzalik tarjima, alohida so’zlar va ajratilgan qismlar tarjimasini maxsus oynasi aks ettirish imkonini beradi.
“Цвет”(rang) qo’shimcha varaqasi matnning turlicha elementlariga rang berish, shuningdek, abzatslarning maxsus belgisi (маркировка)ni o’chirishga imkon beradi.
Sozlovchining qo’shimcha imkoniyatlari asboblar paneli (chizim)i mundarijasini o’zgartirishdan iborat. Dastur bilan ishlash tajribasi to’plangandan keyin, asboblar panelidagi satr klavishlar foydalanilmayotgani, shu bilan birga tez-tez bajariluvchi amallar klavishlari yo’qligi ayon bo’ladi. Asboblar paneli tarkibi Panellar/Servis/ “Настройка” (servis/sozlov) buyrug’i bilan o’zgartiriladi.
“Настройка панелы” (panellarni sozlovi) muloqot oynasida “Категории” (kategoriyalar) ro’yxati menyu satrlarining bandlari nomidan iborat. Agar ushbu bandlardan istalgani tanlansa, “Кнопки” (tugmalar) panelida muvofiq menyudan buyruq uchun tugmalar paydo bo’ladi. Tugma qo’shish uchun uni muloqot oynasidan asboblar paneliga olib o’tish kerak. Asboblar panelidan keraksiz tugmani olib tanlash asboblar panelidan muloqot oynasi ichiga olib o’tish orqali amalga oshiriladi.
S kaner bu ma’lumotlarni qog’ozli hujjatdan bevosita EHM ga kiritish qurilmasidir. Matnlar, sxemalar, rasmlar, grafiklar, fotografiyalar va boshqa grafik axborotni kiritish mumkin. Skaner nusxa ko’chirish apparatiga o’xshab qog’ozli hujjatning tasviri nusxasini qog’ozda emas, balki elektron ko’rinishda yaratadi - tasvirning elektron nusxasi yaratiladi.
Skanerlar hujjatlarni qayta ishlash elektron tizimining muhim bo’g’ini va istalgan «Elektron stol» ning kerakli elementidir. O’z faoliyatining natijalarini fayllarga yozib va ma’lumotni kog’ozli hujjatlardan SHK ga obrazlarni avtomatik anglash tizimi orqali skaner yordamida kiritib, qog’ozsiz ish yuritish tizimini yaratishga amaliy qadam qo’yish mumkin.
Skanerlar juda xilma-xildir va ularni bir qator belgilari bo’yicha tasniflash mumkin. Skanerlar oq-qora va rangli bo’ladi.
Oq-qora skanerlar shtrixli va nimrangli tasvirlarni o’qishi mumkin. Shtrixli tasvirlar nim ranglarni, yoki boshqacha aytganda, qo’l rang darajalarini uzatmaydi. Nim rangli tasvirlar qo’l rangning 16, 64 yoki 256 darajalarini anglash va uzatish imkonini beradi.
Rangli skanerlar oq-qora va rangli asl nusholar (originallar) bilan ishlaydi. Birinchi holatda ular ham shtrixli, ham nim rangli tasvirlarni o’qish uchun ishlatilishi mumkin.
Rangli skanerlarda rangli RGB (Red-Green-Blue) modul ishlatiladi: skanerlanadigan tasvir aylanadigan RGB yorug’lik filtri yoki ketma-ket yondiriladigan uchta rangli chiroqlar orqali yoritiladi; har bir asosiy rangga mos signal alohida qayta ishlanadi.
Uzatiladigan ranglar soni 256 tadan 65536 tagacha (High Color standarti) va xatto 16,8 milliontagacha (True Color standarti) tebranishi mumkin.
Skanerlarning o’tkazish qobiliyati tasvirning bir dyuymdagi ajratiladigan nuqtalar miqdori bilan o’lchanadi va 75 dan 1600 dpi gacha (dot per inch) bo’ladi.
Konstruktiv jihatdan skanerlar dastaki va stolli bo’ladi.
Stolli skanerlar, o’z navbatida planshetli, rolikli va proekcion bo’ladi.
Shaffof tashuvchilardan tasvirni o’qiydigan slayd-skanerlar alohida ajralib turadi [5].
Skanerlarning tiplari
Dastaki Skanerlarning tuzulishi juda oddiydir: ular qo’l bilan tasvir bo’ylab siljitiladi. Ular yordamida bir marta o’tishda tasvir satrlarining ozgina miqdori kiritiladi (ularning qamrab olishi odatda 105 mm dan oshmaydi). Dastaki skanerlarda qayd qiluvchi chiroq bo’lib, u skanerlashning ruxsat etiladigan tezligi oshganligini operatorga bildirib turadi. Bu skanerlar kichik o’lchamli va past narxdadir. Skanerlash tezligi 5-50 mm/s (o’tkazish qobiliyatiga bog’liq).
Masalan, Mustek GS-400L - oq-qora nim rangli, CG-8400T-rangli.
Planshetli skanerlar eng ko’p tarqalgan; ularda skanerlovchi kallak asl nusxaga nisbatan avtomatik siljiydi; ular ham varaqli, ham risolalangan (broshyuralangan) hujjatlarni (kitoblarni) skanerlash imkonini beradi. Skanerlash tezligi: bir betga (A4 O’lchamli) 2-10 sekund.
Masalan, rangli skanerlar: Mustek Paragon 1200, Epson ES 1200, HP Scan Jet 5 S va R, HP Scan Jet 11CX.
Katta formatdagi hujjatlar bilan ishlaydigan skanerlar orasida Agfa firmasining ommaviy skanerlarini, masalan, Agfa Argus II ni ko’rsatib o’tish kerak, u 600 x 1200 dpi fizik o’tkazish qobiliyatiga (Ultra View 2400x2400 dpi interpolyaciyalovchi texnologiyani ishlatgandagi mantiqiy o’tkazish) ega, 4096 rang tuslarini uzatadi, tasvirni 7-9 marta masshtablaydi.
Rolikli skanerlar eng avtomatlashtirilgandir; ularda asl nusxa skanerlovchi kallakka nisbatan avtomatik siljiydi, ko’pincha hujjatlar avtomatik beriladi, lekin skanerlanadigan hujjatlar faqat varaqli.
Misol: Mustek SF-63 skaneri, tezligi bir betga 10 sekund.
Proekciey skanerlar tashqi ko’rinishdan fotokattalashtirgichni eslatadi,lekin pastda skanerlanadigan hujjat yotadi, yuqorida esa skanerlovchi kallak joylashadi. Skaner malumotli hujjatni optik yo’l bilan skanerlaydi va olingan ma’lumotni fayl ko’rinishda kompyuter xotirasiga kiritadi.
Slayd-skanerlar ham tuzulish jihatdan turlicha bo’ladi: planshetli, barabanli, proekciey va b. Shaffof asl nusxa 35 mm dan 300 mm gacha chiziqli o’lchamli to’g’ri to’rtburchak tomonlari ko’rinishiga ega. Tavsiflari bo’yicha slayd-skanerlar eng yuqori sifatlidir: ularning o’tkazish qobiliyati odatda 2000 dan 5000 dpi gacha oraliqda yotadi.
Masalan, barabanli skanerlar, ularda taxminan 200x300 mm li shaffof asl nusxa (slayd) aylanadigan barabanga mahkamlanadi. Howtek Scan Master skanerida o’tkazish qobiliyati 4000 dpi, Scan View ScanMate Magic skanerida 4096 ta tusni uzatishda o’tkazish qobiliyati 2000 dpi. Eng katta o’tkazish qobiliyatiga kichik o’lchamli slaydlar (tomoni 120 mm gacha) bilan ishlaydigan skanerlar ega. Scitex Leaf Scan 45 skanerida 64500 ta tusni uzatishda o’tkazish qobiliyati 5080 dpi ga teng [6].
FINE READER DASTURI VA UNDA ISHLASH TEXNOLOGIYASI
FineReader dasturining asosiy vazifasi ma`lumotlarni skaner qilish, undagi ob`ektlarni aniqlash, tahrirlash va uzatishdir.
Skanerlangan ma`lumotlar turlicha bo`lishi mumkin. Bu ma`lumotlarni ob`ekt deb olsak ularni aniqlash va tahrirlashda FineReader dasturidan foydalanamiz. Ob`ekt sifatida olingan ma`lumotlar oddiy matn, rasm, sxema yoki jadval ko`rinishida bo`ladi.
FineReader dasturining avfzalligi shundaki u turli ob`ektlarni aniqlay va bir – biridan ajrata oladi. Ob`ektlar aniqlangan so`ng uni Office dasturlaridan biriga uzatish imkoni ham mavjud.
FineReader dasturini ishga tushirish uchun (albatta dastur o`rnatilgan bo`lishi shart) «Pusk» menyusining «Programmi» bo`limiga kirib ABBYY FineReader Corporate Edition buyrug’ini tanlaymiz. Dastur oynasining umumiy ko`rinishi quyidagicha:
|