Ochiq darsi hujjatlari




Download 21,76 Mb.
bet28/36
Sana03.06.2024
Hajmi21,76 Mb.
#259811
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
Bidosheva Saida Rajab qzi

Sonli ma’lumotlar. Bunday turdagi ma’lumotlarga faqat sonlar misol bo‘ladi. Axborotlar tizimi foydalanuvchilari uchun bunday ma’lumotlar faqat o‘lchami (raqamlar soni) va uning aniqligi (nuqtadan keyingi raqamlar soni)ning ahamiyati katta.
Mantiqiy ma’lumotlar. Bu turdagi ma’lumotlar (ba’zida bunday ma’lumotlar Bul qiymatlari deyiladi) bir-birini inkor qiluvchi TRUE (rost) «1» yoki FALSE (yolg‘on) «0» qiymatlarni qabul qiladi.
Ulardan tizimda ko‘zda tutilgan maqsadni amalga oshirish uchun biror obyektning holatini ko‘rsatishda foydalanish mumkin. Masalan, «lampa yoniq» (TRUE) yoki «lampa o‘chirilgan» (FALSE). Mantiqiy ma’lumotlarning informatikadagi ahamiyati beqiyos ekanligini informatika kursidan yaxshi bilasiz.
Oldingi mavzulardan birida o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi telefon ma’lumotnomasi jadvali berilgan edi. Lekin kundalik hayotda ancha murakkab tuzilishga ega bo‘lgan ma’lumotlar ombori bilan ish ko‘rish to‘g‘ri keladi. Berilgan axborotning mazmuni va undagi ma’lumotlarga ko‘ra ular turli ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin.
Ma’lumotlarni uch xil ko‘rinishda ifodalash mumkin: iyerarxik (shajaraviy), tarmoqli va relyatsion (jadvalli).
Bu turlarning har birini alohida ko‘rib chiqamiz.
Iyerarxik tizim jadvallardan tashkil topgan bo‘lib, unda axborotni izlash jarayoni oldindan berilgan tartibda «ko‘rib» chiqiladi. Iyerarxik tizimda elementlarni joylashtirishda dasturlashgan tartib mavjud. Har bir guruhda biror element asosiy, qolganlari unga nisbatan ikkinchi darajali xususiyatga ega bo‘ladi. Kerakli elementni tanlashi ma’lum ketma-ketlikda olib boriladi.
Ma’lumotlarning daraxtsimon joylashishiga ma’lumotlarning iyerarxik modeli deyiladi.
Ma’lumotlarning iyerarxik modeliga mos holda yaratilgan ma’lumotlar omboriga ma’lumotlarning iyerarxik ombori deyiladi.
Ma’lumotlarning iyerarxik tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma’lumotlar omborini boshqarishning iyerarxik tizimi deyiladi.
Quyidagi misol orqali iyerarxik tizimni ifodalash mumkin:


Iyerarxik tizimli jadvalning birinchisida qator nomeri unda joylashgan mahsulot turini izlashda kerar bo‘ladi. Ikkinchi va uchunchi sathdagi jadvalga esa har bir mahsulotning narxi haqidagi ma’lumot berilgan. Ma’lumotlar omborini iyerarxik tizim tartibida tashkil qilish foydalanuvchi uchun ma’lum qulayliklar yaratadi.
Tarmoqli tizim. Tarmoqli tizimli iyerarxik tizimga nisbatan ancha qulayliklarga ega, chunki bu tizimda ma’lumot (fayl) lar o‘rtasida ko‘p yo‘nalishli aloqalar o‘rnatish mumkin. Bunday aloqalar foydalanuvchiga kerakli ma’lumot (fayl) shajaraning yuqori sathlaridagi fayllarga murojaat bilmasdan topish imkonini beradi. Masalan, do‘kondagi mahsulotlar jadvali bilan mahsulotlar narxi jadvallari orasida bog‘liqlik o‘rnatilib, u kerakli mahsulot narxini topish imkon beradi.
Bir pog‘onadagi ma’lumotning boshqa pog‘onadagi ma’lumot bilan ikki yoki undan ortiq marta bog‘lanadigan turiga ma’lumotlarning tarmoqli modeli deyiladi.
Ma’lumotlarning tarmoqli tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma’lumotlar omborini boshqarishning tarmoqli tizimi deyiladi.
Relyatsion tizim. Relyatsion tizim 1970-yilda IBM firmasining xodimi E.F.Kodd tomonidan taklif etilgan bo‘lib, hozirgi paytda eng ko‘p tarqalgan tizimlar qatoriga kiradi. Chunki bu tizimda ma’lumotlar orasida eng qulay bog‘lanishlarni amalga oshirish mumkin.
Ma’lumotlarning relyatsion modeliga mos holda yaratilgan ma’lumotlar omboriga ma’lumotlarning relyatsion ombori deyiladi.
Ma’lumotning relyatsion tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma’lumotlar omborini boshqarishning relyatsion modeli deyiladi.
Ma’lumotlarning jadval ko‘rinishida saqlanishiga ma’lumotlarning relyatsion modeli deyiladi.
Relyatsion tizimdagi elementlarda shajaraning yo‘qligi tufayli bu qulaylikka erishiladi. Axborotni izlashda barcha elementlardan kalit sifatida foydalanish mumkin. Ya’ni ixtiyoriy tuzilishiga ega ma’lumotni ikki o‘lchamli jadval ko‘rinishiga keltirish mumkin.
Relyatsion tizim sifatida telefon ma’lumotnomasini tuzish masalasini ko‘rib chiqamiz. Masala, «har bir telefon nomeri ko‘rsatilgan abonentning manzili, uning kategoriyasi belgilangan ro‘yxatni tuzing» kabi o‘qiladi.
Nazorat savollari:
1. Ma’lumot tushunchasiga ta’rif bering.
2. Ma’lumotlar ombori deganda nimani tushunasiz.
3. Ma’lumotlar omborining asosiy tuzilmasi nima?
4. Ma’lumotlar omborining qanday turlarini bilasiz?
5. Maydonlar xususiyatiga va tarkibiga qarab qanday turlarga bo`linadi

11-MA’RUZA


Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi.

Reja:
1. Ma’lumotlar ombori.


2. Ma’lumotlar omborining turlari.
Shaxsiy kompyuterlar hisoblash texnikasi vositalarining Yangi sinfini tashkil etadi. Ular axborotlarni qayta ishlashning yuqori kafolatlanishi, arzonligi, ixchamligi, turli amallarni bajara olishi, kam elektr quvvatini sarflashi bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar kompyuterlar asosida keng vazifalarga mo‘ljallangan avtomatlashgan ishchi joylari (AIJ) ni yaratish imkonini beradi.
Kompyuterda ma’lumotlar omborini hosil qilish va ular bilan ishlash uchun maxsus dasturlar yaratiladi. Keyingi yillarda chiqarilayotgan kompyuterlarda amal bajarish tezligining juda kattaligi (100 mlrd/s) va uning xotirasi kengayganligi (40-60 Gb) katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan ma’lumotlar omborini yaratish imkonini bermoqda.
Kompyuterda ma’lumotlar omborini yaratish va uni ishlatishni belgilovchi ikkita omil mavjud: birinchi omil – qanday mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlar (ya’ni ularni tashkillashtirish) va ikkinchisi yig‘ilgan ma’lumotlardan qanday foydalanish kerakligidir. Masalan, xodimlar ro‘yxatini qayta ishlovchi turli xildagi dasturlar mavjud. Lekin bunday dasturlar biror kishining familiyasini izlash yoki u haqda biror ma’lumotni topishga (ajratishga) qarab bir-birdan jiddiy farq qiladi. Bundan tashqari, har bir berilgan soha uchun o‘zining dasturi ishlab chiqarilishi kerak. Masalan, kimyoviy moddalar haqidagi ma’lumotlar ombori uchun mo‘ljallangan dasturlar aaviapassajirlar ro‘yxatini qayta ishlash uchun umuman yaroqsizdir.
Ma’lumotlar omboridan foydalanishni tahlil qilish uchun quyidagi misolni ko‘rib chiqamiz. Siz uchun kerak bo‘lgan biror ma’lumot (hodisa yoki holat tahlili) berilgan darslikni yo‘q deylik. O‘qituvchining ko‘rsatmasiga ko‘ra, u falon muallifning kitobida mavjud va bu kitob siz o‘qiyotgan ta’lim kutubxonaga borasiz (bu yerda kitob ma’lumotlar ombori sifatida namoyon bo‘ladi). Lekin siz brogan paytdanoq kutubxona ma’muriyati kitobni (agar u kitob kutubxonada mavjud bo‘lsa) sizga bermaydi. Siz avval ana shu kutubxonadagi kitoblardan erkin foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lishingiz kerak. Buning uchun esa, ma’muriyatda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak. Ro‘yxatdan o‘tganingizdan keyin sizga kutubxonadagi kitoblardan foydalanish imkoniyati beriladi. Xuddi shuningdek, kompyuterdagi ma’lumotlar omboridan foydalanish uchun ham maxsus dasturiy vositalarning majmui – ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi yaratiladi.
Ma’lumotlar omboridan foydalanish uchun maxsus dasturlar yaratiladi va bunday dasturlar ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi deb ataladi.
Ma’lumotlar omborida axborotlar asosan matn va raqam ko‘rinishida saqlanadi.
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi vazifasiga ma’lumotlar omborini boshqarishning quyidagi xususiyatlari kirishi mumkin:

  • Ma’lumotlar omboriga kirish: foydalanuvchining talabiga javoban axborot turidan qat’i nazar unga qulay ko‘rinishda javob berish.

  • Ma’lumotlarni modifikatsiyalash: berilgan axborotni foydalanuvchi

talabiga mos holda (texnik imkoniyatlari hisobga olingan holda) o‘zgartirish.

  • Ishonchlilik darajasi: qurilmalar tasodifan to‘xtatilgan ma’lumotlar

omborining qayta tiklanish qobiliyati.

  • Ma’lumotlarni himoyalash: ma’lumotlar omboridan ruxsat (sanksiyasiz)

foydalanishning cheklanganligi.

  • Ma’lumotlar omboridan tarmoqda foydalanish: ma’lumotlardan bir

vaqtda necha kishining (bir-biriga xalaqit bermasdan) foydalanishi.
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi o‘zining ma’lum ko‘rinishidagi ichki tuzilishiga, amalga oshiruvchi amaliy dasturlarga bo‘lishi kerak.
Bunday dasturlar ikki turga: integrallashgan (umumlashtirilgan) va paketli dasturlarga ajratiladi.
Integrallashgan dasturlar avtomatlashgan ishchi joylari yaratishning asosini tashkil etadi. Bunday tizimlar quyidagilarni amalga oshirishni ta’minlaydi:
muammoli — yo‘naltirilgan axborotlarni kiritishning qulayligi;
— oldin kiritilgan axborotlardan foydalanishning yengilligi;
— murakkab strukturali hujjatlarni qayta ishlash va shakllantirish;
— shaxsiy kartotekalar, ishchi kalendarlar, yozuv daftarlari boshqa vositalarni yaratishning mumkinligi.
Hozirgi kunda integrallashgan dasturlarga nisbatan paketli dasturlardan ko‘proq foydalaniladi.
Keng tarqalgan paketli dasturlarga matnli axborotlarni qayta ishlash (Word), «Elektron jadvallar» va ma’lumotlar omborini qayta ishlash tizimlari misol bo‘ladi. Keng tarqalganligi bo‘yicha «Ishchi grafiklar» tizimi va kommunikatsiya tizimlari keyingi o‘rinda turadi.
Muayyan yo‘nalishdagi ma’lumotlar omborini boshqarish uchun mutaxassislar tomonidan dasturlar yaratiladi. Ularni foydalanuvchining tizim bilan muloqoti asosida ma’lum hujjatlarni yaratish yoki uni qayta ishlashda ko‘riladigan tipik vazifalar (imkoniyatlar majmui) yoritib beriladi.

14-MA’RUZA


MS Accessda jadvallarni o’zaro bog’lash.

Reja:
1. MS Accessda jadvallar hosil qilish.


2. MS Accessda jadvallarni bog‘lash usullari.
3. MS Accessning Конструктор таблиц bo‘limi haqida
Axborot texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o’zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o’z vaqtida qayta ishlash choralarini qidirib topishga undaydi. Ma’lumotlarni saqlash uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasi (MB) ni yaratish, so’ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo’lib kelmoqda.
Ma’lumotlar bazasi-bu o’zaro bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo’lib, u ko’rilayotgan ob’ektlarning xususiyatini, holatini va ob’ektlar o’rtasidagi munosabatni ma’lum sohada tavsiflaydi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida MBda kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muhim rol’ o’ynaydi. Sababi: jamiyat taraqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o’zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasi.
Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko’rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilar-ki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o’rinli bo’lardi. Har bir Yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilanar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. SHuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhm shartni hisobga olmoq zarur:
Birinchidan, ma’lumotlar turi, ko’rinishi, ularni qo’llaydigan dasturlarga bog’liq bo’lmasligi lozim, ya’ni MBga Yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o’zgartirganda, dasturlarni o’zgartirish talab etilmasligi lozim.
Ikkinchidan MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror dastur tuzishga‚ hojat qolmasin.
SHuning uchun‚ ham MBni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so’zini ma’lumot so’zidan farqlaymiz, ya’ni axborot so’zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz.
Bugungi kunda ma’lumotlarni eng ishonchli saqlaydigan vositalardan biri esa hozirgi zamon komp’yuterlaridir. Komp’yuterlarda saqlanadigan MB bu maxsus formatga ega bo’lgan muayyan tuzilmali fayl demakdir. Komp’yuter xotirasida har bir fayl, yozuv deb ataladigan bir xil turdagi qismlardan iborat bo’ladi. Yozuv-o’zaro bog’langan ma’lumotlarning bir qismidir. Fayldagi yozuvlar soni, qaralayotgan ma’lumotning o’lchoviga bog’liq. Har bir yoeuv esa maydon deb ataladigan bo’laklardan tashkil topadi. Maydon ma’lumotlarning, imkoni boricha, qisqa to’plamidan iborat bo’lishi lozim. Har bir maydon, o’zi ifodalaydigan ma’lumotlariga ko’ra, biror nomga ega bo’ladi. Fikrimizni misol bilan ifodalashga harakat qilamiz.
Masalan, biror Oliy o’quv yurtining aniq fakul’tetida tahsil olayotgan biror gurux talabalari to’g’risidagi ma’lumotlar bitilgan quyidagi jadvalni ko’raylik:

Familiyasi

Ismi

Tug’ilgan sanasi



Guruxi



Turar joyi



Qizqqan fani

Ochilov

Alisher

2.05,1978

5— M

TS-1,15

Matem.

Qobulov

Farhod

2.12.1982

6—E

I.Sino,1

Adabiyot

Aminov

San’at

3.6.1980

5— m

TS—2,12

Tarix

Toliev

Jasur

24.51979

6—E

Beruki,2




Bu misolda 4ta yozuv bo’lib, ularning har biri 6 ta maydondan iborat. Mazkur maydonlarning har biri mos ravishda «familiyasi», «ismi» «Tug’ilgan sanasi», «Guruxi», «Turar joyi va qiziqan fani» deb nomlangan. Demak, yozuvdagi maydonlar soni yozuvga kiritiladigan ma’lumotlar hajmiga bog’liq. Fayldagi bu yozuvlar birlamchi hisoblanadi. CHunki biror yozuvdagi ixtiyoriy ma’lumotni boshqa yozuvdagi ma’lumotlar bilan taqqoslab aniqlash mumkin emas. Shuning uchun xam bizga kerakli bo’ladigan ikkalamchi yozuvlarni esa faqat amaliy dasturlar yordamila olish mumkin bo’ladi. Modomiki shunday ekan, MB tashkil qilish, ularga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va mavjud MBdan foydalanish uchun maxsus MBlar bilan ishlaydigan dasturlar zarur bo’ladi. Bunday dasturlar majmui ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) deb yuritiladi. Aniroq qilib aytganda, MBBT-bu ko’plab foydalanuvchilar tomonidan MBni yaratish, unga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va MBni birgalikda ishlatish uchun zarur bo’lgan dasturlar majmuidir. MBBTning tarkibida asosiy komponenti-bu ma’lumotlar bo’lsa, boshqa komponenti foydalanunchilar, Hardware— texnik va Software—dasturiy ta’minoti hisoblanadi. Hardware tashqi qo’shimcha xotiradan (disk, magnit lentasi) iborat bo’lsa, dastur qismi esa MB bilan foydalanunchi o’rtasidagi muloqotni tashkil qilishni amalga oshiradi. MBning tuzilishi o’rganilayotgan ob’ektniig ma’lumotlari ko’rinishi, ma’nosi, tuzilishi va hajmiga bog’liq bo’ladi.
Odatda, foydalanuvchilar quyidagi kategoriyalarga bo’linadilar:
• foydalanuvchi-dastur tuzuvchi,
• tizimli dastur tuzuvchi,
• ma’lumotlar bazasi administratori.
Bunda dasturchi tuzgan foydalanunchi MBBT uchun yozgan dasturiga javob beradi, tizimli dastur tuzuvchi esa butun tizimning ishlashi uchun javobgar hisoblanadi. U holda MB administratori tizimning saqlanish holatiga va ishonchliligiga javob beradi.
MBBT quyidagicha tavsiflanadi:
• Ispolnimost’—Bajarilishlik, foydalanuvchi so’roviga hozirjavoblik bilan muloqotga kirishish
• Minimal’naya povtoryaemost’-Minimal takrorlanishlik MBdagi ma’lumot iloji boricha kam takrorlanishi lozim, aks holda ma’lumotlarni izlash susayadi.
• YAxlitlik-axborotni MBda saqlash iloji boricha ma’lumotlar orasidagi bog’liqlikni asragan holda bo’lgani, ayni muddao.
• Bezopasnost’-xavfsizlik MB ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli‚ himoya qilingan bo’lishi lozim.
Faqat foydalanuvchi va tegishli tashkilotgina ma’lumotlarga kira olish va foydalanish o’qishga egalik qilishi mumkin.
Migratsiya-ba’zi bir ma’lumotlar foydalanuvchilar tomonidan tez ishlatilib turiladi, boshqalari esa faqat talab asosida ishlatiladi. SHuning uchun ma’lumotlarni tashqi xotiralarda joylashtiriladi va uni shunday tashkil qilish kerakki, eng ko’p ishlatiladigan ma’lumotlarga murojaat qilish qulay bo’lsin.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida har bir MB modeli quyidagi xususiyatlari bo’yicha tavsiflanadi;
1. Ma’lumotlar tuzilmalarining turi.
2. Ma’lumotlar ustida bajariladigan amallar.
Z. Butunlikning cheklanganligi.

Nazorat savollari:


1. MOni yaratishning muhim shartlari nimalardan iborat?
2. MOBT qanday tavsiflanadi?
3. MO modeli xususiyatlari nimalardan iborat?
4. Foydalanuvchilar qanday kategoriyalarga bo’linadilar?

14-MA’RUZA


MS Accessda jadvallarni o’zaro bog’lash.

Reja:
1. MS Accessda ma’lumotlar omborini hosil qilish.


2. Ma’lumotlar omborining turlari.
3. Tahrirlashda formalardan foydalanish.
MBBT Access ning barcha vazifalari va imkoniyatlari o’rganib uni ishlatish texnologiyasi bilan tanishib chiqamiz, hamda olib boriladigan amaliy mashg’ulotlarni shu MBBT da tashkil etishni tavsiya qilamiz. Buning uchun avval,Microsoft Office bajaradigan vazifalari, uning darchasi va ish yurituvchi asosiy ob’ektlari bilan yaqindan tanishishga o’tamiz.

Microsoft Office ish darchasi


Microsoft Office tarkibidagi Microsoft Access piktogrammasi ustida «siqoncha» chap tugmasini 2 marta bossak, ekranda Access darchasi paydo bo’ladi (1-rasm):

Darchaning birinchi satrida MBBT nomi Microsoft Assess deb ifodalangan,
ikkinchi satrda esa tavsiyanoma punktlari: Fayl Pravka Vid Vstavka Servis Okno Spravka;
Uchinchi satrida standart paneli piktogrammalari joylashgan.
Darchaning keng qismi ishchi maydon hisoblanadi. Ishchi maydonda yuqoridagi muloqot darchasi‚ hosil bo’ladi. Bu darcha yordamida biz Yangi MBni tashkil qilishimiz yoki mavjud MB ochib ular ustida ishlashimiz mumkin.
Assess 2002 (umumlashgan lahjasi) darchasi 6 ta ob’ektdan iborat bo’lib, asosan shular bilan ish yuritiladi. Bular: Tablitsa (jadval), Zapros (so’rov) Forma (forma). Otchet (hisobot), Makros (makro buyruq) va Modul.

2-rasm
Jadval MBning ma’lumotlar saqlaydigan asosiy ob’ekti;
Zapros(so’rov)-MB dagi ma’lumotlarni tartiblash, biror kerakli ma’lumotni qidirib topish kabi vazifalarni bajaradi.
Formi(forma)-MBga Yangi ma’lumotlar kiritadi, yoki joriy MBdagi ma’lumotlar ustida foydalanunchi uchuya qulay bo’lgan turli—tuman shakldagi formalar yaratadi. Demak, forma ekran ob’ekti bo’lib elektron blank tarzida ifodalanib, unda ma’lumotlar kiritiladigan maydon mavjud va shu maydonlarga kerakli ma’lumotlar joylashtiriladi va jadval shu tariqa hosil qilinadi.
Otchyot(hisobot-MB tarkibidagi ma’lumotlardan keraklisini printerga chiqaruvchi qog’ozdagi asosiy hujjat.
Makrosi(makrobuyruqlar)-bir qator buyruqlar majmui asosida hosil bo’lgan makrobuyruq bo’lib, foydalanunchi tomonidan jadval tuzishda juda qiyin almashadigan jarayonlarni echadi.
Modul-Visual Vasis dasturlash muhitida yozilgan dastur bo’lib, nostandart operatsiyalarni foydalanunchi tomonidan bajarilishiga imkon yaratadi,
Sanab o’tilgan ob’ektlar ustida ishlash uchun darchaning o’ng tomonida Otkrit’ (0chish), Konstruktor va Sozdat’ (yaratish) degan tugmachalar joylashgan. Demak, bu tugmalar Assess ning ishlash tartibini ifodalaydi.
Otkrit’ tugmasi bosilsa, joriy ob’ekt ko’z oldimizda namoyon bo’ladi. Agar bu ob’ekt jadval bo’lsa, uni ko’rib Yangi ma’lumotlar kiritish yoki avvalgisini o’zgartirish imkoniyati‚ hosil bo’ladi (3-rasm).
3-rasm
Konstruktor tugmachasi bosilsa, u holda ob’ektning tuzilmasi namoyon bo’ladi. Agar ob’ekt jadval bo’lsa, unga Yangi maydon kiritish yoki olib tashlash mumkin. Bordiyu forma bo’lsa, u holda boshqarish elementlarini tashkil etadi. Ammo bu hol foydalanuvchilar uchun emas, balki MBni tashkil etuvchilarga ko’proq foydali.
Sozdat’ tugmasi bosilsa, u holda Yangi ob’ektlar tuzish, uni boshqarish lozim bo’ladi.
Xullas, ana shu sanab o’tilgan tartib (rejim) lar asosida ob’ektlar ustida quyidagi turda ish bajariladi:
• mexanik usul bilan,
• avtomatlashtirilgan holatda
• jadval ustasi (master) yordamida.
Jadval tuzish
Jadval tuzish-bu ma’lumotlarning eniga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda u I-ning maydonlarini ifodalash. Bu jarayon MB darchasida Sozdat’ tugmasini bosish bilan boshlanadi va ekranda quyidagi muloqot darchasi paydo bo’ladi:
.
Bunda jadval tuzishniig bir qator usullari taklif qilinadi:

1. Rejim tablitsi (Jadval holatida).


Bunda jadval tuzish odiy mexanik usulda yaratiladi va ekranda formal nomlarda jadval maydonlari paydo bo’ladi. Maydon 1, Maydon 2, Maydon 3, va standart matnli maydon turi akslanadi (4—rasm):
2. Konstruktor holatida jadval yaratish.
Konstruktor holatini tanlasak u holda maydonlar nomi ularning turi va xossalari kabi parametrlarni kiritish mumkin bo’lgan muloqot darchasi paydo bo’ladi. Ushbu muloqot darchasida bu parametrlar barchasi klaviatura yordamida qo’lda kiritiladi yoki keraksiz maydonlar olib tashlanadi, yoxud ba’zi maydonlarning turini o’zgartirish kabi amallarni bajarish mumkin bo’ladi.

5-rasm
3. Master tablits (jadval ustasi) bilan jadval tuzish.
Jadval ustasi bilan ish yuritganda ekranda hosil bo’lgan muloqot darchasida namunaviy jadvallar ro’yxati va bu jadvallarga mos bo’lgan namunaviy jadval maydonlari foydalanuvchiga taklif etiladi. Foydalanunchi bu muloqot darchasida mavjud bo’lgan ixtiyoriy jadval va uning maydonlarini tanlab olib (maydonlarning nomini o’zgartirishi mumkin) Yangi jadval tuzishi mumkin. Bunda maydonlarning turi ham avtomatik ravishda maydon nomiga mos holda tanlanadi (6—rasm).

6- rasm.
Xullas, maydon turini o’zgartirish zarur bo’lsa, konstruktor holatidan foydalanib o’zgartirish mumkin.
4. Import (Boshqa ma’lumotlar bazasi)dan jadvalni tanlash
Bunda import qilinuvchi jadvalni tanlash uchun muloqot darchasida import qilinuvchi MB tanlab olinada va undan foydalanuvchiga kerak bo’lgan maydon bo’yicha ma’lumotlar ajratib olanishi mumkin.
5. Svyaz’ s tablitsami (Tashqi fayllardagi MB jadvallari bilan bog’lanish)
orqali Yangi jadvallar tuzish.
Bunda ham yuqoridagi kabi muloqot darchasida o’zaro aloqa o’rnatilishi zarur bo’lgan MB tanlab olinadi.
Nazorat savollari:
1. MOni yaratishning muhm shartlari nimalardan iborat?
2. MOBT qanday tavsiflanadi?
3. MO modeli xususiyatlari nimalardan iborat?
4. Foydalanuvchilar qanday kategoriyalarga bo’linadilar?

15-ma’ruza






Reja:
1. Ma'lumotlar omborini ishlab chiqish
2. Ma'lumotlarni tashkil etishning uch xil usuli
Ma'lumotlar deb ma'lum bir shaklga qayd qilingan, qayta ishlash, saqlash, va uzatish uchun yaroqli bo'lgan voqelikka aytiladi.
Borliqni ma'lum bir sohasi bo'yicha birlashtirgan ma'lumotlar to'plami ma 'lumotlar ombori deb yuritiladi.
«Ma'lumotlar ombori» deyilganda ma'lum bir obyekt holatini aks ettiruvchi o'zaro bog'langan ma'lumotlar to'plamining avtomatik tarzda ishlashini ta'minlovchi tizim tushuniladi.
Ma'lumotlar bazasi - bu o'zaro bog'langan va tartiblangan ma 'lumotlar majmuasi bo 'lib, ko 'rilayotgan ob 'ektlarning xususiatini, holatini va ob 'ektlar o'rtasidagi munosabatni ma 'lum sohada tavsiflaydi Ma'lumotlar omborini boshqarish sistemasi deb, ma'lumotlar omborini yaratish, ishlatish va ko'pchilik foydalanuvchilar tomonidan birgalikda foydalanishni ta'minlovchi tillar hamda dastur ta'minotlari to'plamiga aytiladi.
Ma’lumotlarning turlari
Kompyuterlarda qayta ishlanadigan ma’lumotlar o‘z ichiga turli kasb egalariga kerakli bo‘lgan ma’lumotlar bilan ish yuritadi. Bunday ma’lumotlarning eng asosiylari sonli (raqamli) va belgili (matnli) axborotlar hisoblanadi. Odatda, har qanday axborot tizimini yaratish uchun bu ikki turdagi ma’lumot shakli yetarlidir, chunki foydalanuvchiga yetkazilmoqchi barcha axborot raqamlar yoki so‘zlardan iborat bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da, axborotlar tizimini yaratuvchi yana ikkita ma’lumot turi – sanalar va mantiqiy o‘zgaruvchilardan xabardor bo‘lishi lozim.
Ma’lumotlarning turlarini ko‘rib chiqamiz.
Belgili ma’lumotlar. Har qanday belgili ma’lumotning qiymati ixtiyoriy uzunlikdagi alifbo – raqamli belgilar majmuidan iborat masalalan, «5», «Vatan», «10+25», …). Ma’lumotlarni bunday ifodalash eng ko‘p tarqalgan. Belgili ma’lumotning qiymati «1055» gat eng bo‘lsa, mashina bu qiymatni osongina songa aylantirib olishi ham mumkin.
Ko‘pgina tizimlarda belgili ma’lumotning uzunligi 255 belgi bilan chegaralangan. Lekin ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi axborotlar tizimi yaratuvchilariga keng imkoniyatlar ochib bermoqda. Hozirgi paytda ikki o‘lchamli jadvallardan, ba’zi tizimlarda belgili ma’lumot qiymati sifatida uzunligi 30 yoki 40 belgi bo‘lgan biror turdagi fayl nomini yozish imkoniyatlari mavjud.
Bu nom orqali ixtiyoriy uzunlikdagi obyektning biografiyasining o‘z ichiga olgan matnli fayl yoki obyektning fotosuratini ko‘rsatuvchi grafik fayl ochish mumkin.
Bundan tashqari hozirgi zamon tizimlarida belgili ma’lumot sifatida ixtiyoriy tuzilish va uzunlikdagi (shu jumladan, tasvir va ovoz) obyektlar saqlanishi mumkin.

Download 21,76 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Download 21,76 Mb.