Yacheyka — bu jadvaldagi manzili ko’rsatiladigan hamda bir qator va bir ustun kesishmasi oralig’ida joylashgan elementdir. Yacheyka kesishmalarida hosil bulgan ustun va kator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi.
Masalan, A — ustun, 4 — qator kesishmasida joylashgan yacheyka — A4 deb nom oladi. Yacheykaga sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin.
Bir necha yacheykalardan tashkil topgan guruh diapazon deb ataladi. Diapazon manzilini ko’rsatish uchun uni tashkil etgan yacheykalarning chap yuqori va o’ng quyi yacheykalar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi. Masalan: A1:A4
Ishchi jadvallarni ko’rib chiqishda yoki yacheykalarni bichimlashda ish olib borayotgan diapazonning manzilini bilish shart emas, lekin formulalar bilan ishlayotganda bu narsa juda muhimdir.
MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish
MICROSOFT EXCEL dasturini bir necha usul bilan ishga tushirish mumkin:
1. Ish stoli menyusidan quyidagilarni bajarish orqali:
«Pusk»—«Programmы»—«MICROSOFT OFFICE»— «MICROSOFT EXCEL»
MICROSOFT EXCEL da yozilgan ixtiyoriy hujjatni ochish yordamida bunda EXCEL dasturi avtomatik ravishda ishga tushiriladi.
MICROSOFT EXCEL ishga tushirilgandan so’ng ekranda ikkita darcha hosil bo’ladi: ilovalar darchasi va hujjatlar darchasi
Ilovalar darchasining asosiy elementlari
1. Sarlavhalar qatori. Bunda dasturning nomi, joriy (ayni vaqtda ish yuritilayotgan) ishchi kitobining nomi beriladi.
Shu qatorning o’ng yuqori burchagida darchaning tashqi ko’rinishini o’zgartiruvchi uchta boshqaruv tugmasi joylashgan.
|
|
Ish olib borilayotgan ekranni (dasturni) vaqtincha yopish. Bunda yopilgan dastur «Pusk» menyusi qatorida paydo bo’ladi.
|
|
|
Ish olib borilayotgan muloqot darchasini ekranda to’liqyoki dastlabki holatga keltirish tugmasi
|
|
|
Ish olib borilayotgan muloqot darchasini yopish tugmasi
|
2. Menyu qatori (gorizontal menyu). Unda quyidagi bo’limlar mavjud: «Fayl» (Fayl), «Pravka» (To’g’rilash), «Vid» (Ko’rinish), «Vstavka» (Qo’yish), «Format» (Bichim), «Servis» (Hizmat ko’rsatish), «Dannыe» (Ma'lumotlar), «Okno» (Oyna), «Spravka» (Ma'lumotnoma). Ulardan biri bilan ishlash uchun qatordagi ixtiyoriy bo’lim ustiga sichqoncha ko’rsatkichini olib kelib bosiladi, natijada tanlangan bo’lim menyusi elementlari ro’yxati ochiladi. Menyular bilan ishlash MICROSOFT EXCEL ning asosiy buyruqlarini berish usullaridan biri hisoblanadi.
3. Uskunalar paneli.
a) Standart uskunalar paneli - buyruqlarni ko’rsatuvchi, gorizontal menyuning standart buyruqlarini takrorlovchi tugmalardan (piktogrammalar)dan iborat.
b) Bichimlash uskunalari paneli - buyruqlarni ko’rsatuvchi va kiritilayotgan axborotlarni bichimlashga imkon beruvchi tugmalardan iborat.
4. Formulalar qatori - MICROSOFT EXCEL ga ma'lumotlar kiritilayotganda barcha axborotlar, matnlar, sonlar va formulalar mana shu qatorda aks ettiriladi.
5. Nom maydoni. Bu maydonda joriy ishchi kitobning faol yacheykalarining manzili va nomi ko’rsatiladi. Nom maydoni diapazon (yacheykalar guruhi)ga yoki tanlangan yacheykaga tezda nom berish uchun ham ishlatiladi. Agar sichqoncha ko’rsatkichini nom maydonidan o’ng tomonda joylashgan strelka ustiga olib borib sichqonchaning chap tugmasini bossak, unda faol ishchi kitobidagi nomlangan yacheykalar va diapazonlarning ( agar ular mavjud bulsa) hamma nomlarini birma-bir ko’rib chiqish mumkin.
Holat qatori. Unda yacheykaga tegishli turli ma'lumotlar ko’rsatiladi.
Formula — kiritilgan sonli qiymatlar asosida Yangi qiymatlarni hisoblovchi tenglamadir. Formulalar har doim «=» belgisini qo’yish bilan boshlanadi. Formulalar yordamida elektron jadvalda ko’pgina foydali ishlarni amalga oshirish mumkin. Elektron jadvallar formulalarsiz oddiy matn muharririga aylanib qoladi. Formulalarsiz elektron jadvallarni tasavvur qilish qiyin.
Jadvalga formulani qo’yish uchun uni kerakli yacheykaga kiritish kerak. Formulalarni ham boshqa ma'lumotlar singari o’zgartirish, saralash, ulardan nusxa ko’chirish va o’chirish mumkin. Formuladagi arifmetik amallar sonli qiymatlarni hisoblashda, maxsus funksiyalar matnlarni qayta ishlashda hamda yacheykadagi boshqa qiymatlarni hisoblashda ishlatiladi.
MS Excelda matematik masalalarni yechish
MS Excel 2010 elektron jadvalida Yangi interfeysi asosida tasma (ingliztilida “Ribbon”) deb iy oynaning nomlanuvchi yuqori qismida va joylashgan ko‘p varaqli soha joylash
MS Excel 2010 ning tasmaning har bir bo‘l bajarishga mo‘ljallangan tugmalar
Главная–jadvallardagi ma’lumotlarni mo‘ljallangan;
Вставка–jadvalga biror rasm, diagramma kabi obyektlarni joylashtirishga mo‘ljallangan;
Разметка страницы-jadval varaqlarini bosmaga chiqarish uchun sahifalarning chegaralari va boshqa parametrlarini belgilash uchun mo‘ljallangan;
Формулы–jadvallardagi hisoblashlarni amalgam oshiruvchi har xil formulalardan foydalanish uchun mo‘l
Данные-jadvallarning ustun va satrla saralash, nusxalarini ko’paytirish axboratlarni kiritish;
Рецензирование–matn xatolarini tuzatish va hujjatlarni tahrirlash;
Вид–jadvallarni ekranda turlicha namoyish qilishga moslashtirish.
Bosh oynaning yuqori chap burchagida tez-tez ishlatiluvchi murojaatni osonlashtiruvchi bu panel yerda xotirada mavjud saqlash, oxirgi bo‘li amalni bekor qilish kabi amallarni tez va oson bajarish mumkin.
Ushbu panelga Yangi buyruqlar kiritish orqali imkoniyatini oshirish mumkin.
Tasmaning tagida electron jadvalning ishchi sohasi joylashgan. Jadval ko‘rinishida berilgan fayl Excelda kitob (Книга)deb ataladi. Kitob esa varaq (Лист)lardan tashkil topgan. Stand zaruriyat tug‘ilganda ko‘paytirili MS Excel 2010 ning standart varag‘I harf ustun va raqamlar orqali ifodalanuvchi 1 0 ustunlar A harfidan boshlanib XFD bilan tugallanadi. Varaqdagi alohida olingan har bir katak A3, o‘z C45 nomiga ega bo‘l Qaralayotgan katakni faollashtirish uning ustida sichqonchaning chap tuqmasini bosish orqali amalgam oshiriladi. Jadvalning tagida holat satri bo‘lib,ishchi u yerda sohaga tegishli ma’lum.
Jadvalga qiymat kiritib, amall, shichqoncha orqali (masalanB2:F5) bloklarni ajratib olish mumkin.
Amaliy ish:
Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:
1-mashq. B1 katakka 231 ini, B2 katakga 569 ni kiritib, ularning yig‘indisini B3da hosil qiling.
Bajarish: B3 katakka = belgisini yozish orqali MS Excel 2010 kiritish rejimiga o‘tadi. So‘ngra B1 katak sichqoncha ustida bosilganda, ushbu manzil B3 da hosil bo‘ladi. Na kiritilib, keyinB2katakustidayanasichqonchaning chap tugmasibosiladi. NatijadaB3 da B1+B2 yozuvi paydo Enter tugmasi bo‘ladi bosilgandan. so‘ng, bajarilgan B3da amal hosil, Formulalar natijasi bo‘lib satrida
=B1+B2 ifoda yoziladi
Nazorat savollari !
1. EXCEL dasturi nima va nima uchun ishlab chiqilgan?
2. EXCEL da ma'lumotlar qanday ko’rinishda yoziladi?
3. Elektron jadvallar yacheykalari necha xil bo’ladi?
4. Formulalar nima va ular qayerda yoziladi?
5. EXCEL ning asosiy ish ob'ekti nima?
6. Ishchi kitob nima va u nimalarni o’z ichiga oladi?
7. Elektron jadvalning asosiy elementlarini aytib bering.
2-MA’RUZA
Murojaatdan foydalanib amal bajarishda nusxalashning afzalligi.
Reja :
1. MS Excel electron jadvallarini nusxalashning o’ziga xos xususiyatlari
2. MS Excel electron jadvalida matn ko’chirishni amalga oshirish
3. Sonni darajaga ko’tarish amali haqida
4. Sonning darajaga ko’tarishni hisoblovchi jadval hosil qilish
Murojaatdan foydalanib amal bajarishda nusxalardan foydalanish orqali, bajariladigan amallarni bir munchga osonlashtirish imkoniyati mavjud. Murojaatlardan foydalanib nusxalashning afzalliklarini quyidagi mashqlarda ko‘rib o‘tamiz.
1-mashq. a sonini 9 chi darajasigacha hisoblash.
Bajarish:
o‘nta ustun va oltita satrli jadval hosil qilamiz;
birinchi satr kataklari tugmasi yordamidaBerilgan birla sonning darajalarinimatniyoziladi; hisoblash”
A ustunga a soninig qiymatlari kiritiladi;
MS Excelning Вставка-вставкаформулу ketma-ketligini tanlab, a ning quyidagi darajalarini yozamiz:
B4 katakda berilgan sonning=$A4*A4kvadratiamali bajariladi. Ushbu katakning o‘ng pastki burchagiga sichqonchaning ko‘rsatkichini keltirib, chap tugmasi bosilgan holda ustun bo‘yicha pastga qarab siljitiladi va B7 katakda to‘xtatiladi;
B7 katakning o‘ng pastki burchagiga sichqonchaning ko‘rsatkichi keltirilib, chap tugmasi bosilgan holda B7:I7 oraliqda siljitiladi. Natijada quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi:
MS Excel 2010 da sodda va murakkab funksiyalarning grafiklari menyuning Вставка bo‘limi График bandi orqali hosil qilinadi. Sodda va murakkab funksiyaning grafiklarini hosil qilish jarayonini quyidagi mashqlarda ko‘rib chiqamiz.
1-mashq. z=a+bx+cx2+dx3funksiyaning grafigini hosil qilish. Bajarish:
A 1:D1 kataklarida a,b,c,d koeffitsiyentining quyidagi qiymatlari kiritiladi:
A2:E2 kataklarda x ning qiymatlari 0; 0,1; 0,2; 0,3; 0,4 kiritiladi;
A3:E3 kataklarda mos ravishda x ning qiymatlari uchun, masalan,
A3 da =$A1+$B1*A2+$C1*A2*A2+$D1*A2*A2*A2 qaralayotgan formulaning x=0dagi qiymati hosil bo‘ladi. Qolgan nuqtalarga nisbiy murojaat yordamida davom ettiriladi;
A2:E3 kataklar bloki ajratib olinadi;
A3:E3 kataklar belgilab ajratib olingandan so‘ng, MS Excel 2010 ning tasmasidan Вставить-Диаграммы-Точечная ketma-ketligi bajariladi.
Hosil bo‘lgan grafik ustiga xning qiymatlarini chiqarish uchun grafik ustiga o‘ng tugma bosilib, Добавить подписи данных bandi tanlanadi. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
Nazorat savollari !
MS Excel 2010 elektron jadvallarini nusxalashning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntiring.
MS Excel 2010 elektron jadvalida matn ko‘chirish qanday amalga oshiriladi?
3 soninig 10 darajasigacha hisoblovchi jadval hosil qiling.
O‘quv qurollarini harid qilish jadvalini hosil qiling.
1+22+33+44 ifodani MS Excel 2010 da hisoblang.
3-MA’RUZA
Boshqa varaq yoki kitobga murojaat.
Reja :
Varaqlarni bog’lash usullari
Kitoblarni bog’lash usullari
3. O’quvchilarning barcha fanlardan olgan baholarini alohida jadvallar hosil qilib, ularni bitta jadvalda birlashtirish
Excelda ishlash jarayoning – ishchi kitoblar bilan ishlsh demakdir va ular alohida oynada hosil bo’ladi. Joriy katak indekatori- bu joriy katakni ajratuvchi quyuq qora to’rtburchakdir. Ayrim hollarda uni jadval kursori deb ham yuritiladi.
Satr nomeri- “лист”larni satrlari 1 dan 65536 gacha nomerlangan. Biror satrning barcha kataklarini ajratish uchun satr nomerini bosish yetarli.
“Лист”larning yorliqlari- ishchi kitob ixtiyoriy sondagi “лист”lardan tashkil topgan bo’lib, har bir “лист” o’zining yorlig’iga ega. Bu yorliqlar bir “лист”dan ikkinchisiga o’tish uchun xizmat qiladi. Yorliqda “лист”larning nomi ko’rsatilgan bo’ladi.
Yangi ishchi kitobni hosil qilish- Excel dasturi ishga tushirilganda avtomatik ravishda “книга1” nomli Yangi ishchi kitob hosil bo’ladi. Bu ishchi kitob vaqtincha faqatgina kompyuter xotirasida saqlanadi, ammo qattiq diskda saqlanmaydi. Excelda har bir ishchi kitob 16 ta “лист”dan tashkil topgan. Hoxishga qarab yana ishchi varaqlarni qo’shish imkoniyati mavjud. Создать tugmasini bosib Yangi ishchi kitob hosil qilish mumkin.
Ishchi kitobni saqlash – o’zgartirish kiritilgan fayllarni imkon boricha tez-tez saqlagan ma’qul.
Excelda ishchi kitobni saqlashning bir necha usuli mavjud:
Файл = Сохранить buyrug’ini bajarish
Сохранить tugmasini bosish
Сохранить как buyrug’ini bajarish
Yoki F12 tugmasini bosish.
Ishchi kitobni yopish
Файл = Закрыть buyrug’ini berish
X sarlavha satridagi yopish tugmasini bosish
Ctrl +F4 tugmasini bosish.
Mashq. z=a+bx+cy va z=ax2+bxy+cy2 funksiyalarning grafiklarini hosil qilish.
Bajarish:
A1:C1 kataklarida a,b,c koefisiyentning qiymatlari:
Chap tomondagi chizma uchun O‘ng tomondagi chizma uchun
Qiymatlar kiritiladi.
A2:E2 kataklarda xning qiymatlari 0; 0,1; 0,2; 0,3; 0,4 kiritiladi;
A2:A6 kataklarda yning qiymatlari 0; 0,1; 0,2; 0,3; 0,4 kiritiladi;
A3:E7 va kataklarda mos ravishda xning qiymatlari uchun, masalan
A4 da =$A1*A2*A2+$B1*A2*A4+$C1*A4*A4 qaralayotgan formulaning x=0, y=0,1dagi qiymati hosil bo‘ladi. Qolgan nuqtalarga nisbiy murojaat yordamida davom ettiriladi. Bu yerda $ harfi ushbu katakka absolut(qo‘zg‘almas) murojaat ekanligini bildiradi;
A3:E7 kataklar belgilab ajratib olingandan so‘ng Excel 2010 panelida Вставить bo‘limining “tasma”sida Поверхность tugmasini bosib, qaralayotgan ifodalarning chizmalarini hosil qilamiz:
MS Excel 2010 ning yana bir qulayliklaridan biri bu, boshqa varaq yoki kitoblarga murojaat qilinib, bog‘lanish ular qilish mumkin. Varaq va kitoblarga murojaat qilish usullarini quyidagi mashqlarda ko‘rib o‘tamiz.
Nazorat savollari !
Varaqlarni bog‘lash usullari
Kitoblarni bog‘lash usullari
Uchunchi varaqning B4 katagida birinchi varaqning C3 katakdagi va ikkinchi varaqning D6 katakdagi sonlarning yig’indisini toping.
4-MA’RUZA
Funksiya argumenti oynasi
Reja :
1. Мастер функций buyrug’i bandlari haqida ma’lumot
2. Funksiyaning argumentlari haqida ma’lumot
3. Мастер функцийdan foydalanib berilgan sonlarning eksponentasini hisoblashni o’rganish.
MS Excel 2010 da ishlatiluvchi funksiyalar mazmunan bir-biridan keskin farq qilishi mumkinligidan ularning argumentlari ham o‘znavbatida turli ko‘rinishda berilishi mumkin.
Masalan, Математические qismida функции cos(x) funksiyasida argument bitta haqiqiy qiymatdan iborat bo‘ladi va burchakning qiymati radianda beriladi:
Логические qismidagi функции ЕСЛИ funksiyasida argument mantiqiy ifoda bo‘lib, uning faqat” yoki ikkita“yolggaqiy ko‘raikki xil natijaga ega bo‘lishimiz mumkin:
Мастер функций oynasida birinchi qadamda kerakli funksiyani kiritib Найти tugmasi yordamida izlab topiladi, ikkinchi qadamda ushbu funksiyaga murojaat etib, argumentlariga qiymatlar beriladi. So‘ngra tanlab olingan funksiya kerakli katakka joylashtiriladi:
Mashq. O‘quvchilarning fanlardan olgan baholarini kitoblarning jadvallar yordamida hosil qilish.
Bajarish:
o‘quvchilarning fanlardan olgan baholarini kitob jadvalida bog‘lanish hosil qilish bo‘yicha o‘quchilarning uchun baholari har alohida ishchi kitoblarda hosil qilinadi (matematika, fizika, Informatika):
ushbu uchta jadvalni o‘quchilar baholarini aks ettiradigan alohida umumiy fanlar ishchi kitobda umumiy jadval hosil qilinadi:
alohida fan (umumiy fanlar jadvali fayli) kiritilgan ishchi kitob ochilib, baholar kiritilgan kataklar belgilanib nusxalanadi (Копировать). Umumiy ishchi kitobdagi mos fan kataklari belgilanib, Maxsus qo‘yish (Специальнвста) bo‘limi tanlanib, o‘yish ( Вставить bog‘la связь)tugmasi bosiladi.
Excelda tayyorlanadigan ma’lumot to‘ldirishligini yuqorida aytib o‘tdik. Ba’zan kataklar ustida ayrim hisoblashlarni bajarib formulalardan foydalaniladi.
Buning uchun MS Excel 2010 tasmasidagi Формулы bo‘limiga murojaat qilinadi. Ushbu bo‘limda qiymatlar, ifodalar va kataklar ustida amallar bajarishga mo‘ljallangan funksiyalar kutubxonasi jamlangan. Kutubxonadagi turli vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan funksiyalarning ba’zi birlari bilan tanishib chiqamiz:
|